Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

 
AQSh: Rossiya Gruziyaga qarshi ig'voni to'xtatishi zarur

07/05/2008

Oq Uy rasmiylari fikricha, Rossiya Gruziyaga qarshi provokatsion-ig’vogarlik siyosatini yuritmoqda. Shu kunlarda Rossiya Gruziyaning bo’lginchi hududi – Abxaziyada o’z harbiylari sonini oshirmoqda.

Oq Uy matbuot kotibi Dana Perino Rossiya-Gruziya munosabatlarini keskin deya ta’riflab, bunda asosan rasmiy Moskva aybdor deydi.

Rossiya, deydi Dana Perino, Abxaziya va Janubiy Osetiyadagi provokatsion hatti-harakatlari bilan Gruziyaning asabiga tegmoqda.

O’tgan oy Rossiya Abxaziyada Gruziyaga qarashli razvedkachi samolyotni urib tushirgan. Biroq Kreml bunga aloqasi yo’qligini aytmoqda. Gruziya va Abxaziya o’rtasidagi ma’muriy chegarada Rossiya harbiylari soni ortgan. Rossiya Abxaziyaga qo’yilgan sanksiyalarni ham bekor qilgan.

Har ikki bo’lginchi hudud – Abxaziya va Janubiy Osetiya Rossiyaga xayrixoh. Oq Uy fikricha, nizo va adovat urug’ini sochgandan ko’ra, Rossiya tomonlarni yarashtirib, Gruziyaning hududiy yaxlitligini hurmat qilsa ma’qul ish bo’lar edi.

Bu orada Gruziyaning bo’lginchi hududlar bo’yicha vakili Temur Yakobashvili Yevropa Ittifoqi rasmiylari bilan uchrashmoqda. Gruziya hukumati urushning oldini olishga harakat qilmoqda deydi u.

Oq Uy matbuot kotibi Dana Perino tomonlarni o’ylab ish tutishga chaqirmoqda.

Gruziya hukumati harbiy chora qo’llashdan o’zini tiyishi va bo’lginchi hududlar bilan murosa qilishi zarur deydi u. Rossiya ham Abxaziya va Janubiy Osetiyadan uzoqroq yurib, Gruziya suverenitetini hurmat qilsin deydi Oq Uy matbuot kotibi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Rossiyaga oltin, Gruziyaga kumush, AQShga esa bronza?

  Boshqa xabarlar
Rossiya Gruziya kuchlarini Abxaziya va Osetiyaga yo'latmaydi
NATOning nimaga qodirligi sinovdan o'tmoqda
O'zbeklar tarixi haqida yangi kitob  Audio Clip Available
Paxtakorlar: O'quvchilarsiz hosilni kim teradi?
Polsha AQSh mudofaa tizimini qabul qilishga tayyor
Rossiya Gruziyadan chiqishga undayotgan hujjatga veto qo'yadi
Rossiya tinchlikparvar kuchlari Janubiy Osetiyani tark etmaydi
So'zlar urushi: AQSh "ko'zbo'yamachi"; Rossiya "buzg'unchi"
O'zbekiston Janubiy Osetiyaga insonparvarlik yordami beradi
O'zbekiston aholisining qariyb uchdan biri xorijda
Tahlilchilar: Gruzin va osetinlar siyosiy o'yinlar qurboni
Millatchilik - Kavkazdagi mojaro zaminida yotgan omil
Rossiya AQShga: Yo biz bilan hamkorlik, yo "demokratik proyekt"
Rossiya MDHning istalgan davlatini istilo qilishi mumkinmi?
Bushning yosh mustaqil davlatlarga nisbatan siyosati qoralanmoqda
Hukumatni muloqotga chorlagan muxolifatchi badarg'a qilingan
Sharh: Rossiya agressor, ammo Gruziya ham farishta emas