Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

AQSh bosh diplomati Toshkentda faol va rasmiylar bilan uchrashgan


02/06/2008
Lavhani tinglang - Download (Real) audio clip
Lavhani tinglang - Tinglang (Real) audio clip

Boucher
AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo’yicha muovini, xususan Amerika-O’zbekiston munosabatlari uchun mas’ul Richard Boucher Toshkentda qator rasmiylar va huquq faollari bilan muloqot qilgan. 

AQSh diplomati bilan so’zlashgan faollar fikricha Vashington O’zbekistonda inson huquqlari e’zozlanishi va erkinliklar poymol etilmasligi uchun dadilroq pozitsiya bilan chiqishi lozim. Demokratiya targ’ibotini kuchaytirishi, shuningdek, hukumat bilan faqat harbiy yoki iqtisodiy foyda yo’lida emas, xalq manfaatlari borasida ham muzokara olib borishi kerak.

Mintaqadagi siyosiy o’zgarishlarni nazarda tutib, mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy hamkorlik va demokratiyaga undash maqsadida Markaziy Osiyoga borgan AQSh bosh diplomati esa Islom Karimov rahbariyati bilan o’tgan yillarda ancha sovuqlashgan aloqalar bugun asta sekin iliqlashmoqda deydi.

Lekin Vashington nazarida O’zbekiston demokratiya va inson huquqlari hamda siyosiy islohatlar borasidagi sust harakat qilmoqda.

"Birlik" xalq harakati vakili va "Ezgulik" inson huquqlari jamiyati rahbari Vasila Inoyatova Boucher bilan uch kishi qisqacha suhbat qildi deydi.  

"Ikki yil oldin Boucher bilan ellikka yaqin huquq faoli va nohukumat tashkilotlari vakillari uchrashgan edi",- deya eslaydi Inoyatova. 

Vasila Inoyatova fikricha aloqalar yaxshilanishidan ham AQSh, ham O’zbekiston birdek manfaat ko'radi. Lekin demokratik kamchiliklarga diqqatni oshirish zarur.

O’zbekiston inson huquqlari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromovning ta’kidlashicha, AQSh rasmiylari O’zbekistondagi siyosiy vaziyat murakkab ekanini yaxshi biladi, ammo barcha muammolarga qaramasdan Islom Karimov rahbariyati bilan aloqalarni yaxshilashga intilmoqda.

"AQShning O'zbekistonga munosabatini quvvatlay olmayman, negaki bu davlat o'z muloqotlarida inson huquqlarini yuqori darajaga qo'ymayapti",- deydi Ikromov. Uning fikricha huquq eng asosiy masala sifatida ko'rilmas ekan, taraqqiyot bo'lmaydi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?