 |
| Jahon Banki |
Jahon Bankining O'zbekiston bilan 3 yilga mo`ljallanagan strategiyasidan maqsad aholi turmush
darajasini ko`tarish, buning uchun esa 300 million dollar ajratilishi
kutilmoqda. Jahon Banki ma`muriyatining takidlashicha, O`zbekiston
hukumati bu strategiyani qo`llab-quvvatlamoqda.
Aholi uchun mo`ljallangan mablag` nimaga va qanday sarflanishi jamoatchilik
bilan muhokama qilinishi kerak deydi ayrimlar.
Jahon Banki qabul qilgan yangi strategiya O`zbekiston
hukumati va Jahon Banki o`rtasida deyarli to`xtagan aloqalarning yana izga
tushayotganidan dalolat beradi.
Tahlilchilarning aytishicha, Jahon Bankining yangi strategiyasi
avval qabul qilingan strategiyadan farqli o`laroq, islohotlar yuzasidan
shartli tavsiyalar qo’ymaydi, ko`proq O`zbekiston hukumatiga ishongan holda ish
yuritadi.
2011 yilgacha mo`ljallangan yangi reja bevosita aholining
ijtimoiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan yillik loyihalarga mablag`
ajratadi. Biznes muhitini yaxshilash, ayniqsa, qishloq joylarida aholi
daromadinini ko`tarish, qishloq xo’jaligi tizimida o`zgarishlar qilish,
sog`liqni saqlash va atrof-muhitni asrash kabi sohalarda ish olib
borilishi kerak.
Sharhlovchi Toshpo`lat Yo`ldoshev so’zlariga ko`ra, 300
million dollarlik yordam O`zbekiston hayotida sezilarli o’zgarish qilishi
mumkin.
“Qishloq xo`jaligida ishlayotganlarga ma`muriy ta`sirni
kamaytirish, korrupsiyani olib tashlash haqidagi tavsiylar albatta bo`ladi. 300
million O`zbekiston uchun katta mablag`. Bu faqat Jahon Banki emas, G`arb
mamlakatlarining O`zbekiston bilan aloqani tiklashda qo’ygan birinchi qadami”,
- deydi Yo`ldoshev.
Bank O’zbekiston bergan va`dalarga ishonib, birinchi bo’lib
harakat qilishga kirishdi, investitsiya ajratdi deydi u.
Siyosiy sharhlovchi Farxod Tolipov so`nggi paytda Garb va
O`zbekiston aloqalaridagi iliqlashuv Bank siyosatiga ham tasir qilgan, avval qo’yilgan
qat’iy talablar yumshatilgan deydi.
Farxod Tolipov hozirgi vaziyatda O`zbekiston uchun mazkur
yordam o`ta muhim degan fikrda.
“300 million dollar ajratilgan ekan, bu pul qayerga
ketayapti, nimaga sarflanayapti, natijasi qanday bo`layapti – buning hammasi
ochiq ko’rsatilishi kerak. Jahon Banki mablag`ni aholining turmush darajasini
ko`tarish uchun ajratmoqda, aniq bir inshoot qurish uchun emas. Xalq bu yordam
qanday ishlatilayapti deb qiziqishga haqli”, - deydi Tolipov.