 |
Hukumat
fermerdan g`alla va paxtani bozordagi bahosidan ancha arzon narxda sotib
oladi. Rejani bozordan bug'doy sotib olib to'ldirish ko'plab fermerlarni
inqiroz yoqasiga keltirgan. |
Jizzax
viloyatidagi "Baraka Ma'mura" fermer xo'jaligi rahbari Bibimaryam Darieyvaning
aytishicha g'alla o`rimi uchun yollangan ishchilarga haqni bug`doy bilan to'lashga
kelishilgan edi. O`rim hokimyat va militsiya vakillari kuzatuvi ostida
o'tkazilgan.
"Ish
haqini bug'doy bilan berishga kelishgan edik. O'tgan yili ham ularga
berolmagandim. Shunga bu safar ular yig`ilib, hosilni olib ketsa yana haqimizni
ololmay qolamiz deb xavotir bildirishdi. Men ularni chaqirganim yo`q. Bug'doy
o'rib bo`linguncha o'tirishdi. U yerda 5-6 militsiya bor, hokimyat qo`ygan
odamlar bor. Ishchilar agar bug'doyni olib ketsa o'zimizni mashinani ostiga
tashlaymiz deb o'tirishibdi. Oxirida ikkita mashina ketadigan
paytda birdan ayollar tarmashib ketishdi. Militsiya ularni yo'ldan
uloqtirib tashladi. Bir ayolning yuragi yomon ekan, u bilan ovora bo`lganimcha
bug'doyni ham olib ketib qolishdi. Boyagi ayolni shifoxonaga olib bordik. Xullas,
ahvol hammada shunaqa", - deydi Bibimaryam Dariyeva.
Bibimaryam
Dariyeva g'alla rejasining nisbatan yuqori belgilangani va bu yilgi
qurg'oqchilik tufayli hosildorlik bajarilmaganini ta`kidlaydi.
Uning xo'jaligida
asosan ayollar ishlaydi. Har birining qaramog`ida 3-4 farzand bor. Ish haqi
ularga o`tgan yili ham berilmagan.
"Ularning
uylarida yeydigan noni yo`q. Davlatga topshirsangiz baribir yana haqimizni
ololmaymiz deb bug'doyni o`zlari kelib olishdi", - deydi fermer.
Bibimaryam
Dariyeva odamlarga dehqonchilikdan boshqa ish yo'q deydi. Uning uch o'g'li ish
qidirib Qozog`istonga ham borib kelgan. Biroq odam savdogarlarining
qo`liga tushib, aldanib, ikki oy deganda zo'rg'a qaytgan.
"Kun o`tkazish uchun amallab turibmiz. Bekorchilikdan bolalar
o'g'irlikka berilishi va bezorilik qilishi mumkin",- deydi fermer ayol.
 |
|
Qishloqlarda
hayot juda og'ir deydi jamoatchi faollar. "Odamlarni yer boqar edi. Hozir xalq
qayerga borishni bilmay qolgan",- deydi "Amerika Ovozi" bilan so'zlashgan
fuqarolar. |
Jizzaxlik
huquq himoyachisi Saida Qurbonova viloyatdagi fermerlarning aksariyatida
shunday ahvol deydi. Qurg'oqchilik asoratida hosildorlik bo`lmagani hokimyat
tomonidan inobatga olinmayapti. Fermerlar bozordan sotib olib bo`lsa-da, g`alla
planini bajarishga majbur.
"Odamlar zovurlardagi
sho`rlangan suv bilan yerlarini sug`orishadi. Sho`r suv bilan hosildorlikni qanday ko`tarish mumkin? Na
hokimyat, na qishloq xo`jaligidagi biror mas' buni inobatga olayapti. Aksincha
fermerni o`zini aybdor qiladi. Maryamga o`xshagan biror odam o`z haqini talab
qilsa, uni davlat siyosatiga qarshi chiqyapsan deb ayblashadi",- deydi Saida Qurbonova.
Faolning
izohlashicha fermer odam ishlatadimi, demak ularga haq to'lay olishi kerak. "Mehnatkashlar
och-nahor odamlar", - deydi u. G'alla o'rimidan keyin paxta mavsumi boshlanadi.
"Odamlar
qanday yashayapti deb kim fikrlaydi? Hokim fikrlamasa, prokuror fikrlamasa,
boshqasi fikrlamasa, kim fikrlashi kerak bu haqda? Birovga o`n tonna yetmaydi,
birovga 30 tonna. Bular esa faqat siquvga oladi- bajarasan! Hozirni o`zida bug'doyning
bozordagi narxi 700-800 so`m", - deydi Saida Qurbonova.
O`zbekistonda
g`alla va paxta davlatning majburiy buyurtmasiga ko`ra ekiladi. O`tgan yili
g`alla va paxta rejasini bajarmagan yuzlab fermerga qarshi jinoiy ish
qo`zgatilgan edi.
Fermerlarga
ko`ra hukumat talabi haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Yer sho'r, suv yo'q va barcha
imkoniyatlar cheklangan.
Hukumat
fermerdan g`alla va paxtani bozordagi bahosidan ancha arzon narxda sotib
oladi. Rejani bozordan bug'doy sotib olib to`ldirish ko`plab fermerlarni
inqiroz yoqasiga keltirgan.
Qishloqlarda
hayot juda og'ir deydi jamoatchi faollar. "Odamlarni yer boqar edi. Hozir xalq
qayerga borishni bilmay qolgan",- deydi "Amerika Ovozi" bilan so'zlashgan
fuqarolar.