Turkmanistonda AQSh hukumati tomonidan moliyalanuvchi radiostansiya muxbiri Sazak
Durdimuradov hibsga olingan. "Ozodlik Radiosi" (Radio Free Europe/Radio Liberty) xodimi Lebap viloyatidagi ruhiy
xastaliklar shifoxonasida saqlanmoqda.
Jurnalistlarni Himoya qilish Qo’mitasi
Turkmaniston rasmiylarining qarorini qoralab, muxbirni ozod etishga chaqirgan.
Taxminlarga ko’ra, rasmiylar Durdimuradovdan "Ozodlik Radiosi"ga ishlamaslikni
talab qilgan. Muxbir bosh tortgach, hibsga olinib, qiynoqqa solingan. Ayni
paytda Turkmaniston hukumati Yevropa Ittifoqi bilan inson huquqlari borasida
muzokara olib bormoqda.
Hafta boshida Xalqaro Amnistiya Tashkiloti Turkmanistonda
inson huquqlari munzatam ravishda poymol etilayotganini ta’kidlagan.
Huquq-tartibot va xavfsizlik xizmati xodimlari mas’uliyatsizlik va loqaydlik
bilan harakat qilganlikda tanqid qilinmoqda.