Qozog’iston hukumati
va xorij neft kompaniyalaridan iborat guruh (Eni, Royal Dutch Shell, Exxon
Mobil, Total va Conoco-Phillips) 2013 yilda Kaspiy Dengizida qora oltin qazib
olishga kelishib olgan.
Hududdagi Qashag’an konida 36 milliard barrel neft bor
deya taxmin qilinadi. Kondan kuniga 1 million barrel qora oltin olish mumkin.
Loyiha 2005 yilda boshlanishi kerak edi, biroq ekologik muammolar va xarajat
borasidagi kelishmovchilik tufayli 2007-2008 yillarga qoldirilgan.
O’tgan yili
xorij kompaniyalari qazish ishlarini yana bir bor kechiktirishga qaror qilgan.
Qozog’iston hukumati xorij kompaniyalarining harakatlaridan norozi bo’lib,
loyihani vaqtincha to’xtatgan va konsortsium a’zolariga jarima solgan edi. Bu davr
ichida loyiha bilan bog’liq kirim-chiqim hisobi 57 milliarddan 136 milliard
dollarga oshgan.
Qashag’an koni oxirgi 30 yil ichida topilgan eng yirik neft
konlaridan biri sanaladi.
Tahlilchilar fikricha, g’arb kompaniyalari Qozog’iston bilan
hamkorlikdan manfaatdor. Chunki bu hamkorlik neft va gaz borasida Rossiyaga
tobelikni yumshatishi mumkin.
Qozog’iston esa Qashag’an konini xorij yordamisiz
eplay olmaydi, kon juda noqulay hududda joylashgan.