Markaziy
Osiyo respublikalarida iqtisodiy vaziyat og'ir ekani, aholi orasida hukmron
tizimga nisbatan norozilik ortib borayotgani, qo'shni Afg'oniston hamon notinch
ekani, mahalliy tahlilchilar nazarida, mintaqa uchun tahlikali muammolar.
Qirg'izistonlik
tahlilchi Egamberdi Kobulov fikricha mintaqada islomiy guruhlar
mavjud rejimlarga tahdid sifatida ko'riladi..
"Qirg'iziston
misolida bu - davlatchilik asoslariga tahdiddir",-deydi u.
Moskvalik
sharhlovchi Aleksandr Sobyaninga ko'ra esa mintaqa harbiy salohiyatini ancha
tiklab olgan va ehtimoliy xavflarga javob beradi oladi.
Xatar
bor, deydi u Afg'onistondagi jangarilarga ishora qilib, "lekin xavfsizlik va
himoya vositalari ham yetarli",- deydi Sobyanin.
Mintaqada
islomiy mafkura, aksar tahlilchilar izohicha, milliylik bilan bog'liq emas.
Lekin qirg'iz jurnalistining fikricha, Qirg'izistonda radikallshuvning aynan
milliyligini sezish mumkin.
"Davlatning
o'zi olib borayotgan millatchilik siyosati tufayli Qirg'izistonda radikal
partiya va harakatlarning ko'pchilik a'zolarini o'zbeklar tashkil etadi.
Davlatning o'zi odamlarni radikal
oqimlarga qo'shilishlariga turtki bermoqda,"- deydi Egamberdi Kobulov.
Uning
aytishicha, mamlakatda o'zbeklarning ijtimoy ahvoli boshqalarnikidan og'irroq
bo'lib, ularning ish topishlari ham mushkulroqdir.
"Bunday
holatda, tabiiyki, mavjud hokimiyat aybdor sanaladi. Bu esa davlatga nisbatan
xavfni oshirmoqda. Bu ayniqsa Tojikiston va Qirg'izistondek kuchsiz davlatlarda
seziladi", - deydi Kobulov.
Rus
tahlilchisi Aleksandr Sobyanin bu fikrga qisman qo'shiladi xolos.
"Tojikistonda
hukumat qanchalik kuchli yoki kuchsiz bo'lmasin, regiondagi katta o'yinchilar –
Rossiya, AQSh va Xitoy, xudo ko'rsatmasin, Tojikistonda yana ijtimoiy portlash
bo'lishiga yo'l qo'ymaydi", - deydi u.
Sobyanin
ta'biricha Tojikiston va O'zbekiston bir-biriga ishonmas va bir-biridan
shubhalanishda davom etarkan, beqarorlik hissi ham barham topmaydi.
"O'zbekiston va Tojikiston bir-birini turli
narsalarda ayblab keladi. Isyonkor polkovnik Mahmud Xudoyberdiev borasidagi
gap-so'zlar haligacha davom etmoqda. Lekin bu ikki mamlakat chegaralarida o'n
minglab o'zbegu-tojik oilalari bo'linib qolganini ham hisobga olish kerak. O'zaro
ayblovlarni davom ettirish yaxshi emas. Bu juda yomon, chunki hukumat yo'q
narsadan o'zi uchun bo'lajak xavfni yaratmoqda",- deydi rus tahlilchisi Sobyanin.