Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

AQSh va Chexiya mudofaa tizimini o'rnatishga kelishdi

08/07/2008

Bugun Pragada AQSh Davlat kotibasi Kondoliza Rays va Chexiya Tashqi ishlar vaziri Karel Shvarsenberg Yevropada raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimini o'rnatish rejasi bo'yicha bitim imzolagan.

Qo'shma Shtatlar Chexiyada radar tizimini, Polshada esa uzoq masofali raketalarni urib tushiruvchi 10 ta moslamani o'rnatmoqchi. Biroq Varshava bilan muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi. Dushanba kuni Davlat kotibasi Kondoliza Rays Polsha Tashqi ishlar vaziri Radek Sikorski bilan mavzuni muhokama qilgan, ammo biror to'xtamga kelmagan. Shunga qaramay Oq Uy muzokaralarni davom ettirmoqchi.

Mudofaa tizimini o'zida joylashtirish evaziga Polsha AQShdan harbiy havo tizimini zamonaviylashtirishni so'ragan. Rasmiy Vashington bu juda qimmatga tushishini aytmoqda.

Davlat departamenti matbuot kotibi Shon Makkormakning aytishicha, Polsha tashqi ishlar vaziri AQShning qurollanish bo'yicha bosh muzokarachisi Jon Rud bilan uchrashishi kutilmoqda.

"Muzokaralar davom etadi. Chunki bu Polsha, AQSh va NATO uchun muhim masala," deydi Makkormak.

Mudofaa tizimiga Rossiya qarshi chiqmoqda. Bu hol ham qo'shni Polsha ikkilanishiga sabab bo'lyapti. Rossiya bilan aloqalar tarozining bir pallasiga qo'yilgan.

AQSh Kongressidagi demokrat qonunchilar ham Bush ma'muriyati tashabbusini qo'llab-quvvatlamaydi, chunki ular fikricha tizim sinovdan o'tmagan.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?