Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev Katta Sakkizlik (AQSh, Kanada, Britaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya, Rossiya va Yaponiya) uchrashuvidan oldin Turkmaniston, Qozog'iston va Ozarbayjonga safar qilib, energetik
hamkorlikni mustahkamlash haqida gaplashdi.
Sharhlovchilar nazarida mintaqa zaxiralari
eksporti qay tarzda amalga oshirilishini Rossiya hal etishda davom etmoqda.
Gazprom
rasmiy Ashgabat bilan gaz eksporti bo'yicha 2025 yilgacha shartnoma tuzgan. Rossiya mahsulotni Yevropa narxlarida sotib olishga tayyor.
Sal avval Turkmaniston, Qozog`iston va O`zbekiston Rossiyaga sotilayotgan
gaz 2009 yildan boshlab G'arb bahosiga ko'tariladi deya bayonot bergan edi.
Hozircha
gaz narxi bo`yicha aniq bir to`xtamga kelinmagan. Biroq ayrim
tahlilchilar nazarida Rossiyaning mintaqa gazini G'arb bahosida olishga shay
ekani "Nabukko" loyihasi amaliyotini qiyinlashtiradi. U quvur AQSh tomonidan
olg'a surilmoqda va Rossiyani chetlab o'tishi rejalangan.
Sharhlovchi
Kamron Aliyev fikricha Rossiya shu paytgacha dunyo bozoridagi mavqeini
mintaqadan arzon narxda sotib olinayotgan gaz va neft hisobiga mustahkamlab
keldi.
"Gaz va neft uchun muqobil quvurlar yaratish mintaqa
uchun g`oyat muhim. Hozirgacha Rossiya o`z mavqeidan foydalanib, mintaqa zaxiralarini
arzon narxda sotib oldi vadeyarli o'zida ishlatmay boshqa davlatlarga
sotib katta daromad ko`rdi", - deydi Aliyev.
Siyosiy
sharhlovchi Farxod Tolipov esa Rossiya xalqaro maydonda katta
majburiyatlarni o'z bo'yniga olgan deydi.
"Gaz va
neft zaxiralari kamaygan. Rossiya shartnomalarini bajarishi kerak, ya'ni
Yevropaga yonilg`ini yetkazib berishi shart. Shuning uchun ham mintaqadan
qimmat narxda bo`lsa-da olishga tayyor", - deydi Tolipov.
Tahlilchilar
ta'biricha geosiyosiy kurash davom etaveradi va ko'p narsa Markaziy Osiyo davlatlarining
mustaqil tashabbusiga bog'liq.
"Qozog'iston
va Turkmaniston boshqa davlatlar bilan shartnomalar imzoladi. Rossiya o`z
imkoniyatlarini saqlab qolishi mumkin, lekin mintaqa zaxiralari ustidan monopoliya
o'rnata olmaydi va yagona eksportchiga aylanmaydi", - deydi Tolipov.