![[insert caption here] [insert caption here]](/uzbek/images/uzbek_afghan_fence.jpg) |
O’tgan hafta jangarilar AQSh-afg’on tekshiruv punktiga hujum
qilib, amerikalik 9 askarni o’ldirgan
|
Yaqinda Islomobodga safar qilgan AQSh admirali Mayk Mullen
fikricha Pokiston zudlik bilan harakat qilishi zarur.
”Chegara masalasi eng dolzarb muammoga aylangan. Afg’oniston-Pokiston o’rtasida
qatnayotgan jangarilar soni tobora oshib borayotganiga guvohmiz. Ular bilan
hech kimning ishi yo’q,” - deydi
admiral.
O’tgan hafta jangarilar AQSh-afg’on tekshiruv punktiga hujum
qilib, amerikalik 9 askarni o’ldirgan.
Pokiston qo’l qovushtirib o’tiraversa, AQSh chora ko’rishga majbur
bo’ladi.
Mahalliy rasmiylarning
aytisicha, Amerika askarlari hozir ikki davlat chegarasida, Afg’oniston tomodan
shaylangan. Lekin AQSh Mudofaa vaziri Robert Geyts buni inkor etmoqda.
”Pokistonning qabilaviy hududlariga ko’z-quloq bo’lib turish
kerak”,- deydi Geyts.
Pokiston hukumati bo’sh harakat qilayotgani uchun jangarilar
erkin nafas ola boshlagan. O’tgan kunlar mobaynida Pokiston armiyasi yirik
operatsiya o’tkazgan edi, ammo samarasi sezilmayapti deydi AQSh mudofaa vaziri.
Ayni damda Qo’shma Shtatlar Afg’onistonga qo’shimcha askar
jo’natish ustida o’ylanmoqda.