Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Amerika Ovozi qurbon bo'lgan jurnalistlarni xotirlaydi


20/07/2008

Aprel oyida Vashingtonda ochilgan Axborot muzeyi – Nyuziumda professional faoliyatini ado etayotib jahonning turli burchaklarida halok bo’lgan jurnalistlarga bag’ishlangan xotira burchagi ochilgan edi. 1,900 ga yaqin muxbirning nomlari maxsus lavhadan o’rin olgan. Unga Amerika ovozining Qirg’izistondagi muxbiri Alisher Soipov nomi ham bitilgan.

Alisher o’tgan yil 24 oktyabrida noma’lum kishilar tomonidan O’sh shahrida otib ketilgan edi. Uning qotillari hamon topilmagan.

Yaqinda Amerika Ovozida ham shunga o’xshash kichikroq xotira burchagi ochildi. Jami 10 ta jurnalist yodga olindi. Ular Amerika Ovozi yoki “Ozodlik” radiosi muxbirlari bo’lgan.

Amerika Ovozi rahbarlaridan biri Stiven Simmonzning aytishicha, so’nggi ikki yil ichida Amerika Ovozi to’rt muxbirini yo’qotdi.

"Ayrimlari ba’zi davlatlarda qamoqqa tashlangan. O’tgan hafta Turkmanistonda bir jurnalist “Ozodlik” radiosidan voz kechmagani uchun ruhiy kasalxonaga joylashtirildi," deydi Simmonz.

Xotira burchagida Markaziy Osiyodan ham ikki jurnalist bor. Alisher Soipov va 2006 yili qamoqda vafot etgan “Ozodlik” radiosining turkmanistonlik muxbiri O’g’ilsapar Murodova.

Amerika Ovozi rahbarlaridan yana biri Edvard Kaufmanning aytishicha, xotira burchagining ochilishi jurnalistika kasbining ayrim davlatlarda naqadar xavfli ekanini ko’rsatadi.

"Amerika Ovozi xabar qilayotgan davlatlarning ba’zilarida," deydi Kaufman, "hukumatlar jurnalistlarga salbiy munosabatda bo’ladi."

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
AQSh: O'zbekiston bilan aloqalar murakkab, ammo yaxshilanib bormoqda

  Boshqa xabarlar
Qirg'izistonda zilzila 60 kishini o'ldirgan, bir qishloq vayron bo'lgan
Rays: AQSh Rossiya bilan "buyuk o'yin" o'ynayotgani yo'q
Yevropa Ittifoqi O'zbekiston bilan muloqotni kuchaytirmoqda
Belarus G'arb bilan aloqalarni tiklamoqchi, ammo...
Tibbiy xato fojiaga yetaklaydi, ammo professinal uni tan oladi
AQShda saylov kampaniyasi keskin tus olmoqda
Forum o'tdimi? O'tdi. Bundan ortiq nima kerak?
Tojikistonda yosh jurnalistlar o'z kasbidan cho'chib qolgan
Yevropa davlatlari inqirozdan chiqish masalasida turlicha fikrda
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?  Audio Clip Available
O'zbekistonda repperlar illatdan kuylamoqda  Audio Clip Available
So'z erkinligiga doir xalqaro anjumanga jurnalistlar kiritilmagan
Gruziyadagi voqealar Rossiya matbuotida noxolis yoritilgan  Audio Clip Available
"O'zbekiston ipak parda ortida yashaydi"  Audio Clip Available
AQShdagi o'zbek mutaxassislari moliyaviy inqirozni sharhlaydi  Audio Clip Available
O'zbekistonda qonunlar nomiga, bolalar yana paxtazorda