Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

AQShga qarashli nohukumat tashkilot ro'yxatdan o'tdi


22/07/2008

[insert caption here]

AQShga qarashli nodavlat tashkilot O’zbekistonda ro’yxatdan o’tishga muvaffaq bo’lgan.

Yangi Demokratiyalar Instituti (Institute for New Democracies) deb nomlangan tashkilot O’zbekistonda hukumat va fuqaro jamiyati vakillari bilan demokratik jarayonlar bo’yicha hamkorlik qilmoqchi.

Ammo mustaqil kuzatuvchilar AQSh tashkilotining bu boradagi faoliyati natija berishiga ishonmaydi.

Ma’lumotlarga ko’ra Yangi Demokratiyalar Instituti O’zbekistonda rasman ishlash huquqini 3 yil kutgan. Shu vaqt mobaynida qator nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilgan.

Huquq himoyachisi Abdusalom Ergashevning aytishicha, ko’p xalqaro tashkilotlar O’zbekistondan chiqib ketayotgan bir paytda, mamlakatga kirib kelgan bu loyiha avvaliga mahalliy faollar bilan ham yaqin hamkolikda bo’lgan.

“Xususan bir nechta inson huquqlari himoyachilarini turli uchrashuvlarga chaqirib, inson huquqlari va demokratiya yuzasidan hukumat bilan muloqot qilamiz deyishdi. Biz bunga ijobiy yondashdik. Lekin akkreditatsiya olishi aniqlasha boshlangach tashkilot rahbariyati o’tkazayotgan uchrashuvlarga huquq himoyachilarini mutlaqo chaqirmay qo’ydi”, - deydi Ergashev.

Yangi Demokratiyalar Inistituti, ayniqsa so’nggi paytda, Mintaqaviy Siyosat Jamg’armasi bilan hamkorlikda qator tadbirlar o’tkazdi.

Mahalliy matbuotda keng yoritilgan bu xalqaro konferensiyalarda institut tomonidan taklif qilingan ekspertlar O’zbekiston prezidenti qaroriga ko’ra sud-huquq tizimida qilingan islohotlar, jumladan o’lim jazosining bekor qilinishi, qamoqqa olish sanksiyasini sudlar vakolatiga o’tkazish kabi islohotlarni demokratik yo’ldagi yuksak yutuq sifatida baholashgan.

Yangi Demokratiyalar Instituti Mintaqaviy Siyosat Jamg’armasi tomonidan so’z erkinligiga bag’ishlangan xalqaro konferensiyada ham faol qatnashdi.

Bu tadbir ham O’zbekistonda s’z erkinligini ta’minlash uchun barcha sharoit yaratilganini e’tirof etdi.

“Ezgulik” inson huquqlari jamiyati vakili Abdurahmon Tashanov Yangi Demokratiyalar Instituti muddatsiz ravishda ro’yxatga olinganini shu konferensiyalar natijasi bilan bog’laydi.

“Ular hukumat siyosatini qo’llab-quvvatlab keldi. Hozirgacha hukumat siyosatiga nisbatan birorta tanqidiy fikr bildirmagan. Institutni bu darajada namoyishkorona ro’yxatga olish bilan hukumat boshqa tashkilotlarga agar siz ham hukumat siyosatini qo’llab-quvvatlasangiz, ishlashingiz mumkin bo’ladi demoqchi”, - deydi huquq himoyachisi.

Tashanovga ko’ra Yangi Demokratiyalar Institutidan targ’ibot uchun foydalanilmoqda.

“Hamkolikda bir nechta xalqaro konferensiyalar o’tkazishdi. Bu ancha kulgiga, ko’plab xalqaro tashkilotlarni tanqidiga sabab bo’ldi, ayniqsa so’z erkinligiga bag’ishlangan qo’shma yig’ilish. Bundan tashqari O’zbekistonda qandaydir o’zgarishlar bo’layotgani haqida turli tadbirlar o’tkazib kelishmoqda”, - deydi Abdurahmon Tashanov.

Markazi AQShda bo’lgan Hyuman Rayts Votch (Human Rights Watch) xalqaro inson huquqlari tashkiloti vakili Igor Voronsov O’zbekistonda ish boshlash uchun ancha vaqtdan buyon ruxsat tegishini kutmoqda.

Tashkilotning akkreditatsiyasi bekor qilinmagan - masala faqat tashkilot vakilini ro’yxatdan o’tkazishda. Bu rasmiy Toshkent va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi muloqotlarda ham aks etgan.Muzokaralar qamroviga qaramasdan Hyuman Rayts Votch vakili ro’yxatga olinishiga ishonch past.

Abdusalom Ergashev fikricha ruxsat faqat hukumat siyosatini qo’llaydigan vakilga berilishi mumkin.

“Yangi Demokratiyalar Institutiga akkreditatsiya berildi, biroq men buni AQSh va O’zbekiston o’rtasidagi yaqinlashuvdan darak beradi deb hisoblamayman. Agar shunday maqsad bo’lganda, Hyuman Rayts Votch vakiliga ruxsat berilardi. Ko’zga tashlanib turgan kamchiliklar haqida gapirmaganda, Igor Voronsovga ham akkreditatsiya berilishi mumkin edi”, - deydiErgashev.

Sharhlovchilar ta’biricha Yangi Demokratiyalar Institutiga berilgan muddatsiz akkreditatsiya O’zbekistonda bunday huquqqa kimlar ega bo’la olishiga ishoradir.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Barak Obama Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanishmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh Afg'onistonga yuk yuborishning muqobil yo'llarini izlamoqda
Rossiya Dumasi prezidentlik muddatini uzaytirdi
Qimmatchilik amerikaliklarni kasalxonalardan uzoqlashtirmoqda
Elektromobillar - yangi zamon ulovlari
Kongressda AQSh-Iroq bitimi muhokama qilinmoqda
Past iqtisodiy ko'rsatkichlar birjaga ta'sir qilmoqda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
NATO Afg'onistonda qo'shinlar ko'payishini kutmoqda
Hindistonda Tibet ozodlik harakatining kelajagi muhokamada
Demokratlar: Respublikachi qonunchilar bilan hamkorlikka tayyormiz
G'arb va Yaqin Sharq adovatini tahlil qiluvchi yangi kitob
Yonilg'iga tashna Yevropa Markaziy Osiyoni ko'z ostiga olmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Dunyo bo'ylab iqtisodiy o'sish sur'atlari pasayib bormoqda
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz
O'zbekistonda SPIDga oid ma'lumotlar sir saqlanmoqda
O'zbekiston Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatidan chiqmoqchi