Prezident Bush shu yil yozda
Pekinda o'tadigan Olimpiya o'yinlarining ochilish marosimida ishtikor etish
qarorida qat'iy.
Xitoydagi huquq ahvolidan
norozilik belgisi sifatida, musobaqani boykot qilish bilan ijobiy natijaga
erishish qiyin, deydi Bush.
AQSh Olimpiya jamoasi Oq
uyda mehmon bo'lgan. Prezident Bush Olimpiya jamoasiga murojaatida
g'alabada kamtar, mag'lubiyatda olijanob bo'lishga da'vat etgan. Siz tinchlik
elchilarisiz, raqiblarga hurmatda bo'ling, deydi u.
Olimpiya
o'yinlarida AQShdan 600 sportchi bellashadi. Jamoaning eng yosh vakili 15 yoshli suzuvchi, eng
keksasi 58 yoshda. Ularni qo'llab-quvvatlash uchun Pekinga albatta safar
qilaman, deydi prezident.
Qator davlatlar,
xususan Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi
musobaqaning ochilish marosimida qatnashmaslikka qaror qilgan.
Ular bu bilan Xitoydagi inson huquqlari ahvoli,
Sudanning Darfur mintaqasidagi qirg'inlar va Xitoyning bu qirg'inlar ortida
turgan hukumatni qo'llab-quvvatlayotganiga jahon e'tiborini qaratmoqchi.