![[insert caption here] [insert caption here]](/uzbek/images/uzbek_ecology_earth.jpg) |
Bunday partiya
kerak va u qattiq pozitsiyada turishi lozim, chunki bu boradagi muammolar juda
ko`p, deydi olimlar
|
Bu oqim tashabbuschilari fikriga ko’ra, mamlakatdagi
ekologik vaziyat shuni taqozo etmoqda.
Sharhlovchilar nazarida esa
O’zbekistonda hukumat tomonidan boshqariladigan yangi partiya yuzaga kelayapti.
90-yillarda ekologik partiya tuzish tarafdori bo`lgan faollar hukumatga mute
siyosiy harakat mavjud vaziyatni o`nglashi qiyin deydi.
O`zbekistonda ekologiya bilan shug`ullanuvchi siyosiy
harakat tashbbus guruhi vakili, falsafa fanlari doktori, “Ekoforum” nodavlat
tashkiloti rahbari Saidrasul Sanginov harakatga ehtiyoj bor deydi.
“Ekologik harakat 80-yillarda boshlangan, 2000 yillarda bu
muammo bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar birlashmoqchi bo`lib, ishchi guruh
tuzdik. Shu yillar mobaynida “Ekoforum” ham tashkil qilindi, hamkasblar
bilan analiz qilib, bu harakatni kengaytirmasak bo`lmaydi degan qarorga keldik.
Siyosatga ham, ekologik muammolarga ham ta’siri kam. Shu munosabat bilan tashabbuskor
guruh tuzildi. Endilikda O`zbekiston ekologlar harakatni tuzmoqchimiz”, - deydi
Sanginov.
Saidrasul Sanginov harakatning maqsadi davlat
siyosatidan qat’iy nazar muammoga yechim topish yo’lida jamoatchilikni
birlashtirish ekanini ta`kidlaydi.
“O`zbekistonda ekologiya birinchi darajadagi muammo. E`tibor
qaratmasak, bo`lmaydi. Davlatning kuchi hamma narsaga yetmaydi. Jamoatchilik
ham mas`uliyatni o`z bo`yniga oladi,” - deydi Sanginov.
Sharhlovchi Iskandar Xudoyberganov fikriga ko`ra,
O`zbekistonda faqat hukumat ruxsati bilangina siyosiy harakat, partiya tuzish
mumkin.
90-yillar o`rtalarida ekologik muammolar bilan
shug`ullanuvchi partiya tuzish tashbbusi bilan chiqqan olim, O`zbekiston Fanlar
Akademiyasi akademigi Bekjon Toshmuhammedovning aytishicha, u ekologlar
partiyasi tuzilayotganini tasodifan eshitgan, u bu harakatga taklif qilinmagan.
“Shunday partiya tuzish tepadan rejalashtirilgan, nazarimda.
Meni taklif qilishmagani sababi har holda tanqidiy qarash potensialim kuchli
ekanida bo`lsa kerak. Ko`ramiz, qanday dasturlar bilan chiqadi. Bunday partiya
kerak va u qattiq pozitsiyada turishi lozim, chunki bu boradagi muammolar juda
ko`p”, - deydi akademik Bekjon Toshmuhammedov.
Bekjon Toshmuhammedov so’zlariga ko`ra, siyosiy harakat
mavjud ekologik muammolarni mustaqil tarzda o`rgana boshlasagina biror foyda keltrishi
mumkin. Aksincha, navbatdagi qo’g’irchoq partiya shakllanadi deydi u.
O`zbekiston ekologlar harakati tashabbus guruhi vakili
Saidrasul Sanginovning aytishicha, hozir ta`sis qurultoyini chaqirish,
jamoatchilikda ko`zga ko`ringan vakillarni jalb qilish ishlari olib borilmoqda.