![[insert caption here] [insert caption here]](/uzbek/images/uzbek_tomas_shveych.jpg) |
AQSh Davlat departamenti sobiq rasmiysi Tomas Shveych
|
"Jahon qoradori hosilining 90 foizini Afg'oniston
yetkazib beradi va bunda Tolibon qatorida afg'on hukumati ham aybdor", - demoqda
AQSh Davlat departamenti sobiq rasmiysi Tomas Shveyk.
Nyu-York Tayms gazetasida yozgan maqolasida, Shveyk
prezident Hamid Karzayni narkotiklar savdosi bilan shug'ullanayotgan yuqori
lavozimli rasmiylarni himoya qilayotganlikda tanqid qiladi.
Tomas Shveyk AQSning Kobuldagi elchixonasida ikki
yil ishlagan. Narkotiklarga qarshi kurash bo'limini boshqargan. Uning fikricha
Afg'onistonning yaqinda ishdan olingan bosh prokurori Abdul Jabbor Sobit
korrupsiyaga botgan rasmiylar ro'yxatini tuzgani uchun ham jazolangan.
"AQSh va ittifoqchi davlatlar qo'shini diqqatni
asosan jangarilarga qarshi kurash hamda mahalliy aholi ishonchini qozonishga
qaratmoqda", - deydi AQShning Kobuldagi elchisi Villiam Vud.
Biroq qoradori savdosi va xavfsizlik bir-biriga
chambarchas bog'liq muammolar.