Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Eron, Afg'oniston va Tojikiston umumiy telekanal yaratmoqchi


25/07/2008

[insert caption here]

Kelasi hafta uch davlat rahbarlari Dushanbeda uchrashib masalani hal qilishi kutilmoqda. Telekanal faoliyati bo’yicha xarajatlarni Eron o’z zimmasiga olishini bildirgan. Yangi telekanal markazi Tojikiston poytaxti Dushanbeda bo’ladi.

Tojikiston prezidenti Imomali Raxmonning Eron va Afg’oniston rahbarlari bilan keyingi uchrashuvida uch davlat hamkorligida yagona telekanal tashkil etish masalasi bir necha bor tilga olingan edi. Fors tilidagi mushtarak telekanal tex orada ish boshlashi mumkin.

Tojikiston televideniyesi xodimining aytishicha, bir din, til va madaniyatga ega davlatlar uchun bu kabi yagona telekanalning ish boshlasi ijobiy hol.

Lekin, deydi tojik telejurnalisti, ba’zi davlatlarning g’arazli maqsadlari ham borligini ta’kidlash kerak. Chunki televideniye bugungi dunyoda eng ta’sirli targ’ibot vositasidir. Bunga hushyor qarash kerak bo’ladi, deb hisoblaydi jurnalist.

Tojikistondagi “Tong” nomli mustaqil gazeta bosh muharriri Po’lat Umarov fikricha, bu telekanalda Eron o’z mafkurasini targ’ib qilishga harakat qiladi.

“Mafkuralar to’nashuvidan hamma vaqt jabrni xalq ko’rgan. Bu masalada tojik xalqi ko’p yutqizadi,” - deydi  P. Umarov.

Tojikistondagi ayrim tojik ziyolilari ham bunday telekanalning paydo bo’lishini xavf deb biladi. Eron elektron ommaviy axborot vositalaridan biriga ishlovchi tojik jurnalisti Abduqodir Jeloniy fikricha, ba’zi kishilar minbarlarda bu harakatni oqlasalarda, aslida unga qarshilar.

“Eron xalqi shia mahzabida, bizning xalqimiz sunniylardan, afg’onlar ham boshqacha degan fikrdagi kishilar bunday telekanalning yaratilishidan o’zlarini orqaga oladi. Vaholanki, shu kishilar minbarlarda ijobiy fikr bildirib, o’zaro gaplarda qarshiligini yashirmaydi,” - deydi A. Jeloniy.

Tojikistonlik o’zbek olimi O’tkir Quvvatov fikricha, bu telekanalning ishga tushishida siyosiy manfaat bor.

“Birinchidan, forsiyzabonlar birlashuv-integrasiya yo’llarini izlamoqda. Eron o’z mafkurasi ustunligini targ’ib etadi. Ikkinchidan, o’zining telekanali orqali o’lkada Amerikaga muxollif qudratli elektron ommaviy axborot vositasini yaratgan bo’ladi. Bu telekanalni tashkil etish afg’on xalqini ham Amerika hukumatiga qarshi uyg’otish bo’ladi,”- deydi O’tkir Quvvatov.
 

Afg’onistonda xalqaro terrorizmga qarshi kurashayotgan koalitsion kuchlar bor, mamlakat G’arbdan yordam olib keladi. Uning fikricha, Eron forisyzabonlar ichida o’zini “katta og’a” deb hisoblaydi va afg’on masalasini o’zimiz hal qilishimiz mumkin deb biladi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?