Sovet
hokimiyatining ilk yillarida minglab o’zbeklar va mintaqadagi boshqa elatlar
Turkistonni tark etgan.
O’zbekiston mustaqil bo’lganidan keyin esa o’qish, ish va farovon hayot izlab xorijga chiqib ketayotganlar ko'paydi.
O’zbeklar
ko’p mamlakatlardan biri – Turkiya. So’nggi uch yildan buyon bu mamlakatda
yashayotgan tilshunos va huquqshunos Bahtiyor Shohnazarov vatandoshlari haqida
kitob yozdi.
370 sahifadan iborat kitob turk
tilida ("Türkiye’deki Özbekler. Gerçek Yaşam Öyküleri") bir ming nuxsada chop etilgan.
“Turkiyadagi o’zbeklar” kitobi
ikki qismdan iborat",- deydi muallif.
"Birinchisida o’zbeklarning kelib chiqish tarixi, Sovet
davrida o’zbek madaniyati va tili hamda migratsiya jarayonlariga urg’u
beriladi. Kitobning ikkinchi qismi esa muallifning Turkiyada istiqomat qiluvchi
50 dan ortiq o’zbeklar bilan suhbatlari asosida yozilgan".
Turkiyada qancha o’zbek borligi ma’lum emas. Muallifga ko’ra, ba’zi manbalarda 30 ming
deyiladi, ammo buni aniqlashtirishning iloji yo’q. Mamlakat aholisi faqat "turk" deb ro'yxatga olingani sabab, deydi
Baxtiyor Shohnazarov, biror bir elat vakilining sonini bilish qiyin.
"Turkiyaga ko’p yillar oldin
borib qolgan o’zbeklar o’z an’analari, tili va udumlariga rioya qiladi, ammo
yosh avlod bulardan bexabar qolmoqda", - deydi muallif.
Bahtiyor Shohnazarov kitobni
o’zbek, rus va ingliz tillariga ham o’girishga umid qilmoqda. Ayni damda
Internetdagi ferghana.ru veb-sahifasida kitobdan rus tilida parchalar
keltirilmoqda.