Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Yosh va navqiron Obama keksa va tajribali Baydenni tanladi

24/08/2008

[insert caption here]

AQSh prezidentligiga demokrat nomzod Barak Obama  prezident bo’lsa, 65 yoshli Jo Bayden vitse-prezident lavozimini egallaydi. Kecha ikki siyosatchi Illinoys shtatida xalqqa ko’rinish bergan.

Minglab tarafdorilari oldida so’zlar ekan, Obama Baydenni mas’uliyatli va munosib arbob deya ta’rifladi.

Jo Bayden adolat va vazminlik bilan ish ko’rishga, Amerikani oyoqqa turg’izishga qodir, deydi Barak Obama.

Ba’zilar nazarida 47 yoshli Obama tajribasiz siyosatchi. 

U AQSh Senatida 4 yillik tajribaga ega xolos deydi ular. Uning raqibi, prezidentlikka nomzod respublikachi senator Jon Makkeyn 72 yoshda, sobiq harbiy, Vietnam urushi qahramoni, xavfsizlik bobida unga teng keladigani yo'q.

Makkeyn Obamani tashqi siyosatda pishmagan, milliy xavfsizlik muammolaridan bexabar nomzod deya tanqid qilib keladi.

Xolbuki, Obamaning bo’lg’usi sherigi, senator Jo Bayden 36 yildan beri AQSh Senatida xizmat qilib keladi, Tashqi aloqalar qo’mitasi raisi.

Tajribali, keksa senator Bayden qo’lida yosh siyosatchi Obama ancha pishadi deydi siyosatdonlar. Jo Bayden 2002 yilda Iroqqa qo’shin kiritish tashabbusini yoqlab ovoz bergan, biroq oradan vaqt o’tib, urushning ashaddiy tanqidchisiga aylangan.

U 1988 va joriy yilda AQSh prezidentligi uchun kurashgan, ammo mag’lub bo’lib poygadan chiqqan.

Prezidentlikka nomzod Barak Obama nazarida Bolqon urushini tugatish, kimyoviy qurol tarqalishining oldini olish va Yevropadagi yosh demokratik davlatlarni NATOga qabul qilishda Jo Baydenning xizmati katta bo'lgan. "Bush-Makkeyn siyosatini ochiq va keskin tanqid qilgan ham Bayden", - deydi Obama.

Jo Bayden respublikachi nomzod Jon Makkeynni Vyetnam urushi qarharamoni deya olqishlasa-da, rahbarlikka Obama munosibroq deydi.

"Vashingtonda o’zgarishlar vaqti keldi. Rahbar nafaqat yaxshi jangchi, balki oqil siyosatchi bo’lishi zarur",- deydi Bayden.

Respublikachi nomzod Jon Makkeyn hali bo’lajak vitse-prezidentni tanlagani yo’q. Taxminlarga ko’ra, bu kursini Massachyussets sobiq gubernatori Mit Romni yoki Minnesota shtati gubernatori Tim Polenti egallashi mumkin.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?