 |
| Mishel Obama Demokratik partiya qurultoyida, Denver 25 august, 2008 |
AQShda Demokratik Partiya xalqni rahbariyatni yosh avlodga topshirish payti yetdi deya ishontirishga urinmoqda. Kolorado shtatining Denver shahrida AQSh
Demokratik Partiyasi saylovoldi qurultoyini o'tkazmoqda. Unda senator Barak
Obama (Barack Obama) rasman prezidentlikka nomzod deb ko'rsatiladi.
Barak Obamaning turmush o'rtog'i Mishel Obama
(Michelle Obama) sahnada katta tantana bilan kutib olindi.
"Amerika xalqi bu yurtning orzular ushaladigan diyor ekaniga hali ham ishonsa, turmush o'rtog'im uchun ovoz beradi", - dedi Mishel.
"Men bu yerga umr yo'ldoshimni
qo'llab-quvvatlash uchun va u ajoyib prezident bo'ladi deya sizni ishontirish
uchun keldim".
Tadbirdan ko'zlangan bir maqsad -
televizion ekranlar oldida yig'ilgan millionlab amerikaliklarga bu oilani,
ehtimol bo'lajak prezidentning oilasini tanitish.
 |
Senator Barak Obama Demokratik partiya nomzodi
|
Barak Obama saylansa, AQShning ilk qora tanli prezidenti
bo'ladi.
"Barak va men o'zgaga hurmat va izzatda bo'l deya uqtirilgan oddiy mehnatkash oilada
tarbiya topganmiz. Orzularga erishishning
yagona yo'li bu mehnat, qunt-matonat va tirishqoqlik",- dedi Obama xonim.
Demokratik Partiya qurultoyida eng nufuzli
senatorlardan biri, AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining ukasi, Ted Kennedi
ham so'zga chiqdi.
 |
| Senator Ted (Edvard) Kennedi fikricha bugun Amerikada prezidentlik uchun eng munosib shaxs bu Barak Obama |
"Boshqaruvni yangi avlodga topshirish, oxirgi 8 yil
mobaynida chilparchin bo'lgan orzu-umidlarni tiklash va Barak Obamani prezident
etib saylash vaqti keldi", - deya ta'kidladi saraton kasalligi bilan olishayotgan
keksa senator.
Bugun Demokratik Partiya oldida turgan eng muhim
vazifa – saylovchilarni birlashtirish.
Ommaviy so'rovlarga ko'ra nomzodlik
uchun Barak Obama bilan yonma-yon kurashgan senator Xillari Klinton
tarafdorlari hamon uning mag'lubiyatidan norozi.
Buning ustiga Obama
vitse-prezidentlikka Klintonni emas, keksa senator senator Jo Baydenni
tanlagan.
Xillari Klinton o'z tarafdorlaridan, asosan
xotin-qizlardan kelajakka umid bilan qarab, Barak Obamaga ovoz berishni
so'ramoqda. "Maqsad",- deydi u, "Oq Uyga demokratni saylash, aks holda hammamiz boy
beramiz".