Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Xitoy Rossiya harakatlaridan tashvishda

28/08/2008

Russian President Dmitry Medvedev (L) speaks at a meeting of the Shanghai Cooperation Organisation (SCO) in Dushanbe, 28 Aug 2008

Rossiya rahbari Dmitriy
Medvedev 28 avgust kuni Dushanbeda Shanhay Hamkorlik Tashkiloti sammitida so’zlar ekan, mamlakati Gruziya bilan bog’liq mojaroda uning bu tashkilotdagi hamkorlariga tayanadi va bundan minnatdor ekanini aytdi.

Sammitda qabul qilingan deklaratsiyaga ko'ra, a’zo davlatlar Rossiya-Gruziya tinchlik sulhini qo’llab-quvvatlaydi.  

Anjumanda xalqaro terrorizmga qarshi kurash, xavfsizlik, erkin savdo va sarmoya kiritish orqali aloqalarni mustahkamlash kabi mavzular ko’rilgan va qator hujjatlar imzolangan.

[insert caption here]

Unda qatnashgan mintaqa rahbarlari nazarida Kreml va Tbilisi ziddiyatni muzokara yo’li bilan hal qilishi zarur. Biroq Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligi yuzasidan aniq munosabat bildirilmagan.

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekiston kiradi. Mog’uliston, Pokiston, Eron va Hindiston kuzatuvchi maqomiga ega.

Xitoy Rossiyaning Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligini tan olganidan tashvishda. Xitoy uchun hududiy yaxlitlik nozik masala.  

[insert caption here]

Chunki mamlakat Tibet va uyg’ur ozodlik harakatlariga qarshi kurashib keladi va o’z-o’zini boshqaruvchi Tayvanni hamon o’z hududi deb hisoblab, uning alohida davlat sifatida tan olinishiga qa’tiyan qarshi.  

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Kin Gangning aytishicha, Xitoy Janubiy Osetiya va Abxaziya murakkab tarixga ega ekanini biladi. 

"Mojaroni hal etish oson emas, ammo uning muzokaralar orqali yechim topishini istaymiz, qurolli to’qnashuvlar orqali emas",- deydi Xitoy rasmiysi.

Rasmiy Pekin Shanxay Hamkorlik Tashkilotining asosiy maqsadlaridan biri separatizmga qarshi kurash ekanini eslatmoqda. Rossiya bo’lginchi hududlarni tan olib, bu tashkilot nizomiga qarshi ish tutayotgan bo’lishi mumkin.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?