 |
Cheyni va Saakashvili Tbilisi, 4 sentabr, 2008
|
AQSh vitse-prezidenti Dik Cheyni
(Dick Cheney) Tbilisida Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili bilan muloqot qilgan. Cheyni
fikricha Rossiya, Gruziyaning hududiy yaxlitligiga tahdid solib, uning chegaralarini
o’zgartirishga urinmoqda.
Kecha Bokuda Ozarbayjon
prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashgan AQSh vitze-prezidenti Dik Cheyni bugun
Gruziya rahbari Mixail Saakashvili bilan muloqoti chog’ida bu mamlakatning
NATOga a’zo bo’lib kirishiga yordam beramiz deya yana bir bor ta’kidladi.
Cheynining Ozarbayjon, Gruziya va Ukrainaga safaridan asos maqsad ularni
Rossiya bosimiga qarshi quvvatlash.
![[insert caption here] [insert caption here]](/uzbek/images/AP_Condoleezza_Rice_Russia_Georgia_17aug08_1.jpg) |
Kondoliza Rays
|
Bush ma’muriyati, Rossiya bilan
urushda katta zarba yegan Gruziya iqtisodiyotini tiklash uchun jami bir
milliard dollarlik yordam ko’rsatadi. AQSh Davlat kotibasi Kondoliza Rays
(Condoleezza Rice) nazarida Rossiya Gruziyaning demokratik tuzumini barbod qila olmadi.
"Bu
mamlakatga urush ochib",- deydi Rays. "Kreml yirik xalqaro muassasalarga
qo’shilish imkoniyatlarini cheklab qo’ydi".
“Rossiya maqsadiga erisha olmadi,
Gruziyada hali ham demokratya hukmron. Rossiya hukumati Gruziya tarkibidagi
Janubiy Osetiyada va Abxaziya
mustaqilligini tan olganiga qaramay xalqaro jamoatchilik Gruziyani
qo’llab-quvvatlaydi”,- deydi AQSh Tashqi ishlar vazirasi.
Amerika rasmiylarining aytishicha
Tbilisiga beriladigan yordam paketi faqat iqtisodiy maqsadlarni ko’zlaydi. 1
milliard dollarning 570 millioni shu yil oxirigacha berilsa, qolgani AQShning
yangi rahbariyari tomonidan topshiriladi, deydi Kondoliza Rays.
4 noyabrda
Amerika yangi prezident uchun ovoz beradi. "AQSh Kongressidagi respublikachi va
demokratlar Gruziyaga nisbatan siyosatdan hamfikr", - deydi davlat kotibasi.
![[insert caption here] [insert caption here]](/uzbek/images/bryza_1.jpg) |
Metyu Brayza
|
Rossiya Vashingtonni Gruziyadagi
mojarolar ortida turganlikda, Saakashvilini ko’r-ko’rona quvvatlayotganlikda
ayblar ekan, AQShning Kavkaz masalalari bo’yicha bosh diplomati Metyu Brayza (Matthew Bryza)
"Kreml tanqidlari asossiz" deydi. "Gruziya Janubiy Osetiya
ma’muriy markazi Sxinvaliga hamla qilib xato qilgan. Buni tan olamiz. Lekin
urushga Rossiyaning bu mintaqada olib borayotgan noqonuniy siyosati sabab
bo’ldi. Rossiya harbiylari himoyasidagi Janubiy Osetiya provakatsiyaga berilib, Gruziyani harbiy
harakat boshlashga majbur qildi”, - deydi AQSh diplomati. Uning aytishicha,
Janubiy Osetiya rahbariyati va harbiy qo’mondonlari Rossiya tomonidan
tayinlangan odamlardir.
Kreml AQShni Gruziya armiyasini
qayta oyoqqa turg’azayotganlikda va harbiy yordamni oshirayotganlikda tanqid
qilmoqda. Metyu Brayza buni rad etmoqda.