Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

BMT Qochqinlar agentligi Goridagi vaziyatdan xavotirda


04/09/2008

A Georgian woman cries near a body after a Russian airstrike in the northern Georgian town of Gori, 09 Aug 2008
Goridagi minglab aholi, uy-joyi, yaqinlaridan ayrildi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti qochqinlar bo’yicha agentligi Rossiya - Gruziya urushida aziyat chekkan Gori shahri aholisi hayotidan  tashvishda. 

Janubiy Osetiya chegarasidan janubda joylashgan bu shahar deydi tashkilot vakillari yarim vayrona holatida. Odamlar uyidan ayrilgan, bezorilik va tartibsizlik hukmron.

BMT mutaxassislarining aytishicha Gorida vaziyat tahlikali. Qochqinlar uchun yaratilgan boshpanalar to’lib ketgan. 

Qo’shimcha jabrdiydalarni olishga imkon yo’q. Hozirga kelib 4200 ga yaqin gorilik uy-joysiz. Qolganlar esa Janubiy Osetiya bilan chegaradosh aholi punktlaridan kelgan.

BMTning qochqinlar bo’yicha agentligi vakili Ron Redmond minglab qochqinlar palatkalarda, yana bir necha mingi mahalliy oilalar bilan  yashamoqda, deydi.

“So’nggi bir necha kun ichida chekka qishloqlardan 450 ka yaqin odam kedi. Barchasi  Rossiya va Gruziya qo’shinlari orasida qolib ketgan, begunoh insonlar. Qayerga borishini bilmaydi, o’rtada halak”, - deydi rasmiy.

Redmond nazarida urush zonasidan uzoqdagi hududlarda ham zo’rovonlik alomatlarini ko’rish mumkin. Aholi kaltaklanmoqda yoki zo’rlanmoqda. Shunday arosat zonalarda yashovchi aholi Goriga 2 hafta piyoda yurib yetib kelgan, deydi BMT vakili.

“Beloti qishlog’ida qolgan aholining aksariyati qariyalar va yurishga qurbi bo’lmaganlar”,- deydi Ron Redmond.

Bugungacha Rossiya-Gruziya orasidagi qonli mojaro tufayli 160 mingga yaqin odam boshpanasiz qolgan. Ularning 30 ming nafari, asosan osetinlar, Rossiyaga qochqin bo’lib o’tgan va ko’pi hozirda uylariga qaytmoqda. Gruzinlar ham, osetinlar ham harbiylarni zo’ravonlikda, ularga nisbatan noinsoniy munosabatda ayblaydi.

Gruziya hukumati Rossiya kuchlarini aholiga zulm o’tkazayotganlikda ayblasa, Rossiya Gruziyani turli jinoyatlarda, jumladan etnik qatliomlarda gunohkor deb biladi. Urushda qancha odam o’lgani haqida ham aniq ma’lumotlar yetishmas ekan, AQSh mustaqil tergov boshlash kerak degan talabni qo’ygan.

Yevropa Ittifoqi ham shu fikrda. Inson huquqlari bo’yicha Human Rights Watch tashkiloti tahlilicha urushda Rossiya ham, Gruziya ham qabih ishlarni amalga oshirgan.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?