O'zbekistonda
yaqinda qabul qilingan "Bolalarni og`ir mehnatga jalb qilishni taqiqlash" va "Bolalar huquqini kafolatlash" to'g'risidagi
qonunlar xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy baholansa-da, amalda tadbiq
etilmayapti.O`zbekiston Bosh vaziri Shavkat
Mirziyoyev yuqoridagi qarorlarni imzolaganidan keyin ikki hafta o`tib, maktab
o`quvchilari yana paxta dalalariga chiqarilgan. Mahalliy manbalarga ko'ra, ular
22 sentabrdan boshlab paxta tera boshlagan.
Huquq himoyachilari nazarida bu
yil qabul qilingan va yuqorida tilga olingan qonunlarni hukumatning o`zi
buzmoqda.
"Ezgulik" inson huquqlari
jamiyati vakili Abdurahmon Tashnovga ko`ra mazkur qarorlar bolalar huquqlarini
kafolatalsh uchun emas, aksincha, xalqaro jamoatchilik ko'zi uchun qabul qilingan.
"Bu siyosiy qaror. Xalqaro
maydonda O`zbekiston bu borada ancha tanqidga uchradi. Bundan tashqari AQSh
Davlat kotibasi Kondoliza Rays Turkmaniston va O`zbekiston prezidentiga bolalar
mehnatidan foydalanishni to`xtatish haqida xat yozgan. Shu bois Vazirlar
Mahkamasini qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq maktablarda darslar
to`xtatilmasligini e`lon qilishdi, lekin 20 kunlik paxta terimi natijalari
terim sur'ati nihoyatda tushub ketganini ko`rsatdi. Hukumat yana o`quvchilarni
dalaga chiqarishga majbur bo`ldi", - deydi Abdurahmon Tashanov.
Andijon viloyatidan olingan
ma`lumotga ko`ra 6-sinf o`quvchilari uchun umumiy paxta rejasi 300 kilo miqdorida belgilangan. Bolalar
shanba- yakshanba kunlari ham paxta dalasida.
Jizzaxliklardan biriga ko`ra
sakkizinchi sinfdan boshlab o`quvchilar dalaga chiqarilgan va o`quvchilarga
40-50 kilodan kunlik reja belgilangan.
1990- yillarda maktab
o`quvchilarini paxta terimiga jalb etmaslik jamaoatchilikda keng muhokamaga
chiqqan masalalardan edi. Bir nech yil o`quvchilarni paxta dalasiga
chiqmasligiga erishildi. Biroq keyinchalik paxta yakkahokimligi
keskinlashishi barobarida o`quvchilar yana paxta dalasiga qaytarildi.
Ayni paytda mahalliy jamoatchilik
va nodavlat tashkilotlar masala haqida hech nima demaydi.
Rasman ro`yxatda turgan nohukumat
va notijoriy tashkilotlar orasida bolalar huquqlarini himoyalashga
ixtisoslashgan tashkilotlar deyarli yo`q.
"Sog`lom kelajak" nodavlat
tashkiloti vakiliga ko`ra bu muassasa maktab o`quvchilari salomatligi va gigiyena
masalasi bilan shug`ullanadi. Tashkilot bolalarni paxtaga jalb etilishi oqibati
haqida aniq bir munosabatga ega emas.
Tahlilchilar fikricha o`quvchi
va talabalarni paxta terimiga chiqarishning asosiy sababi bu ularning arzon ish
kuchi ekanligida. Shu bois ham o`zbek paxtasining tannarxi nisbatan arzon.
Boshqa bir sabab - paxta terish mashinalarining kamligidir.
Fermerlarga ko`ra terim
mashinalari bo`lmagan taqdirda ham o`quvchilar o`rniga ishsiz o`tirgan aholini
jalb qilish mumkin, biroq buning uchun terim haqini ko`paytirish kerak. Davlat
buni istamaydi.
"Necha yillardan beri faqat
dabdabali gaplar.. Mablag` yoq` deyishadi, lekin kelgan mablag'-daromad qayoqqa
ketadi"? - deydi fermerlardan biri.
Ko`p hollarda paxta fermer uchun
daromad keltiruvchi ekin emas, biroq hukumat va eskport bilan shug`ullanuvchi kompaniyalar
uchun asosiy daromad manbalaridan.
Abdurahmon Tashanovga ko`ra
paxta savdosi mamlakatdagi yopiq tizim va u bilan bog'liq ma`lumotlar sir
saqlanadi.
"Bolalar termasa paxtani kim
teradi? Kattalar 68 so`m uchun dalaga chiqmaydi. Hukumat bundan katta foyda
ko`rayapti. Korrupsiya keng tarqalgan. Narx-savdo hech qachon ochiq aytilmaydi,
yashiriladi", - deydi u.
O`zbek paxtasi jahon bozorida,
xususan G`arb savdo kompaniyalari tomonidan, bolalar mehnatidan foydalanib
terilgani uchun rad etila boshlagan.