Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

AQShda saylov kampaniyasi keskin tus olmoqda

06/10/2008

AQShda prezident saylovlariga bir oy vaqt qolar ekan, asosiy raqiblar bir-biriga siyosiy hujumni kuchaytirmoqda. Xususan respublikachilardan vitse-prezidentlikka nomzod Sara Peylin demokratlardan prezidentlikka nomzod Barak Obamani o'tmishda terrorchilar bilan aloqa qilganlikda ayblamoqda.

"Bizning raqibimizga Amerika shu darajada yoqmaydigan ko'rinadiki, mamlakatimizni nishonga olayotgan terrorchilar bilan do'stlashishga ham tayyor," deydi Peylin.

Alyaska gubernatori Obamaning Uilyam Ayres bilan aloqalarini nazarda tutmoqda. Kollejda professorlik qilayotgan Ayres 60-yillarda radikal guruhga asos solib, Vyetnamdagi urushga norozilik ramzi sifatida bir necha hukumat binolarini portlatganlikda ayblangan. Ayres ayblovlarni hech qachon inkor etmagan, ammo sudga ham tortilmagan. Keyinchalik esa Chikagoda muallimlik bilan shug'ullangan va o'sha yerda Obama bilan tanishib qolgan.

Obama Ayres bilan tanish bo'lganini tan oladi, ammo u bilan hech qachon yaqin aloqada bo'lmaganman deydi.

Missuri shtatidan demokrat senator Kler Makkaskilning aytishicha, Makkeyn saylov kampaniyasi bu kabi izohlar bilan diqqatni iqtisodiyotdan chalg'itmoqchi bo'lyapti.

"Nahotki Makkeyn guruhi amerikaliklar Barak Obama terrorchilar bilan do'stlashib yurganiga ishonadi deb o'ylasa? Obama Ayresning qilmishlarini qoralab chiqqan. Va umuman u paytda Obama hali sakkiz yoshli bolakay edi."

Ammo respublikachilar Obamaning yurish-turishi haqida xalq bilishi kerak deydi.

"Florida shtatidan respublikachi senator Mel Martinezning aytishicha, Obama Ayres bilan siyosiyatga endigina kirganida tanishgan va bu xavotirga sabab hol."

Peylin izohlaridan so'ng Jon Makkeynning Kongressda moliyaviy inqiroz muhokama etilayotgan paytdagi hulq-atvori haqida Obama kampaniyasi televideniye orqali yangi reklama chiqargan.

Unda aytilishicha, mamlakat moliyaviy tizimi og'ir kunlarni boshdan kechirayotgan bir paytda, Jon Makkeyn o'zini iqtisodiyotdan olib qochib, ommani chalg'itmoqchi bo'lyapti.

Saylov kuni yaqinlashar ekan bu kabi o'zaro siyosiy xurujlar yanada kuchayishi kutilmoqda.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?