Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Search

Yevropa Ittifoqi O'zbekiston bilan muloqotni kuchaytirmoqda


06/10/2008

Valdis Zatlers

Latviya prezidenti Valdis Zatlersning O`zbekistonga tashrifi chog'ida Toshkentda biznes forum o'tkazilmoqda.

O`zbekiston va Latviya prezidentlari hamkorlikni kengaytirishga kelishib olgan. Zatlers respublikaga O`zbekiston rahbariyati taklifiga ko`ra kelgan. Undan oldin Qozog'istonga safar qilgan.      

Zatlers 2005 yilgi Andijon fojelaridan so`ng Yevropa Ittifoqidan O'zbekistonga tashrif buyurgan birinchi davlat boshlig'i.   

Sharhlovchi Iskandar Xudoyberganov nazarida Yevropa Ittifoqi a`zolari bilan munosabatlar muhim, ammo ular samarali bo`lishi uchun demokratik talablarga javob berish kerak.  Uning fikricha Latviya kabi demokratik davlatlar O'zbekiston bilan keng hamkorlik qilishni istaydi.

"Lekin O`zbekiston ham o`zgarishlar qilishi kerak. Buyog`i endi hukumatga bog`liq. Bu faqatgina Latviya uchun kerak emas. Birinchi navbatda biz uchun kerak. Hukumat xalq farovonligini ko`tarmoqchi bo`lsa, munosabatlarni yaxshilashga astoydil harakat qilishi kerak", -  deydi Iskandar Xudoyberganov.  

Tahlilchilar Yevropa Ittifoqi rasmiy Toshkentga nisbatan Andijon voqealari yuzasidan qo'yilgan sanksiyalarni yaqin kelajakda olib tashlashi mumkin. Latviya prezidentining O`zbekistonga tashrifi ham shu ehtimoldan dalolat sifatida ko`rilmoqda.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Varshavada inson huquqlari masalasi bo`yicha o`tgan uchrashuvida O'zbekistonga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish masalasi muhokama qilingan.  

Biroq sanksiyalar yuzasidan qaror chiqarish oldidan Toshkentda o'tkazilgan muhim tadbir  - Yevropa Ittifoqi va O`zbekiston o`rtasida matbuot erkinligi bo`yicha muloqot o`rnatishga qaratilgan xalqaro seminar natijasiz tugadi.

Mazkur seminar ishtirokchilari  O`zbekistonda biror ijobiy o`zgarish bo'lganini tilga olmagan.  

Seminarda qatnashgan Human Rights Watch inson huquqlari tashkiloti vakili Stiv Kroushou (Steve Crawshaw) respublikada "ayrim huquq himoyachilari ozod qilingan, biroq boshqalarini hibsga olish davom etmoqda-ku",-  deya ta'kidlaydi.  

Yevropa davlatlarining O`zbekistonga nisbatan siyosatni yumshatayotgani, deydi ayrim sharhlovchilar, ko`p jihatdan energetik resurslarga va mintaqaning geosiyosiy ahamiyatga ega ekani bilan bog`liq.  

Ayniqsa, Rossiya-Gruziya urushidan so`ng Yevropa uchun Rossiyani aylanib o`tadigan energetik koridor zarurligi yanada dolzarblashgan.  Latviya prezidentining Markaziy Osiyo bo`ylab safaridan maqsad ham yonilg'i boyliklari bo`yicha muzokaralar olib borish deydi ba'zi tahlilchilar.  

Iskandar Xudoyberganovga ko`ra eksport yo`nalishlarini ko`paytirish O`zbekiston uchun ham dolzarb.

"O`zbekistonni bugungi iqtisodiy holati juda og`ir. Sababi bizda bitta yo`l bor, u ham Rossiya orqali. Shu yo`l orqali butun dunyo bilan iqtisodiy munosabat qilamiz. Agar iqtisodni rivojlantirmoqchi bo`sak, Rossiyadan tashqari boshqa yo`llar kerak, masalan Kavkaz koridori. Biz shu yo`l orqali Yevropaga chiqishimiz kerak. Iroq Eron tomonlarga ham chiqishimiz kerak. Bunga albatta Rossiya qarshi, G`arbni esa O`zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi qiziqtiradi, ayniqsa qazilmaga boy davlatlar", - deydi Iskandar Xudoyberganov.

Latviya prezidenti O`zbekiston rahbari bilan 10 ga yaqin hamkorlik hujjati imzolaydi. Valdis Zatlers O`zbekistondan Turkmanistonga yo`l oladi.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun

  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?