VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

23 Noyabr 2009 

Bugun:

45 tilda xabarlar
Alisher Soipov o'ldirilganidan 2 yil o'tib ham adolatdan darak yo'q


24/10/2009

Alisher Soipov

Hamkasbimiz, "Amerika Ovozi"ga bir necha yillar davomida muxbirlik qilgan Alisher Soipov otib o'ldirilganiga ikki yil to'ldi.

Hayot bo’lganida Alisher bugun sizga nafaqat Qirg’iziston balki qo’shni davlatlar aholisini qiynab kelayotgan muammolar, yechimini kutayotgan masalalar haqida sermazmun reportajlar tadqim etayotgan bo’lardi.
 
Alisherning hayotiga kim nima uchun nuqta qo’ygani hamon noma’lum. O’shdagi ishxonasi oldida nishonga olingani haqiqat.  

[insert caption here]
"O'g'lim Alisherni O'zbekiston maxsus xizmati o'ldirgan, unga Qirg'iziston organlari yordam bergan",- deydi Avaz Soipov
Marhum hamkasbimizning otasi Avaz Soipov "Amerika Ovozi" bilan suhbatda, qotillik yuzasidan o’z xulosalarini, adolat va haqiqatdan umidini uzmagan holda o’z dil nolalarini bayon etdi.  

Avaz Soipov hali pensiya yoshiga yetmagan, farzandlari rohatini ko’rib, ularning onasiga suyanib, nabiralarining ketidan quvib, hayot lazzatini totib yashash ilinjidagi kamtarin bir inson. 

Lekin otaxon har safar “O’g’lim Alisher” deganda yuragingiz zirqiraydi. 

“Mening o’g’lim Alisher haqiqat qurboni bo’ldi. 26 yoshida otilib vafot etdi. Alisher universtitetda 1-kursda o’qib yurgan mahaldayoq jurnalist sifatida shakllandi. Ilk maqolalari chiqishni boshladi. O’qishni bitirgan mahalda jurnalist sifatida shakllanib bo’lgan edi",- deydi ota.

"Bu hayotdagi qiyinchilik va og’irliklarni boshdan kechirdi, ko’rdi va tushundi. Nimani tushundi? Insonlar orasidagi muomalani, insonlarning kundan kunga hayotga va bir-biriga befarq bo’lib borayotganini tushundi. Qanday tushuntirsam bo’ladi, bilasizmi, u hayotdagi yomonlikka qarshi turdi. Insonlarning manfaatini ko’zladi, kim bo’lishidan qat’iy nazar. Qarab turmadi befarq. Haqiqatni yoritaman deb shu haqiqat yo’lida halok bo’ldi”.

2007 yilning 24 oktabri kechki payt yuz bergan qotillik dunyo bo’ylab qoralangan, xalqaro axborot vositalarida yoritilgan, Qirg’iziston hukumati jinoyatni izchil tergov qilib, qotilni topishga, adolatni ta’minlashga va’da bergan edi. Ikki yil o’tib, adolatdan darak yo’q.

Tergov ishi boshi berk ko’chada. Shu paytgacha nima aniqlandi? Sud qo’lida qanday ma’lumotlar bor? Xalqaro jurnalistik tashkilotlar va huquq himoyachilari tergov natijalarini oshkor etishni talab qilmoqda.  

Qirg’iziston rasmiylari mujmal bayonotlar bilan cheklanadi. Go’yoki Alisher otilgan to’pponchaning egasi ushlangan va muayyan shaxs qotillikda ayblanmoqda. 

Avaz Soipov bularning hammasi bir safsata deydi. O’g’lining o’limi siyosiy, buyurilgan va chegaraning ikki tomonidan turib uyushtirilgan jinoyat ekaniga uning ishonchi komil.   

“Alisherning qotilligi O’zbekiston maxfiy xizmatlari tomonidan amalga oshirilgan. Unga yordam bergan tomon esa Qirg’iziston kuch organlari bo’ladi. Ishning yopiq qolayotgani sababi shu. Ikki davlat organlari tomonidan amalga oshirilgan qotillik. Nega bunday deyapman? Ikki yil davomidagi tergov jarayonlari va boshqa faktlar asosida shu fikrga keldim”.  

Ota nazarida Alisherning yonida yurgan ayrim shaxslar aslida o’zbek maxfiy xizmati odamlari bo’lgan. “Hatto o’g’limning otilishiga guvoh bo’lgan shaxs ham”, - deya shubhalanadi Avaz Soipov.

“Menga hech narsa ko’rsatishmadi. Yashirishdi mendan. Men sudda shunday savol qo’ydim: Qani o’ldirilganida uning yonida bo’lgan shaxs, Iqbol Mirsaidov? Nega sud u bilan gaplashmayapti? Nega uni yashirishyapti? U axir Qirg’izistonda, asosiy guvoh shu. Menga rad javobini berishmadi. “Bilmaymiz. Qayerda yurgani ma’lum emas” deyishdi. Uni sudga chaqirishmadi”.

Avaz Soipov Alisherning atrofida yurgan boshqa yana bir necha kishini tilga oladi. Ota fikricha huquq organlari bila turib ularning qilmishlariga ko’z yummoqda. Sabab, deydi u, qotillik baribir qo’shni mamlakat organlariga borib taqaladi. Qirg’iziston, deya da’vo qiladi Avaz Soipov, jinoyat ildizi chuqur ekanini tan olishga, uni fosh etishga ojiz.

Shu yoz Qirg’iziston prezidenti Kurmanbek Bakiyevga Alisher Soipov qotilligi ustidan tergov ishi yakunlangan deya hisobot berilgan. Sud muhokamasi boshlangandek edi, lekin sudya dalil-isbot yetarli emas deb qayta tergov boshlashni buyurgan.

Avaz Soipov “Avgust oyidan beri biror harakat bo’lmadi”, deydi.  

“Men ikki yil sabr qildim. Vaqt hamma narsani ko’rsatar ekan. Menda bugun hech qanday shak-shubha qolgani yo’q. Alisherning o’limi buyurtma o’lim, siyosiy o’lim. Va O’zbekiston maxsus xizmatlari orqali amalga oshirilgan. Yana ta’kidlab aytaman: O’zbekiston maxsus xizmatlariga bizning kuch organlarimiz, mahalliy organlar ham yordam berishdi”,- deydi Avaz Soipov.

Alisher yosh edi, ammo o’tkir qalami va faolligi bilan o’ziga yarasha dushmanlar orttirib bo’lgan edi, ham Qirg’izistonda, ham qo’shni O’zbekistonda.  

Tanqidiy maqolalari faqat “Amerika Ovozi” va boshqa xalqaro vositalarda emas, uning o’zi asos solgan “Siyosat” gazetasida ham chop etilib, chegaraning har ikki tomonida tarqatilar edi. O’zbek davlat matbuotida chiqqan ayrim materiallarda Alisher Soipov bu yurt dushmaniga qiyoslangan edi.  

Bu yosh yigit faqat maqola va reportajlari uchun o’ldirilganiga ishonmaydiganlar ham bor. Alisher nomaqbul to’dalarga qo’shilgan, ekstremist ruhdagi odamlarga yaqin edi degan mulohazalar ham o’rtaga tashlangan.  

Alisherning otasi bu da’volarga shunday javob beradi:

“Avval shunday fikrlarga ko’nika olmadim. G’azabim keldi. Fikrni aytishdan burun uni isbotlash kerak. Alisher bunday narsalarga aralashgan emas, bunday hatti-harakat ham qilgan emas. Osmondan olib, kimningdir buyrug’i bilan odamlar bunday tuhmatlarni gapirgan deb tushundim. Ularni tuban bir insonlar deb tushundim. Mening o’g’lim haqida yomon gapirgan insonlar o’z homiylarining pulini oqladi, vijdonini sotdi. Vaqti kelib, bunga ishonaman, ular afsus chekadi. Afsus chekkanlari ham bor. Men ota sifatida aytaman: Mening o’g’lim qandaydir bir terrorist guruhlarga qo’shilmagan. Hizbut-Tahrirga taqashdi, go’yoki Tohir Yo’ldosh bilan uchrashgan deyishdi. Bular tuhmat-ku axir! Alisher bunday narsalardan jirkanardi axir. Ulardan yiroq edi u. Alisher Turkiya va Eronga nega bordi? O’sha aldangan, adashgan, yurtidan qochib ketgan, o’zga yurtda xor bo’lib yashayotgan odamlar taqdirini bilgani, ularning hayotini o’rgangani bordi. Nega bu insonlar quvg’inda degan savolga javob qidirdi? Nima bu yomon ishmi? Men undan so’rardim: “Alisher, qanday yashayapti ekan ular?” Alisher ko’zi namlanib gapirar edi, “Dada, hayoti juda og’ir, hech qanday huquqi yo’q, qiyin ahvolda yashashyapti”, - der edi. Alisher odamlar bu dunyoda befarq bo’lmay yaxshi hayot kechirishi kerak der edi”.

Alisher o’ta qiziquvchan jurnalist edi. Biror narsaning tagiga yetish uchun kim bilan bo’lsa-da gaplashishga, unga savol berishga tayyor edi. Undan g’azablangan odamlarga hazil bilan javob berar, haqiqatni tan olsangiz yengil tortasiz deya eslatib qo’yardi.  

[insert caption here]
Alisher rafiqasi Nazokat bilan
Alisher 2006 yilda uylangan, o’limidan uch oy oldin qizli bo’lgan edi. Yoshgina ayoli Nazokat beva qoldi.

“Bu hayotda yashar ekanmiz, umid bilan yashaymiz",- deydi jurnalistning otasi. "Nabiram, Alisherning farzandi, qizi Zulayho ikki yoshga kirdi. Dada deyapti, oppog’doda deyapti. Xudoga shukur, sog’lig’i yaxshi. Aqlli, sezgir, bir narsani darrov ilg’aydi, tiniq fikrlaydi, xotirasi yaxshi – dadasining o’zi bo’layapti”.  

Avaz Soipov o’g’lini shaxsan bilgan va bilmaganlarga “bir og’iz so’zim bor” deydi. Qalb so’zlari…

“Ba’zilarga yoqar, ba’zilarga yoqmas, lekin haqiqat haqiqatligicha qolishi kerak. Bu dunyoda befarq bo’lish kerak emas ekan. Bu dunyoda inson bo’lib yashaganda, 100 foiz holda oqni oq, qorani qora deya olmaymiz. Alisher oq oqdek, qora qoradek bo’lishini xohlardi. Mening aytadigan gapim shu ediki, o’g’lim o’ldirilgach, birinchi kunlari Alisherni maqtab, Alisher undoq edi, bundoq edi, u bilan choy ichganmiz deb yurgan odamlar hozir Alisherning nomini tilga olishga qo’rqishyapti. Buning sababi Alisherni o’ldirib davlat qo’rquv hissini soldi. Qo’shnimiz O’zbekistonda ayrim odamlar, mana battar bo’lsin, ajab bo’lsin degan qabilda maqolalar yozishdi. Men ularga ham sabr tilayman. Bola chaqasi bilan tinch bo’lsin",- deydi otaxon.  
 
[insert caption here]
Alisher qizi Zulayho bilan
Alisherning qotilligi qachon fosh etiladi? Haqiqat, adolat qaror topadimi? Uning yaqinlari, do’stlari va hamkasblari qachon biroz bo’lsa-da malham topadi? Murakkab savollar, lekin ularga javob talab qilmasdan iloj yo’q.

"Xudoga shukur el qatori yashayapmiz. Faqat ko'nika olmayapmiz, Alisherni yo'qotganimizga",- deydi jurnalistning otasi.  

"Siz to’g’ri tushuning. Bu narsa hech kimning boshiga tushmasin. Men dushmanimga ham ravo ko’rmayman bu holatni. Men Alisher o’lganidan keyin u haqida yomon narsalarni gapirgan odamlarga ham iymon tilayman. Axir bir insonmiz… Ota-bobolarim, buvilarim dunyodan o’tdi. Xudoga shukur, ayam hayot. Bola-chaqam bor. Ko’nikdim. Lekin Alisherning o’limiga ko’nika olmayapman. To’g’ri, Ollohdan sabr tilayapman. Kundan kunga yaramiz kattalashyapti. Bekorga aytmayapman men, dushmanimga ham ravo ko’rmayman buni. Farzandni yo’qotish, farzand dog’i boshqa dog’, boshqa armon bo’lar ekan”,- deydi Avaz Soipov.  

Jurnalistning yoshgina joniga qasd qilganlar xavotirga o’ringa yo’q deb o’tirgan bo’lsa ajabmas.  

Alisherdan ruhlangan, unga chin inson deb qaragan, u singari fidoiy va haqiqatgo’y odamlarni bilganlar esa yopig’liq qozon shunday qolmasligiga, bir Alisherning ovozini o’chirsalarda, yana minglab Alisherlar voyaga yetishiga ishonadi.




Sharh va izohlar:

1. Alisher Soipov

Marhumning haqiqatan qalami o'tkirlik qilgan. Alisherning otasini ikki davlatga nisbatan qilgan gumonlari haqiqat. Qirgiziston hukumatini aniq deb ayta olmayman, lekin O'zbekiston bu qalamni o'tkirligidan qattiq cho'chigan va O'zbekiston hukumati qo'lidan har qanday pastkash ishlar kelishiga hamma ishonadi. Chunki erkin fikr, demokratiya shiori ostidagi diktatura davlati. Marhumning otasi to'g'ri gumonga borgan!
Fikr bildiruvchi: Asma Xon (Birlashgan arab amirligi)
10-26-2009 - 12:52:28

2. Alisher Soipov

Alisher Soipov... Mana shu ism-sharif qaysi yerda tilga olinmasin, mana shunday ajoyib inson, o'z ishining haqiqiy professional ustasi, mard va jasur jurnalist bilan millatdosh va vatandosh ekanligimdan faxr va g'urur tuyg'usini tuyaman. Uni kim o'ldirgani rasman tan olinmagan bo'lsa ham xalq haqiqiy qotil nomini allaqachon anglab yetdi. Mana oradan ikki yil o'tdi. Lekin uning hamkasb do'stlari va ko'p sonli muxlislari uni bir daqiqa bo'lsada unutganlari yo'q. Biz uchun u barhayotdir. Alisher aka haqiqiy jurnalist haqiqat yo'lida so'nggi damgacha kurashish lozimligini, kerak bo'lsa buning uchun jonidan ham kechishini isbotlab, barcha jurnalistlar va barcha odamlar uchun ibrat bo'ldi. Avaz akaning so'zlari darhaqiqat odamning ko'zlarini namlatmay qo'ymaydi. Avaz akaga, uning rafiqasiga va barcha uning haqiqiy do'stlariga Olloh sabr-bardosh bersin. Zulayho kelajakda otasiga munosib farzand bo'ladi deb ishonaman.
Fikr bildiruvchi: Alisher Abdug'ofurov (Suzoq, Qirg'iziston)
10-25-2009 - 05:37:18

3. Алишер Соиповга

Сени эсга олиб, куз йиғлар хазин, Бутун Ўшга тўшар зарин паёндоз: Қайда кесмиш зоғлар лочин парвозин? Хамон этмоқдасан Лочиним парвоз!
Fikr bildiruvchi: Saidjahon Zaynobiddinov (O'zbekiston)
10-24-2009 - 15:46:04

4.

Avaz akaning oxirgi so'zlarini o'qib insonni qalbi larzaga tushmay iloji yo'q... Alloh zolimlarga O'zi kifoya qilsin! Avaz aka va uning oilasiga Yaratgandan cheksiz sabr-matonat tilayman! Umid qilamanki, Alisher shahidlar sirasida. Siz bugun qayg'udasiz, Oxiratda albatta xushnud bo'lasiz, inshaAlloh!
Fikr bildiruvchi: Muhammad 
10-24-2009 - 09:40:21

 
Izohlaringizni yuboring.

Ushbu maqola yuzasidan fikr bildiring va biz uni saytimizda chop etamiz. E-mail adresingizni saytimizga chiqarmaymiz.












 
Fikr bildirayotganda barcha sharh va izohlar ko'rib chiqilishiga rozisiz Amerika Ovozi izohlaringizni tahrir qilishi mumkin. Barcha izohlarning chop etilishi kafolatlanmaydi. Amerika Ovozi o'z dasturlarida siz qoldirgan fikrdan foydalanish huquqiga ega. Qoida va shartlar.
Download Alisher Soipovning qotili kim? Jurnalistni xotirlab...
Download  (MP3)
Listen to This Report Alisher Soipovning qotili kim? Jurnalistni xotirlab...
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
Comment on This Article Munosabat bildiring
  Shu mavzuda
Alisher Soipovni uning hamkasblari xotirlaydi
Sobiq ittifoq davlatlari jurnalistlar uchun eng xatarli hududlar
Qirg'iziston hujumlar tergovida O'zbekistonga yordamga tayyor
Huquq himoyasi AQSh tashqi siyosatining bir qismi
Alisher Soipov o'limi ustidan tergov juda sekin kechmoqda
Vashingtonda Alisher Soipovning xotirasi abadiylashtirildi
UNESCO Alisher Soipoving o'limini qoralamoqda
Alisher Soipov - haqiqiy jurnalist va chin inson
"Amerika Ovozi" muxbiri Alisher Soipov O'shda otib o'ldirilgan
"Amerika Ovozi", "BBC" va "Ozodlik" haqida jamoatchilik nima deydi?
O'zbekistonda xorijda o'qib kelgan yoshlar tekshiruv ostida
O'zbekistonda matbuot kishanlanganicha qolmoqda
Jurnalist Solijon Abdurahmonov 10 yilga qamaldi
Muxolifatchi shoir Yusuf Juma ochiq xat e'lon qilgan
Muxolifatchi shoir Yusuf Jumaning taqdiri noma'lum qolmoqda
O'zbekistonda jurnalistlar Alisher Soipovning o'limidan qayg'uda
Alisher Soipov o'ldirilganiga bir yil bo'ldi
Amerika Ovozi qurbon bo'lgan jurnalistlarni xotirlaydi
Qirg'izistonda o'zbeklar ham deputatlik mandati uchun kurashmoqda
Alisher Soipovning jurnalistik faoliyati tahlil ostida
Alisher Soipovning o'limi mintaqa jurnalistikasiga kuchli zarba
Alisherning o'limi yuzasidan tergov jim
Qotillik yuzasidan tergov Qirg'iziston prezidenti nazorati ostida
Qirg'izistondagi o'zbeklar parlament saylovlariga tayyorlanmoqda
Qirg'izistonda parlament tarqatib yuborilgan
Qirg'iziston konstitutsiyasi taqdirini xalq hal qiladi
Qo'shnilar O'zbekistonda ulkan o'zgarishlar kutmayapti
Hamdo'stlik tashkilotlari mintaqa rivoji uchun nima qilmoqda?
Shayx Abduvali-qori Mirzayevning oila a'zolari avtohalokatga uchragan
Referendum Qirg'izistonda siyosiy tarqoqlikni tugatadimi?
Farg'ona vodiysi siyosiy-iqtisodiy muammolar iskanjasida
O'zbekiston O'shda o'z ichki ishlar bo'limini ochmoqda
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti harbiy qudratini namoyish etdi
Qirg'iziston bank tizimida islomiy tamoyillar tatbiq etilmoqda
Qirg'iz-tojik chegarasida aholi yer talashmoqda
Vashington Bishkek bilan orani buzmoqchi emas
Shanxay-6: Xalqaro qonunlarga amal qilinsin
Qirg'iziston ob-hayotni qo'shnilar bilan baham ko'rmasligi mumkin
Qirg'iziston Shanxay-6 sammitiga tayyorlanmoqda
Markaziy Osiyoda irrigatsiya tizimi eskirgan, dehqon mashaqqatda
Qirg'izistonda qochqinlar yordamga muhtoj
Hizb-ut-Tahrir Farg'ona Vodiysida qanot yozmoqda
Karimov, Bakiyev aloqalarni mustahkamlash haqida gaplashgan
AQSh: Qirg'iziston bilan muammolar barham topmoqda
AQSh Qirg'izistondagi havo bazasini yopmoqchi emas
Feliks Kulov Rossiya tarkibiga kirishni taklif qilmoqda
Qirg'iziston qonunchilari AQSh aviabazasini yopishni talab qilmoqda
Qirg'izistondan boshpana izlagan o'zbekistonliklar oqimi to'xtagani yo'q
Qirg'izistonda muxolifat shahid bo'lishga tayyor
Qirg'izistonda norozilik namoyishlari tarqatib yuborilgan
Qirg'izistonda muxolifat prezident iste'fosini talab qilmoqda
Qirg'izistonda amaldagi tizim va elita keskin tanqid ostida
Qirg'izistonda muxolifat erta saylovlar talab qilmoqda
Qirg'izistonda namoyishchilar ochlik e'lon qilmoqda
Qirg'izistonda jurnalist siyosiy guruhlar qurolimi?
Dinga ixlos dunyoviy fanlarni bilishga halaqit beradimi?
Qirg'izistonda yangi bosh vazir qasamyod keltirdi
Rasmiy Bishkek muxolifatdan mamlakatni uyaltirmaslikni so'ramoqda
Qirg'izistonda davlat tillarini ko'paytirish taklifi rad etildi
O'shda etnik nizolar yangilanayotgan bo'lishi mumkin
Qirg'izistonda Hizb-ut-Tahrir a'zolari safi kengaymoqda
O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasida vizasiz tartib kuchga kirgan
Qirg'izistonda davlat tili parlament muhokamasida
Qirg'izistonda faollar O'zbekistonni demokratiyaga chaqirmoqda
Qirg'iziston O'zbekiston bilan vizasiz tartibni ma'qulladi
Qirg'izistonda AQShga nisbatan tanqid kuchaymoqda
Azim Isabekov Qirg'izistonning yangi bosh vaziri etib tasdiqlandi
Vodiy ahli noroziligining sababi nimada?
Qirg’izistonlik muhojirlar Rossiyada qolish yo’llarini izlamoqda
Bakiyevning O’zbekiston bilan aloqalardan ko’ngli to’q
AQSh Manasdagi to'qnashuv haqida xulosalarini bayon qildi
O'shda o'ldirilgan faolning qotili o'zbekistonlik bo'lishi mumkin
O'zbekiston endi gazni Qirg'izistonga ikki baravar qimmatga sotadi
AQSh Qirg'izistonda harbiysining so'roq qilinishiga qarshi emas
Qirg’iziston janubidagi universitetlarda poraxo’rlik avj olgan
Rus millatchilari muhojirlarga kun bermayapti
Qirg'iziston Toshkent bilan gaz narxi bo'yicha kelisha olmayapti
Qirg'iziston xalqiga yangi konstitutsiya matni ko'rsatilmayapti
Qirg'izistonda muxolif deputatning uyi portlatilgan
AQSh Qirg'izistondagi o'zgarishlarni demokratik deb atamoqda
Qirg'izistonda yangi konstitutsiya loyihasi ko'rib chiqilmoqda
Muxolifat xalqni hukumatga qarshi bosh ko'tarishga undamoqda
O'shdagi qotillik: O'zbek madaniy markazi rahbari kimga yoqmasdi?
Qirg'izistonda yo'qolib qolgan AQSh harbiysi topildi
Qirg'iziston deputati Varshavada qoradori bilan ushlangan
Qirg'izistonda o'zbek siyosatchilar o'z nufuzini oshirmoqchi
O'zbekiston Islomiy Harakatiga a'zo deb ko'rilgan shaxs o'ldirilgan
Mustaqillik Qirg'izistonga nima berdi?
Qirg'izistonda aksilterror amaliyotlari davom etmoqda
O'zbekiston-Qirg'iziston viza tartibi bekor qilinishi mumkin
Qirg'iziston janubida yana ikki andijonlik qochqin yo'qolib qolgan
Qirg'izistonliklar militsiya to'qmog'idan shikoyat qilmoqda
Qirg'iziston ombudsmeni AQSh rahbari va siyosatini tanqid qilmoqda
Qirg'izistondan boshpana so'ragan qochqinlar g'oyib bo'lgan
Markaziy Osiyo hududida qochqinlar huquqi oyoq osti bo'lyapti
Qirg'iziston janubida hijobli ayollar ko'paymoqda
Qorasuvda marhum imom tarafdorlari miting o'tkazdi
AQSh-Qirg'iziston terror, qoradori savdosiga qarshi hamkorlikni oshiradi
Qirg'iziston andijonlik besh qochqinni Toshkentga topshirdi
Marhum imom "Hizb-ut-Tahrir a'zosi bo'lmagan"
O'shda ekstremistlikda gumon qilingan imom otib o'ldirildi
AQSh Qirg'izistonga nisbatan "jonga jon" qabilida ish tutmoqda
AQSh generali Bishkekda, harbiy hamkorlikni rivojlantirish ilinjida
O'shda Andijon voqealarida ayblanib bir necha kishi qamoqqa olingan
Qochqinlar xavfsizlik kafolatlangan taqdirda vatanga qaytmoqchi
AQSh Qirg'izistondagi harbiy baza uchun 150 mln. dollar to'laydi
AQShning ikki diplomati Qirg'izistondan haydalishi mumkin
 
  Bosh mavzu