VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

25 Noyabr 2009 

Bugun:

45 tilda xabarlar
ASEAN AQShga iqtisodiy tobelikdan qutulmoqchi

25/10/2009

[insert caption here]
10 a'zodan iborat ASEAN - Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi Xitoy, Avstraliya, Hindiston, Yaponiya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreya hisobiga kengayishni rejalamoqda
Tailandda ASEAN - Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi sammiti nihoyasiga yetib, davlatlar Qo’shma Shtatlar yordamidan ancha mustaqil, samarali iqtisodiy hamjamiyat yaratishga kelishib olgan.
 
16 davlat ishtirokida o’tgan uch kunlik sammit xulosasi shuki, Sharqiy Osiyo iqtisodiy jihatdan o’zini isloh qilishi, AQShga tobelikdan qutulishi kerak. Bu davlatlar Qo’shma Shtatlar bilan savdo qilib keladi; AQShga mahsulot eksporti iqtisodiyotning tayanchiga aylangan.

ASEANga 10 davlat a’zo, bu galgi anjumanda esa katta mehmonlar – Xitoy, Avstraliya, Hindiston, Yaponiya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreya qatnashgan.

Tailand Bosh vaziri Abxisit Vejjajivaning aytishicha, 16 davlat rasmiylari Sharqiy Osiyoda erkin savdo zonasi yaratish masalasida gaplashgan. Avtsraliya va Yaponiya ittifoqni kengaytirishni taklif qilmoqda. Jumladan, Yaponiya uyushmaga Qo’shma Shtatlarni ham taklif qilish, unga kattaroq rol berish tarafdori. 

Gap Yevropa Ittifoqiga oxshash, yagona valyutasi bor savdo bloki haqida ketmoqda. Yaponiya Bosh vaziri Yukio Xatoyamaning aytishicha, bu ittifoqni yaratish uchun kamida 10 yil kerak bo’ladi. 16 davlat birgalikda jahon aholisining yarmini tashkil qiladi.

Uyushmani xavotirga va uyatga qoldirgan muammolardan biri – a’zo davlat - Birmadagi huquqiy ahvoldir. Harbiy hukumat muxolifat bilan hisoblashmay, demokratik boshqaruv tarafdori – Au San Su Chini tutqunlikda saqlamoqda.

Sammit doirasida ASEAN davlatlarining mintaqaviy huquqiy komissiyasi ta’sis etilgan.


Sharh va izohlar:

Birinchi bo'lib munosabat bildiring.
 
Izohlaringizni yuboring.

Ushbu maqola yuzasidan fikr bildiring va biz uni saytimizda chop etamiz. E-mail adresingizni saytimizga chiqarmaymiz.












 
Fikr bildirayotganda barcha sharh va izohlar ko'rib chiqilishiga rozisiz Amerika Ovozi izohlaringizni tahrir qilishi mumkin. Barcha izohlarning chop etilishi kafolatlanmaydi. Amerika Ovozi o'z dasturlarida siz qoldirgan fikrdan foydalanish huquqiga ega. Qoida va shartlar.
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
Comment on This Article Munosabat bildiring
  Bosh mavzu

  Boshqa xabarlar