VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

22 Noyabr 2009 

Bugun:

45 tilda xabarlar
O'zbekistonda jamoatchilik Xitoyga qanday qaraydi?


27/10/2009

[insert caption here]
1992 yilda diplomatik aloqa o'rnatgan O'zbekiston va Xitoy aloqalari bir maromda kechmoqda. Ikki davlat bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik siyosatini yuritib keladi.
O'zbekiston Xitoy bilan harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqchi. Mudofaa vaziri Qobil Berdiyev yaqinda Pekinga bo’lib bu borada muzokaralar olib borgan edi. 

Jamoatchilik orasida Xitoyning tobora kengayib borayotgan iqtisodiy-siyosiy ta’siriga munosabatlar turlicha. Hukumatdan norozi tomonlar Xitoyni ham bosimda ayblaydi.

Xitoy Markaziy harbiy kengashi raisi o’rinbosari Go Bosyun O’zbekiston bilan aloqalarni yuksak baholagan, ayniqsa, xalqaro maydondagi hamkorlikni.

"Sinxua" agentligi xabariga ko`ra, 23 oktyabr kuni Pekinda O`zbekiston mudofaa vaziri Qobil Berdiyev bilan muzokaralar o`tkazgan Go Bosyun Tayvan, Tibet va Sinjon bo`yicha rasmiy Toshkent tutgan, Xiyoyni qo’llash pozitsiyasi yuksak qadrlanishini bildirgan.

Rasmiy Toshkent Tayvanda, Tibetda kuzatilgan voqealar yuzasidan bayonot bergan, biroq Shinjon-Uyg`ur avtonomiyasi, shuningdek, uyg`urlar namoyishining yaqinda shafqatsiz bostirilishi yuzasidan hukumat ochiq munosabat bildirmagan.

Sharhlovchilar deydiki, rasmiy Toshkent uyg’urlar masalasida biror narsa demasa-da, muzokaralarda Xitoy siyosatini qo`llashi aniq.

“O’zbekiston mojaroviy holatlar yuzasidan biror munosabat bildirishni lozim topmaydi. O’zbekistonni o`zida ham shunga o’xshash biror vaziyat bo`lsa, boshqa davlatlar aralashishini istamaydi. O’zini kuchiga ishonib bartaraf etadi. Andijon voqealari bunga yaxshi misol. Xitoy bu borada biror munosabat, fikr bildirmadi, hatto g’arbiy davlatlar tanqid qilib turgan bir paytda O`zbekiston qo`llagan choralarni yoqladi”, - deydi siyosatshunos Farhod Tolipov.

Mahalliy faollar ayni paytda Xitoyda qamoq jazosini o`tayotgan uyg’ur faoli Husayn Jalilning O`zbekistonda ushlanib, Xitoy hukumatiga topshirilishini rasmiy Toshkentning uyg’urlar bo’yicha pozitsiyasi sifatida ko`rishadi. O’tgan asrdan boshlab Xitoy mustamlakasiga kirgan Sharqiy Turkiston uyg`urlari hozirgacha mustaqillik uchun kurashib keladi. 

Turkiy xalqlarning yirik qavmi bo`lgan uyg’urlar Markaziy Osiyo aholisining ham ancha qismini tashkil etadi. O`zbekistonda ular bir necha yuz ming atrofida ekani qayd etiladi. Xitoyda milliy ozodlik uchun kurashayotgan uyg’urlar masalasi O’zbekiston jamoatchiligi va matbuotida taqiqlangan mavzulardan biri.

“Yigirmanchi asrgacha turkiy qavmlar ichida o`zbeklar va uyg`urlarga alohida millat deb qaralishi o`zi noto`g`ri edi. Turkiy xalqlarning hammasi ham, jumladan, o`zbeklarni bu borada biror talab qo’yishga huquqi yo`q, chunki o`zinikini to`liq talab qilib olganicha yo`q. Boshimizdan o`tgan - Xitoy bularni turli narsalarda ayblashi mumkin, lekin hammasining zamirida erksevarlik yotadi”, - deydi sharhlovchi Baxtiyor Isabek.

O`zbek muxolifati Urumchi g`alayonlarining kuch bilan bostrilishini e’tiroz bilan qarshi olgan edi.

“Sharqiy Turkistonga nisbatan bosim juda kuchaygan. Bu anchadan buyon bor, ularning mustaqillik uchun kurashi ham anchadan buyon davom etayapti. Bu kurashni bostirish uchun Xitoy tobora ko`proq kuch ishlatayapti. Biz uyg’urlarni milliy ozodlik harakatini qo`llaymiz. Xitoydagi voqealarni hukumatning haddan ortiq kuch ishlatishi natijasida sodir bo`lgan qirg`inlar deb bilamiz”, - deydi muxolifatdagi “Erk” partiyasi bosh kotibi Otanazar Oripov. 

O`zbekiston Uyg`ur madaniy markazi faollari Xitoyda kechgan voqealar yuzasidan munosabat bildira olmaydi. Xitoy hukumati Urumchida g’alayonlar bo`yicha sud ishini boshlagan, hozirgacha g`alayon ishtirokchilarining bir nechtasi o`lim jazosiga hukm qilindi. Xalqaro tashkilotlar jahon hamjamiyatini uyg`urlar masalasiga e’tibor ko`rsatishga chaqirib keladi.

AQShda joylashgan Jahon uyg`urlar kongressi bayonicha, Urumchi namoyishida ishtirok etgan minglab uyg`urlar taqdiri hozirgacha noma`lum qolmoqda.


Sharh va izohlar:

Birinchi bo'lib munosabat bildiring.
 
Izohlaringizni yuboring.

Ushbu maqola yuzasidan fikr bildiring va biz uni saytimizda chop etamiz. E-mail adresingizni saytimizga chiqarmaymiz.












 
Fikr bildirayotganda barcha sharh va izohlar ko'rib chiqilishiga rozisiz Amerika Ovozi izohlaringizni tahrir qilishi mumkin. Barcha izohlarning chop etilishi kafolatlanmaydi. Amerika Ovozi o'z dasturlarida siz qoldirgan fikrdan foydalanish huquqiga ega. Qoida va shartlar.
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
Comment on This Article Munosabat bildiring
  Shu mavzuda
Urumchida vaziyat taranglashmoqda
"Nyu-York Tayms": Markaziy Osiyoda diniy radikalizm avjida
Dalay Lama: Tibet mustaqil so'rayotgani yo'q
Xitoyda Shinjondagi notinchliklarda ayblanib 83 kishi sudga tortiladi
Robiya Qodir: Xitoy oilamni yolg'on gapirishga majburlamoqda 
Mintaqaviy xavfsizlik borasida Toshkent pozitsiyasi qanday?
Xitoy Urumchidagi qonli voqealarda ayblab 15 kishini qidirmoqda 
Xitoy uyg'ur yetakchisining Yaponiya safaridan norozi
Xitoy uyg'urlarni, uyg'urlar Xitoyni ayblamoqda
Xitoy ilm ahli uyg'ur faoli Ilhom Toxtini qo'yib yuborishni so'ramoqda
Urumchi aholisi etnik ziddiyatlarga qarshi
Urumchida yana ikki uyg'ur o'ldirilgan
Tahlilchilar: uyg'ur masalasi turkiylar qurultoyida ko'tarilisin
Uyg'ur masalasi Turkiya-Xitoy aloqalariga sovuqlik olib kirgan
Xitoy Shinjondagi aksariyat masjidlarni yopgan
AQSh matbuoti: Xitoy eski xatosini takrorlamoqda
Urumchi notinch ekan, Xitoy rahbari Italiya sammitini erta tark etdi
Vashingtonda uyg'urlar namoyish o'tkazdi
AQSh uyg'ur masalasida Xitoyni xotirjamlikka chaqirmoqda
AQShdan uyg'ur masalasida Xitoyga ishonmaslik so'ralyapti
Xitoy "uyg'ur ekstremistlari" haqida ogohlantirmoqda
Xitoy Qashg'ardagi uyg'ur mahallalarini buzmoqda
Uyg'urlar va tibetliklar Xitoy zulmidan birdek norozi
Bo'lginchi guruh Xitoyda xuruj rejalaganini tan oldi
Inson huquqlari bo'yicha xalqaro hisobot chop etildi
Andijondagi xurujlar shov-shuv uyg'otmoqda, tergov boshlangan
Andijonda militsiya postiga hujum, bir kishi o'zini portlatgan
Senator Makkeyn: Karimovga ishonib, huquq chetda qolmasin
Muxolifat 13 may voqealarini xotirlamoqda
AQSh sudyasi: O'zbekiston huquq bobida yordamga muhtoj
O'zbekistonning Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasidagi kelajagi noaniq
NATO Markaziy Osiyo bilan faol hamkorlik tarafdori
 
  Bosh mavzu