VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

24 Noyabr 2009 

Bugun:

45 tilda xabarlar
O'zbekistonda diniy sabablar bo'yicha hibsga olishlar avjida


28/10/2009

[insert caption here]
Qamalib ketayotgan yoshlarning aksariyati, deydi huquq himoyachilari, aybi nima ekanini bilmaydi
O'zbekistonda namozxonlarni qamoqqa olishning yangi to'lqini boshlangan. Mahalliy faollar fikricha hukumat diniy erkinlikdan o’z siyosiy maqsadlarida qo’llanishda davom etmoqda.

Toshkent shahar bosh imom xatibi Anvar qori Tursunovga qilingan suiqasd va Ichki ishlar boshqarmasi mulozimiga uyushtirilgan qotillikdan so'ng respublika bo'ylab o'nlab odamlar hibsga olingan.

Toshkent, Sirdaryo va Qashqadaryoda tergov harakatlari ketayotgani ta'kidlanmoqda.  

“Yangiyer, Mirzaobod, Sirdaryo tumanlaridan, Guliston shahrini o'zidan o'nlab odamlarni olib ketishgan. 29 avgustda Toshkentda bo'lgan voqelarga, vahobiylikka, boshqa diniy tashkilotlarga aloqador degan gaplar qilishdi, biz bularga ishonmadik. Hatto tintuv haqidagi orderlarni ham ko'rsatishmagan. Tintuv bayonnomasini oldindan tayorlab qo'yishgan ekan”, - deydi sirdaryolik huquq himoyachisi Isroil Rizayev.

Sirdaryodagi faollardan yana biri Karim Bozorboyevning aytishicha hibslar bo'yicha biror ma'lumot taqdim etilmayotgani turli taxminlarni yuzaga chiqarmoqda.

“Sirdaryo tumanidan 12 kishi olib ketilgan. Shundan to'qqiztasi bizning mahalladan. Ulardan birining onasi menga murojaat qildi. Aytishiga qaraganda, namozxon yigitlar bo’lgan. Lekin ularni “Ko'kcha” dagi voqealar bilan bog’lash mumkin emas, shunchaki shov-shuv uchun deb hisoblayman”, -deydi u.    

[insert caption here]
Huquq faollari O'zbekiston maxsus xizmatlarini xalqqa qarshi turli fitna va nayranglarda ayblaydi
AQSh Davlat departamenti hisobotiga ko'ra O'zbekistonda diniy e'tiqod bilan bog'liq vaziyat og'irligicha qolmoqda.

Mamlakatda “Hizb- ut- Tahrir” bo'yicha qamashlar soni biroz kamaygan bo'lsada, biroq so'nggi paytda “Nurchilar” oqimiga aloqadorlikda ayblangan o'nlab odamlar panjara ortiga tashlangan.

Huquq himoyachilarining da’vo qilishicha diniy e'tiqod bo'yicha cheklov va ta'qiblar tobora ko'paymoqda. Hukumatning asossiz tayziqlari oddiy namozxonlar orasida norozilik kayfiyatini kuchaytirmoqda.  

Inson huquqlari masalasi xalqaro hamjamiyat e'tiboridan ham tushib borayotgandek.

“Bir aniq qadamlar qo'yilishi kerak, delegatsiyalar kelishi kerak, AQShdan, Davlat departamenti vakillaridan. Hukumat bilan birga analiz qilishi kerak. Siyosiy kelishuv bilan bo'lsa ham inson huquqlarini yaxshilanishi uchun bir narsa qilish kerak. Departamentning shunchaki axborot vositalari uchun bergan hisoboti vaziyatga ta’sir etmaydi”, -deydi huquq himoyachisi Surat Ikromov.

Huquq himoyachilariga ko'ra so'nggi ikki- uch oyda mamlakatda yuzga yaqin kishi diniy sabablarga ko'ra hibsga olindi. Bu hibslar keying paytda kuzatilgan portlashlar, suiqasd, qotillik va otishmalar bilan bog'liq ko'riladi.

Huquq himoyachilari nazarida mamlakatda diniy ekstremizm va terrorizm tahdidi atay bo'rttirilib ko’rsatilmoqda.  

“Sirdaryoda akromiylikda ayblangan yigitlar ustidan o'tgan sudda qatnashgan edik”,- deydi Isroil Rizayev.  

“O'shanda advokatlar suddan iltimos qilishdi, Akrom Yo'ldoshevni “Iymonga yo'l” varaqasini bering, ayblovga qanchalik mos kelishini solishtiraylik deb, berishmadi. Sudlangan yigitlardan biri so'nggi so'zida “Mening aybim yo'q. Olloh shohid, faqat bizni qamalishimiz kimgadir kerak ekan”, dedi”.

Surat Ikromov deydiki O'zbekistonda diniy e'tiqod erkinligini siyosiy maqsadlar yo'lida ishlatish taktikasi azaldan mavjud.

“So'nggi ikki-uch oydagi voqealarni olsak ham, avvaldan nazoratda turgan odamlar ushlanib, bu jinoyatlar ularning bo'yniga qo'yilmoqda. Endi bitta guruh qilib olishmoqchi, hammasiga hozircha qasddan odam o'ldirish qo'yilgan, lekin ularni jinoyatga aloqasi borligiga ishonmayman. Bu hammasi maxsus xizmatlar tomonidan uyushtirilmoqda”, - deydi u.

 



Sharh va izohlar:

1. mavzuga doir

(3) Uzoqqa bormaylik, qo'shnilarimizdan ozgina o'rnak olaylik. Yoki Pokistonni kunini boshimizga solishlarini xohlaymizmi, albatta yo'q !!! Shunday ekan bu kabi fitnalarga aslo uchmasdan oliy maqsad sari olg'a qadam bosishda davom etaylik. Shu siz qoralayotgan insonlar kelajakni o'ylab bu la'nati illatlarni ildizini sug'urayotgan bir paytda biz ularni qullariga bolta ursak oqibati nima bo'lar ekan??? Amerika Ovozi sizdan iltimos xalqimizni jipslashtiradigan maqolalar ham yozsangiz zero sizlar ham masalani qanday tusda ekanidan xabardorsizlarku!!! Oldindan rahmat!
Fikr bildiruvchi: Uzbek (o'zbekiston)
10-31-2009 - 05:25:16

2. mavzuga doir

(2) Masjidlarimizda ham shunday quvonarli holat. Muallifni gapida ham jon bor. Ayrim holatlarda qo'shtirnoq ichidagi xalqni aybi bilan musulmon birodarlarimizning ham boshida kaltak sinmoqda. Faqat ayrim holatlarda xolos. Demokratiya masalasiga kelsak. Hokimiyat hech qachon xalqqa berilmagan, bundan keyin ham berilmaydi. Ya'ni xalq hech qachon davlatni boshqarmagan, bu xayolotda bo'lgan xolos. Xalqni boshqarish qobiliyatiga ega liderlar boshqargan. Bu masalada haqiqatdan uzoq gapirish mumkun ammo mening fikrimcha mamlakatimizni bu kunlarda omon qolishi uchun birlashishimiz kerak .. Zero Olloh ham firqalanganlarni sevmaydi. Dinimiz, davlatimiz parokandaligi o'n milliardlab mablag', milionlab josuslar safarbar qilinayotgan bir vaziyatda bizlar kim aybdor o'yinini o'ynab o'tirsak bu fitnalar qurboniga aylanishimiz turgan gap!!
Fikr bildiruvchi: Uzbek (O'zbekiston)
10-31-2009 - 05:16:46

3. Mavzuga doir

(1) Assalomu alaykum !!! Birodarimizning bergan fikriga va shu mavzuga doir o'z fikrimni bildirmoqchiman. Albatta bu bo'lib o'tayotgan ishlar xunuk ko'rinish kasb etmoqda, ammo bu maqolada nazarimda ozgina bo'rttirish bor. (Albatta muallifdan tanqidiy qarashim uchun o'z uzrimni so'rayman). Sababi O'zbekistonda Islom bunchalik ham ta'qib ostiga olingani yo'q. Ya'ni musulmonlar o'z ibodatlarini erkin qila bilishyapti. Misol tariqasida poytaxtimiz Toshkent shahrini olaylik. Necha-necha bor guvohi bo'ldim, kim agar namoz vaqtida ko'chada bo'lib namozini ko'chada ado etayotgan bo'lsa, ya'ni yo'l chetida unga biron bir qarshilik bo'lgani yo'q. Hattoki metroda ham to'gri kelsa ibodatingizni qilishingiz mumkun. Biron bir organ xodimi shaxsan o'zimni yoki do'stlarimdan birontasini bu holatlarda bezovta qilgan emas.
Fikr bildiruvchi: Uzbek (Uzbekiston)
10-31-2009 - 04:49:14

4. Insonlar haqni bilsin.

[7-qism] Chunki davlat deganda xalq tushuniladi va davlat xalq bilan tashkil topadi va uni boshqarayotganlar ham xalq bo'ladi. Shu sabab demo - xalq, kratiya - boshaqaruv, degan ma'nolarni o'z ichiga olib, demokratiya deya yuritiladi ham. Ushbu yuqoridagi musulmonlarni ham nohaq ayblayotganlar ham xalq emasmi? Hokimiyatdagilaru militsiya xodimlari, qolaversa qashshoq sifat arzimas pulxo'r posbonlar xalq emasmi? Aziz birodarlar! Muhtaram yurtdoshlar, bu mavzuda gapiraman desak gap ko'p. Qani kim ayta oladi? Bu mudhish va ayanchli xabarlarni boisi nimada bo'lmasam??? Qani kim jur'at qila oladi??? Haqiqatlarni aytish vaqti kelmadimikan??? Nahotki!!! Bilganlar bilmaganlarga haqni aytish zamoni keldi endi. Alloh hammamizga ham tavfiq bersin! (oxirigacha o'qiganingiz uchun tashakkur!!!)
Fikr bildiruvchi: Haq Sevar (USA)
10-30-2009 - 03:46:54

5. Insonlar haqni bilsin.

(6-qism) Yoki ommani 70 yil ichida ateistlik fikri bilan chiritilgan bu xalq Islom dinini, hatto Yevropadagi, AQShdagi musulmonlar bilganicha toza va haq deb tushuna olmayotganliklari, shu sabab "Bular yangicha din olib kelishyapti, Islom bu - eskichilik"- deya bid'atu xurofot, qo'pol qilib aytganda chirk fikrlar bilan qotib qolgan xalq , tiniq musaffodek Islom deya atalmish xaq dinimizni 70 yil ichida bizga yetqazilib kelinmagan haqiqatlari yetgan paytda, dovdirab, kim nima desa tushunmay vahobiy desa ishonib, endi nurhobiysi chiqibdi desa chinakam ishonadigan hatto "kim ular o'zi?" deya o'rganmaydigan ma'rifatdan yiroqlashib ketayotgan xalq, O'zbekiston deb atalmish davlatni shu holga keltirib, yuqoridagi ushbu mudhish voqealar vujudga kelishiga sabab bolyaptimi?
Fikr bildiruvchi: Haq Sevar (USA)
10-30-2009 - 03:45:49

6. Insonlar haqni bilsin.

[5-bo'lim] 3) Yoki 70 yil SSSR qo'lida ma'rifatu madaniyatdan yiroqlashgan, hozircha qashshoqroq, yoinki ota-buvilari mo'min musulmonlar bo'lgani sabab yuvosh, halim, birovga ozori yetishdan qo'rqadigan sodda xalqdan o'z manfaat yo'llari uchun foydalanib, demokiratik deb niqob taqib, aslida zolim xonliklardan farqi qolmayotgan, haqdan qo'rqmas, tomirlarida SSSR qoni oqayotgan hokimlar!!! - Oddiy mazlum bo'lgan xalqni, ko'zlari mustaqillikga erishgani, diniy aytganda nusratga yetgani sabab haqni ochiq ko'rib, zolim kimu, hokim kim deya, zolimni "Zolim"!- deya ayta oladigan tillari o'sib, tugunlar yechilgan, ozgina dunyo qarashlari, ya'ni ma'rifatga ega bo'lgan, shu bilan ma'rifati o'sgan sari iqtisodini ko'tarayotgan haqsevar xalqlarni yo'q qilib, o'sha oldingi, hatto ma'naviyatlari ham buzuq bo'lgan, dunyodan uzoq qassoq xalqni qoldirib, demokratik deya atalmish siyosatni niqob qilib, zolim xonlikni davom ettirishlikmi?
Fikr bildiruvchi: Haq Sevar (USA)
10-30-2009 - 03:42:08

7. Insonlar haqni bilsin.

[4-bo'lim] Shu boisdan men birodarchilik haqqimni o'tagan holda, O'z dinimni himoya qilgan holda oz bo'lsada o'z fikr-mulohazalarimni baholi qudrat bildirmoqchiman. Savol: Ushbu yuqorida keltirilgan mavzudagi xabarlarga qanday (mudhish) holatlar sabab bolyabti??? 1) Demokratik yo'nalish, ya'ni demokratik davlatni barpo qilishlikmi? 2) Davlatdan har hil oqimlar ko'payib ketgani sabab, terroristik guruhlarni tozalashmi?
Fikr bildiruvchi: Haq Sevar (USA)
10-30-2009 - 03:40:54

8. Insonlar haqni bilsin.

[2-bo'lim] Biz musulmonlar, ya'ni Allohni birligiga va Muhammad s.a.v Uning Rasuli ekanligiga iymon keltirganlar bu kabi mudhish xabarlardan xabardor bo'lganlarimizda baholi qudrat, qo'ldan kelgunicha o'z hissamizni qo'shib, dinimizni haqiqatlarini bayon etib, qo'llab-quvvatlab, yordam berib turishimiz lozim. Balki hozirgi zamonamizda vojib hamdir. Hoh bu yordamimiz duo bo'lsin, moddiy, ma'naviy bo'lsin, qandaydir ma'noda harakatda bo'lmas ekanmiz, oxiratda o'sha nohaqsizliklarga jim, sukut, xotirjamlik saqlar ekanmiz, Allohni oldida javobgar bo'lib qolishimiz mumkin. Alloh hammamizga tavfiq bersin!
Fikr bildiruvchi: Haq Sevar (USA)
10-30-2009 - 03:39:28

9. Insonlar haqni bilsin.

[1-bolim] Assalamu aleykum! Muhtaram "AMERIKA OVOZI" muxlislari! Aziz yurtdoshlar! Albatta bu kabi ma'lumotlar, xabarlar har qanday iymoni bor musulmonni gam tashvishga solish bilan birga taajjubga ham soladi. Chunki muborak Qur'oni Karim oyatlarida va hadislarda xabar berilgandek "Har bir musulmon bir-biriga aka-ukadurlar, bir musulmon ikkinchi musulmonni tanasidur" degan ma'nodagi so'zlar ko'p.
Fikr bildiruvchi: Haq Sevar (USA)
10-30-2009 - 03:37:47

 
Izohlaringizni yuboring.

Ushbu maqola yuzasidan fikr bildiring va biz uni saytimizda chop etamiz. E-mail adresingizni saytimizga chiqarmaymiz.












 
Fikr bildirayotganda barcha sharh va izohlar ko'rib chiqilishiga rozisiz Amerika Ovozi izohlaringizni tahrir qilishi mumkin. Barcha izohlarning chop etilishi kafolatlanmaydi. Amerika Ovozi o'z dasturlarida siz qoldirgan fikrdan foydalanish huquqiga ega. Qoida va shartlar.
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
Comment on This Article Munosabat bildiring
  Shu mavzuda
O'zbekistonga qo'yilgan sanksiyalar butunlay bekor qilindi
O'zbekistonda ishsizlik, qo'rquv - diniy radikalizmga yetaklovchi omillar
Jamoatchilik orasida yaqinlashayotgan saylovlarga ishonch past
O'zbekistonda majburiy obuna kampaniyasi boshlangan
"Birdamlik" rahbari uyida, nazoratda saqlanmoqda
AQSh diplomati Robert Bleyk: O'zbekiston bilan muloqot davom etadi
Viloyatlarda 7-sinfdan boshlab bolalar paxtada
Varshavada O'zbekistondagi siyosiy mahbuslar masalasi ko'tarildi
Ijtimoiy adolatsizlik va loqaydlik - radikalizmga yetaklovchi omillar
Va'da va qarorlar faqat qog'ozda, bolalar yana paxtazorda
Tahlilchilar: Deputatlar faqat qarsak chalishga yaraydi
O'zbekistonda iqtisodiy rivojlanish uchun nima qilish zarur?
O'zbekistonda iqtisodiy krizis ta'sirini yashirib bo'lmaydi
Tahlilchilar: O'zbekistonda saylov aslida tayinlov
Radikalizm tahdidi ijtimoiy adolatsizlik hisobiga ortmoqda
Alisher Soipov o'ldirilganidan 2 yil o'tib ham adolatdan darak yo'q
O'zbek jurnalistining Amerika taassurotlari
Qozog'iston boj zonasi orqali Jahon Savdo Tashkilotiga kirmoqchi
Markaziy Osiyo sarmoya so'ramoqda, AQSh esa sharoit
AQSh tranzit yo'llari uchun Markaziy Osiyoga nima taklif qila oladi?
"O'zbek jangarilari - Markaziy Osiyo Toliboni"
Amerikada menhat qilib vatanga qaytayotgan yoshlar
O'zbek jangarilari propagandaga zo'r bermoqda
Migrant maoshi iqtisodiy tayanch, lekin u himoyaga muhtoj
Rossiyada bir o'zbekistonlik yurtdoshini o'ldirib 9 yilga qamaldi
O'zbekiston va AQSh orasida muloqot kuchaygan
AQSh kongressmeni: Markaziy Osiyo haqida yaxshi bilmaymiz
Uyg'urlarni bosh ko'tarishga undayotgan omillar
AQSh: Aloqalar faqat harbiy sohada bo'lmaydi
O'zbek jangarilar Pokistonda mehmon emas, sig'indi
Tolibon va al-Qoida safida yuzlab o'zbeklar borligi aytilmoqda
Amerikaning O'zbekistondagi sobiq elchisi Genri Klark bilan suhbat
AQSh kongressmeni: Aloqalarda yangi sahifa ochamiz
Ayrim yuristlar attestatsiya qonunga xilof demoqda
Senator Makkeyn: Karimovga ishonib, huquq chetda qolmasin
Amerika va Markaziy Osiyo rahbarlari orasida ishonch past
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi
Amerika mintaqa farovonligini ko'zlasin, deydi tahlilchilar
AQSh sudyasi: O'zbekiston huquq bobida yordamga muhtoj
Mo'tabar Tojiboyeva kelajakdan umidvor, faol bilan TV suhbat
Vatanda jinoyatchi, xorijda yurtining "sodiq o'g'loni"
O'zbekistonning temir ayollari oldidagi bugungi mashaqqatlar
Axborot asrida sifatli axborot topish amri mahol
Qirg'izistonda omma Manas emas, tirikchilik haqida o'ylamoqda
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
O'shlik jurnalistlar: Alisher o'ldirilgach qo'rquv yanada kuchaydi
Qirg'iziston diniy ekstremizmga qarshi kurash yo'llarini qidirmoqda
 
  Bosh mavzu