VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

24 Noyabr 2009 

Bugun:

45 tilda xabarlar
Pokiston armiyasi Janubiy Vaziriston ichkarisiga kirib bormoqda

31/10/2009

[insert caption here]
Janubiy Vaziristondagi jangarilar orasida g'arb fuqarolari ham borligi aytilmoqda
Pokiston armiyasi Afg’oniston bilan chegaradosh Janubiy Vaziriston mintaqasiga kirib borar ekan, so’nggi olishuvda o’nlab jangari yo’q qilingan. 

Ikki zobit halok bo’lgan. Afg’onistondagi xalqaro koalitsiya uchun qurol-aslaha olib o’tiladigan Haybar dovonida portlash ro’y berib, pokistonlik sakkiz harbiy jon bergan.

Pokiston armiyasi jangarilar makoni sanalmish Janubiy Vaziristonga chuqurroq kirib bormoqda. Rasmiylar ikki hafta oldin boshlangan operatsiya muvaffaqiyati haqida gapirmoqda. 

General Xolid Rabboniy so’zlariga ko’ra, ajnabiy jangarilar bilan qonli to’qnashuvdan so’ng yirik qurol-yarog’ ombori aniqlangan.

General Rabboniy ta’rificha, jangarilar orasida talofatlar ko’p. Chechen, o’zbek, turkman va boshqa millat vakillari bor. Ularning hujjatlarini ko’rib, aniq xulosa chiqarish mumkin, deydi u.

Qo’lga tushgan guvohnomalar orasida Germaniya pasporti ham bo’lgan. Hujjat egasi Said Bahajiy asli marokashlik bo’lib, Al-Qoidaning Germaniyadagi bo’limi a’zosi ekani aytilmoqda. Taxminlarga ko’ra, u 2001 yil 11 sentyabr xurujiga aloqador va Amerika samolyotlarini olib qochishda ko’maklashgan. Bu hujjatlarning asl yoki soxta ekani haqida hozir aniq gapirish qiyin, deydi rasmiylar.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu

  Boshqa xabarlar