VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

23 Noyabr 2009 

Bugun:

45 tilda xabarlar
BMT xodimlarini Afg'onistondan evakuatsiya qilmoqda

05/11/2009

[insert caption here]
BMT bu yil 27 xodimidan ayrilgan bo'lsa, shundan yarmi Pokiston yoki Afg'onistonga to'g'ri keladi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Afg’onistondagi xodimlarini xavfsiz manzilga ko’chirmoqda. O’tgan hafta toliblar tashkilot xodimlarini nishonga olib, besh nafarini o’ldirgan edi. 

Bugungi janglarda amerikalik zobit halok bo’lgani xabar qilinmoqda.

AQSh qo’mondoni, admiral Mayk Mullen Afg’onistondagi vaziyatni sharhlar ekan, yaqin bir necha yilda tinchlik qaror topishi mumkin demoqda.

Admiral Mullen “Bu ko’p jihatdan Hamid Karzayga ham bog’liq” deydi. Uzoq bahs va gumondan so’ng saylovda g’olib topilgan Karzay xalq ishonchini qozonishi kerak, deydi harbiy.

[insert caption here]
Admiral Mayk Mullen: "Sodiq afg'on rahbari yordamida, AQSh harbiylari sonini oshirgan holda yaqin kelajakda Afg'onistonda tinchlik qaror topishi mumkin"
Mullen nazarida hozir asosiy vazifa - poraxo’rlikni tugatib, korrupsiyaga botgan mulozimlardan qutulish, ularni jazolash. “Bu muammo yechilmas ekan, qo’shimcha harbiy jo’natishdan naf yo’q”, deydi admiral.

Mayk Mullen fikricha so’ziga sodiq afg’on rahbari yordamida, AQSh harbiylari sonini oshirgan holda Afg’onistonda yaqin kelajakda tinchlik qaror topishi mumkin. Admiral 2007-2008 yillarda Iroqda qo’llangan usulni tilga oladi.

“O’z vaqtida Iroqqa qo’shimcha 20 ming harbiy jo’natilgan, bu chora bir yarim yilda natija bergan. Albatta, Iroq va Afg’onistonni taqqoslash doim ham o’rinli emas, ammo qaysidir usullar qo’l kelishi aniq”, deydi Mullen.  

Harbiylar shu tariqa Afg’onistonda ham shunday yo’l tutishni, yana 40 ming zobit jo’natish zarurligini aytmoqda. 


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu

  Boshqa xabarlar