|
O'zbekiston mintaqaviy energetik tizimni tark etmoqchi
|
Amerika Ovozi
05/11/2009
|
|
O’zbekiston to’rt mamlakatni bir-biriga bog’lovchi, energiyadan kelishib foydalanish to’g’risidagi mintaqaviy kelishuvdan chiqishini ma’lum qilgan.
“Uzbekenergo” kompaniyasi vakili Iso Sadullayevning aytishicha, energiyadan o’zaro kelishgan holda foydalanish va taqsimlash tizimi hozirgi talabga javob bermaydi va davlatlar o’rtasida nizolarga sabab bo’lmoqda.
Tizim O’zbekiston, Tojikiston, Qozog’iston va Qirg’izistonni o’z ichiga oladi.
“Pravda Vostoka” gazetasidagi maqolasida Sadullayev amaldagi energetik kelishuvlar O’zbekistonning iqtisodiy manfaatlariga javob bermaydi, va hatto mamlakat barqarorligiga tahdid solmoqda degan.
“Ayrim davlatlar, masalan Tojikiston 100 million kilovatt elektr quvvatini noqonuniy iste’mol qilgan”, - deydi “Uzbekenergo” vakili.
Sharh va izohlar:
Birinchi bo'lib munosabat bildiring.
Izohlaringizni yuboring.
Ushbu maqola yuzasidan fikr bildiring va biz uni saytimizda chop etamiz. E-mail adresingizni saytimizga chiqarmaymiz.
Fikr bildirayotganda barcha sharh va izohlar ko'rib chiqilishiga rozisiz Amerika Ovozi izohlaringizni tahrir qilishi mumkin. Barcha izohlarning chop etilishi kafolatlanmaydi. Amerika Ovozi o'z dasturlarida siz qoldirgan fikrdan foydalanish huquqiga ega. Qoida va shartlar.
|