VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

21 Noyabr 2009 

Bugun:

45 tilda xabarlar
AQShdagi harbiy bazada musulmon ofitser 13 zobitni o'ldirgan

06/11/2009

[insert caption here]
Fort Xut dunyodagi eng yirik harbiy baza bo'lib, unda harbiylar va ularning oilalari istiqomat qiladi. Bu galgi fojea qayta-qayta urushga jo'natilgan harbiylar orasida to'plangan asabiylik asorati ekani taxmin qilinmoqda.
AQShning Texas shtatidagi yirik harbiy bazada ofitser otishma boshlab, 13 kishini o’ldirgan, 30 nafarini jarohatlagan. 

Rasmiylarning aytishicha, hujum sodir etgan shaxs – mayor Nidal Malik Hasan bazada psixiatr bo’lib ishlagan.

Texas shtatidagi harbiy baza – Fort Xud generali Robert Kounning aytishicha, otishma zobitlar xizmatga, Afg’oniston va Iroqqa otlanayotgan binoda ro’y bergan. 

Sal oldin, safdoshlariga qarata o’t ochgan harbiy vrach o’lgani xabar qilingan edi. Biroq general Koun buni inkor etgan.

Ofitser hayot va hozir qamoqda, deydi general.

Hujum sabablari haqida biror xabar yo’q. Shunisi ma’lumki, 39 yoshli mayor Nidal Malik Hasan musulmon, so’qqabosh, farzandsiz, AQShda tug’ilib o’sgan. Qo’shma Shtatlarda universitetni tamomlab, vrach diplomini olgan. Shu yil yozida Texasdagi Fort Xud harbiy bazasida ishlay boshlagan. Uning ota-onasi Yaqin Sharqlik muhojirlar ekani aytilmoqda.

“Nyu-York Tayms” xabariga ko’ra, u e’tiqodi bois safdosh-zobitlar mazaxiga uchrab, armiyadan hafsalasi pir bo’lgan. Jang maydonidan qaytgan harbiylarni davolagan, ularning xotiralarini tinglagan shifokor tez kunda o’zi ham urushga jo’nashi kutilgan edi. Mayyor Hasan bundan qattiq sarosimada edi, deydi hamkasblari.

[insert caption here]
Mayor Nidal Malik Hasan
Pentagon matbuot kotibi Jeff Morel nazarida sabablar haqida hozir xulosa qilishga erta.

Fort Xud dunyodagi eng yirik harbiy bazalardan biri bo’lib, unda 30 mingga yaqin askar va ishchilar xizmatda, ularning oilalari ham shu yerda istiqomat qiladi. Bazadagi zobitlar tez-tez Iroq va Afg’onistonga jo’natiladi. Taxminlarga ko’ra, bu galgi fojea ham urush asorati, yig’ilib qolgan asabiylik ta’siri.

Prezident Barak Obama otishmani qo’rqinchli halokat deya ta’riflamoqda.

Zobitlarni xorijda, jang maydonida boy berish fojea. Biroq ularni o’z yurtingda, Amerika zaminida yo’qotish bundan-da dahshatli, deydi Obama. Prezident harbiylar bilan majlis qilgan, “voqeani puxta tergov qilib, har bir savolga javob topishga harakat qilamiz” - deydi AQSh rahbari.



Sharh va izohlar:

1. mavzuga doir

Assalomu alaykum... O'z birodarlarini o'qqa tutishdan bosh tortgan bu insonni umuman qoralamayman. O'z so'zini aytolmay oxir oqibat shunday yo'l tutgan bu inson mening nazarimda haqiqiy harbiychasiga yo'l tutgan. Demak jang maydoni musulmon yurtlardan AQSh tomon yo'l olibdi. Bu ham bir hayot charxpalagi...
Fikr bildiruvchi: Uzbek (Uzbekiston)
11-07-2009 - 01:16:31

 
Izohlaringizni yuboring.

Ushbu maqola yuzasidan fikr bildiring va biz uni saytimizda chop etamiz. E-mail adresingizni saytimizga chiqarmaymiz.












 
Fikr bildirayotganda barcha sharh va izohlar ko'rib chiqilishiga rozisiz Amerika Ovozi izohlaringizni tahrir qilishi mumkin. Barcha izohlarning chop etilishi kafolatlanmaydi. Amerika Ovozi o'z dasturlarida siz qoldirgan fikrdan foydalanish huquqiga ega. Qoida va shartlar.
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
Comment on This Article Munosabat bildiring
  Bosh mavzu

  Boshqa xabarlar