VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

21 Noyabr 2009 

Bugun:

45 tilda xabarlar
Muxolifatchi Sanjar Umarov qamoqdan ozod etilgan


08/11/2009

Sanjar Umarov
Sanjar Umarov 10 yilga qamalgan edi
Moliyaviy tovlamachilik va boshqa jinoiy ayblovlar bilan 10 yilga qamalgan Sanjar Umarov, muxolifatdagi “Serquyosh O'zbekistonim” koalitsiyasi asoschisi, panjara ortiga tashlanganidan to'rt yil o'tib ozodlikka chiqqan. 

Ma'lumotlarga ko'ra, u 7 noyabr kuni ozod etilgan. Umarovning amnistiyaga tushgani aytilmoqda.

Muxolifatchining oilasi O'zbekiston Oliy Majlisi, xususan Senatiga uning erkinlikka chiqishida jonbozlik ko'rsatgani uchun minnatdorchilik bildirgan.

Sanjar Umarovning qarindoshi Nodira Hidoyatova so'zlariga ko'ra, Umarov ayni payda o'z uyida va avholi yaxshi.  

Nodirova Hidoyatova faolning ozodlikka chiqish shartlaridan hali bexabarligini ta'kidlaydi.

“Hozir u uyida, tafsilotlar haqida hozircha bir narsa deyishim qiyin. Bu xabarni kecha eshitib, xursandchiligimizdan qanday shartlarga ko'ra chiqqanini ham so`ramabman. Har holda amnistiyaga ko`ra bo'lsa kerak”, - deydi Nodira Hidoyatova.

Sanjar Umarov 2005 yil 22 oktabrda Toshkentda hibsga olinib, uyushgan jinoiy guruh tuzganlik, jamoat mulkini o’g’rilash, firibgarlik, soliq to’lashdan bosh tortganlikda aybdor deb topilgan edi.

Uning tarafdorlari va safdoshlari fikrich esa Sanjar Umarov muxolifatdagi faoliyati, xususan Andijon fojeasidan keyin muxolifatga nisbatan boshlangan taz'yiqlar natijasida qamalgan.

Andijon voqealarida so'ng Sanjar Umarov O'zbekiston rahbari va Oliy Majlisga ochiq xat bilan murojaat qilgan edi.


Sharh va izohlar:

Birinchi bo'lib munosabat bildiring.
 
Izohlaringizni yuboring.

Ushbu maqola yuzasidan fikr bildiring va biz uni saytimizda chop etamiz. E-mail adresingizni saytimizga chiqarmaymiz.












 
Fikr bildirayotganda barcha sharh va izohlar ko'rib chiqilishiga rozisiz Amerika Ovozi izohlaringizni tahrir qilishi mumkin. Barcha izohlarning chop etilishi kafolatlanmaydi. Amerika Ovozi o'z dasturlarida siz qoldirgan fikrdan foydalanish huquqiga ega. Qoida va shartlar.
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
Comment on This Article Munosabat bildiring
  Shu mavzuda
Sanjar Umarov: Biz O'zbekistonda har qanday inqilob bo'lishiga qarshimiz
Mo'tabar Tojiboyeva kelajakdan umidvor, faol bilan TV suhbat
Markaziy Osiyo bo'ylab inson huquqlari og'ir ahvolda
O'zbekistonda huquq faoli A'zam Turg'unov 10 yilga qamalgan
"Human Rights Watch" vakili O'zbekistondan chiqarib yuborildi
BMTda O'zbekistondagi huquq ahvoli muhokamada
Siyosiy mahbuslar amnistiya tartibida ozodlikka chiqadimi?
Toshkentda piketga chiqqan huquq faollari kaltaklangan
Huquq himoyachisiga qarshi jinoiy ish qo'zg'atildi
O'zbekistonda amnistiya e'lon qilindi
Qamoqdagi jurnalistlarning yaqinlari amnistiyaga umid qilmoqda
Korrupsiya ishini ko'rgan sudya Karimovdan iste'fo so'ramoqda
O'zbekiston muxolifati tarqoqligicha qolmoqda
Muxolifatchiga ozodlik 120 million so'mga tushdi
"O'zbekiston hukumati o'z tanqidchilarining og'zini yopayapti"
Sanjar Umarovning rafiqasi bosh prokuraturaga ochiq xat yo'lladi
O'zbekistonda no-hukumat tashkilotlariga nisbatan tazyiq kuchaymoqda
AQSh: Sanjar Umarov ishi odil sudda hal etilmog'i lozim
 
  Bosh mavzu