VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

21 Noyabr 2009 

Bugun:

45 tilda xabarlar
Qizil Xoch turmalarni tekshirmoqda, lekin xulosa oshkor etilmaydi


10/11/2009

[insert caption here]
Xalqaro Qizil Xoch Qo'mitasi O'zbekiston bilan tuzgan shartnomaga ko'ra tekshiruv natijalarini ommaga bayon etmaydi
Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi vakillari O’zbekistondagi bir necha qamoqxonalarda bo’lib u yerdagi sharoit bilan tanishgan. Tashkilotning Toshkentdagi vakolatxonasi bildirishicha, delegatsiya tekshiruvni davom ettirayapti. 

Qizil Xoch odatda o’z xulosalarini jamoatchilikka oshkor etmaydi va bu borada hukumatga tavsiyalar berish bilan cheklanadi.

Sharhlovchilar nazarida xalqaro qo’mita bilan aloqalar tiklanayotgani ijobiy hol, turmalardagi haqiqiy vaziyatni o’rganish murakkab bir jarayon. 

Huquq himoyachilarining aytishicha Qizil Xoch vakillari bilan uchrashgan mahbuslarga qamoqxona rahbariyati tomonidan bosim o’tkazilayotgan bo’lishi mumkin. 

Qizil Xochni O'zbekiston qamoqxonalariga kirish huquqini tiklash Yevropa Ittifoqi va rasmiy Toshkent o'rtasidagi muloqot mahsuli sifatida qaralmoqda.

Qo'mita vakolatxonasidan berilgan ma'lumotga ko'ra kuzatuvchilar hozirgacha bir nechta viloyatlarga safar qilgan. Jumladan Qoraqalpog'istondagi “Jasliq” qamoqxonasi, qiynoqlar o'chog'i sifatida tanilgan maskan va Andijondagi yopiq qamoqxona, 2005 yilning 13 mayida qozg'olon ko'tarilgan turmada ham bo'lishgan. 

Tekshiruv natijalari haqida so'ralganda, jamoatchilikka axborot berilmaydi deya javob olinmoqda.

Andijon fojealaridan keyin qamoq jazosini o'tab chiqqan huquq himoyachisi Saidjahon Zaynobiddinov fikricha Qizil Xoch uchun imkoniyat yaratilgani ijobiy o'zgarish.

“Albatta foydasi bo'ladi, masalan hukumat bilan shartnoma bor. Shu shartoma borligining o'zi qamoqxonadagi vaziyatni yaxshi ushlab turishga turtki bo'ladi. Qizil Xoch qayerga borishini o'zi tanlaydi. Shuning uchun ham qamoqxonadagilar gap so'z bo'lmaydigan holatda turishga harakat qiladi. Shu tomonlardan juda yaxshi, boriga shukur”, - deydi Zaynobiddinov.

Lekin, deydi u Andijondan turib "Amerika Ovozi"ga intervyu berar ekan, bu komissiyalar ishi vaziyatni tubdan yaxshilaydi deya olmaymiz. 

"O'zgarish katta bo'lmaydi. Qamoqxona tozalanishi mumkin, ovqat biroz yaxshilanishi mumkin. Lekin bu ham sezilarli emas, chunki zaxiraning o'zi kam bo'ladi. Uchrashadigan odamlarni esa tayyorlashadi. Six ham, kabob ham kuymaydigan qilib. Chunki ko'p maqtab yuborsa ham shubhali bo'ladi”, - deydi u.

Toshkentlik huquq himoyachisi Surat Ikromov esa O'zbekiston qamoqxonalarida, ayniqsa qiynoqqa tutilgan mahbuslar bilan uchrashish juda qiyin jarayon ekanini eslatadi.

“Avval qiynoqqqa uchragan mahbuslarni yashirishardi, turli koloniyalarga jo'natib, keyinchalik esa ularni qamoqxonaga borib ko'rishni mutlaqo taqiqilab qo'yishdi. Yaqinda Qizil Xoch qamoqxonalarga kirishni boshladi. Mahbuslarning yaqinlari ularga ham murojaat qilishadi, qiynoq bo'yicha. O'z navbatida ular qamoqxona boshqarmasiga murojaat qilib mahbusni ko'rishlari mumkin”.

Surat Ikromov nazarida ham bu xalqaro tashkilotga qo'yilgan taqiqilarning olib tashlangani ijobiy hol. Biroq bu bilan qiynoqlar, tazyiqlar to'xtab qolmaydi.

“Qizil Xoch hukumat bilan tuzgan shartnomasiga ko'ra xulosalarini faqat hukumatgagina bildiradi. Shunga qaramasdan nohaqlik davom etayapti. Mendagi ma'lumotlarga ko'ra, Qizil Xoch vakillari bilan uchrashgan mahbuslar keyinchalik jazo kamerasiga tashlangan, lekin hozircha qaysi mahbuslar ekanligini aytolmayman”, - deydi Ikromov.

Xalqaro Qizil Xoch Qo'mitasi O'zbekiston hukumati bilan hamkorlikda ish yuritib kelgan, biroq Andijon fojealaridan keyin G'arb va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar tubdan sovugan edi. 

Yaqinda Yevropa Ittifoqi O'zbekiston hukumatiga nisbatan qo'yilgan sanksiyalardan mutlaqo voz kechdi. Endi esa O'zbekiston hukumatidan bu qarorga nisbatan munosib javob kutilmoqda.



Sharh va izohlar:

1.

To'g'ri, Qizil Xoch vakillariga qamoqxonalarga kirish ruxsati berilgani ijobiy hol, lekin xulosalar keng jamoatchilikka oshkor qilinmas ekan, vaziyat o'zgarishi haqida gap bo'lishi mumkin emas. Xalqimizda qamoqxonalar haqida juda dahshatli tavsavvurlar mavjud, u yerlardagi haqiqiy holat qandayligini xalq bilishi lozim deb hisoblayman.
Fikr bildiruvchi: gazetteci 
11-14-2009 - 14:28:35

 
Izohlaringizni yuboring.

Ushbu maqola yuzasidan fikr bildiring va biz uni saytimizda chop etamiz. E-mail adresingizni saytimizga chiqarmaymiz.












 
Fikr bildirayotganda barcha sharh va izohlar ko'rib chiqilishiga rozisiz Amerika Ovozi izohlaringizni tahrir qilishi mumkin. Barcha izohlarning chop etilishi kafolatlanmaydi. Amerika Ovozi o'z dasturlarida siz qoldirgan fikrdan foydalanish huquqiga ega. Qoida va shartlar.
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
Comment on This Article Munosabat bildiring
  Shu mavzuda
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
Muxolifatchi shoir Yusuf Juma taqdiri noma'lum qolmoqda
Xalqaro Qizil Xoch Qo'mitasi O'zbekiston qamoqxonalariga kiritiladi
Faollar: Tashqi dunyo O'zbekistonda ahvol og'ir ekanini tushunmayapti
O'zbekiston qamoqxonalaridagi ahvol BMT muhokamasida
O’zbekistonga o’z ixtiyori bilan qaytgan muxolifatchi qamoqqa tashlandi
O'zbekiston qamoqxonalarida: bir mahkuma qissasi
Qizil Xoch O'zbekiston qamoqxonalariga kirishga urinmoqda
Muxolifatchi Sanjar Umarov qamoqdan ozod etilgan
O'zbekistonda ayrim advokatlar islohotlardan norozi
G'arb, deydi ekspertlar, Markaziy Osiyoga e'tiborini oshirishi kerak
AQSh O'zbekiston bilan oshkora, kelishib ishlamoqchi
Yevropa Ittifoqi Toshkentni jazolash siyosatidan chekinmoqda
Xotin-qizlar xo'rlanmasligi uchun chora ko'rish AQSh zimmasida
O'zbekistonda diniy sabablar bo'yicha hibsga olishlar avjida
O'zbek muxolifati yana birlashishga harakat qilmoqda
O'zbekistonga qo'yilgan sanksiyalar butunlay bekor qilindi
Alisher Soipov o'ldirilganidan 2 yil o'tib ham adolatdan darak yo'q
O'zbek jurnalistining Amerika taassurotlari
Jamoatchilik orasida yaqinlashayotgan saylovlarga ishonch past
AQSh diplomati Robert Bleyk: O'zbekiston bilan muloqot davom etadi
O'zbekistonda bolalar ekspluatatsiyasi qoralanmoqda
AQSh yetakchi diplomati Toshkentda Karimov bilan uchrashgan
Markaziy Osiyo sarmoya so'ramoqda, AQSh esa sharoit
Ijtimoiy adolatsizlik va loqaydlik - radikalizmga yetaklovchi omillar
Va'da va qarorlar faqat qog'ozda, bolalar yana paxtazorda
Tahlilchilar: Deputatlar faqat qarsak chalishga yaraydi
AQSh tranzit yo'llari uchun Markaziy Osiyoga nima taklif qila oladi?
Tahlilchilar: O'zbekistonda saylov aslida tayinlov
Radikalizm tahdidi ijtimoiy adolatsizlik hisobiga ortmoqda
O'zbek jangarilari propagandaga zo'r bermoqda
Ilmsizlik, ishsizlik - aqidaparastlikka yetaklovchi omillar
Mehmonlar va faollar huquq ahvoli haqida turlicha fikrda
Ezgulik: Otishmada o'lgan ayolning terrorchilarga aloqasi yo'q
Amnistiyadan umid, ozodlik bu safar kimga nasib etmoqda?
 
  Bosh mavzu