VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

22 Noyabr 2009 

Bugun:

45 tilda xabarlar
Qo'shma Shtatlarda ishsizlar soni 10 foizdan oshgan

11/11/2009

[insert caption here]
Ishsiz amerikalik hukumatdan besh oy ijtimoiy yordam olishi mumkin
Hozirda amerikaliklarning 10 foizidan ziyodi ishsiz. O’tgan bir oy ichida mamlakat bo’ylab 190 ming odam mehnat joyidan ayrilgan. 

Iqtisodiyot astalik bilan oyoqqa turayotgani kuzatilarkan, hukumat nima uchun ish o’rinlari kamayib borayotganini tushuntirishga urinmoqda. Ishsiz amerikalik besh oygacha hukumatdan yordam puli olishi mumkin.

Qo’shma Shtatlar iqtisodiyoti jonlanmoqda, ammo krizisdan chiqqani yo’q. 16 millionga yaqin amerikalik ish qidirib yuribdi.

Bu masala bilan shug’ullanadigan davlat idorasi vakili Kit Xoll “1983 yildan beri bu qadar katta foizga guvoh bo’lmaganmiz”, deydi.

“Inqiroz boshlanganidan beri, ya’ni qariyb ikki yildan beri yetti yarim millionga yaqin ish o’rnini boy berdik. Krizis uzoqqa cho’zilar ekan, bu tabiiy bir hol. Moliyaviy tizim tiklanib, iqtisod o’ssa ham, yangi ish joylari ochish uchun vaqt va qanoat kerak”, - deydi Kit Xoll.



Oxirgi olti oyda ishsizlar soni qariyb olti millionga ko’paydi. Amerika yaqin tarixda bu singari tushkunlikka tushmagan.

Vaziyatni o’nglash uchun ishsizlarga beriladigan ijtimoiy yordam muddati uzaytirildi. Hukumat buning uchun 24 milliard dollar ajratgan.

“Ahvol tang ekan, bu kabi qarorlar aholi joniga oro kiradi degan umiddamiz. Oldinda bizni yanada qiyin kunlar kutayotganini yashirmoqchi emasman. Iqtisodimiz hamon og’ir”, - deydi Obama. 

Kongressda esa respublikachilar demokratlarga tanqid toshlari otish bilan band. Ayb avvalo Oq Uyda, deydi kongressmen Kevin Breydi.

“Ishsizlik darajasi 10.2 foizda ekan, rahbariyatga biror ishonch qolmadi. Nimaiki qilayotgan bo’lsa ham samara bermayapti. Sharmandalik”,- deydi kongressmen.

Demokrat senator Eymi Klobukar esa yechim topish hammaning bo’ynida deydi.

“Krizisda respublikachi yoki demokratlarni yoki prezidentni ayblamay, barchamiz yechim qidirishimiz kerak”,- deydi senator.

Amerikada bayramlar mavsumi boshlanar ekan, hukumat savdo-sotiq jadallashib, iqtisod yanada jonlanadi degan umidda.

Amerikaliklar bozor qilishni yaxshi ko’radi. Mahsulotning turi qancha ko’p bo’lsa, bozor qanchalik xilma-xil bo’lsa shuncha yaxshi deyishadi. Inqiroz odamlarni do’konlardan uzoqlashtirgan. Iste’molchini qaytarish eng muhim vazifa bo’lib turibdi.  



Sharh va izohlar:

1. mavzuga oid

Yaqinda hammasi yaxshi tomonga yo'nalishiga ishonaman, lekin nima uchun Work and Travel in USA o'z ishini davom ettirmoqda? Unga shuncha ishsizlar soni kammi?
Fikr bildiruvchi: Shaxram (prague)
11-16-2009 - 01:27:57

 
Izohlaringizni yuboring.

Ushbu maqola yuzasidan fikr bildiring va biz uni saytimizda chop etamiz. E-mail adresingizni saytimizga chiqarmaymiz.












 
Fikr bildirayotganda barcha sharh va izohlar ko'rib chiqilishiga rozisiz Amerika Ovozi izohlaringizni tahrir qilishi mumkin. Barcha izohlarning chop etilishi kafolatlanmaydi. Amerika Ovozi o'z dasturlarida siz qoldirgan fikrdan foydalanish huquqiga ega. Qoida va shartlar.
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
Comment on This Article Munosabat bildiring
  Shu mavzuda
Fort Xuddagi fojea: Obama shoshib xulosa qilmaslikka chaqirmoqda
AQShdagi harbiy bazada musulmon ofitser 13 zobitni o'ldirgan
Amerika iqtisodiyoti ancha jonlangan, ammo hamon krizisda
AQSh O'zbekiston bilan oshkora, kelishib ishlamoqchi
AQSh tibbiy tadqiqotlar uchun 5 milliard dollar ajratmoqda
Xalqaro Valyuta Jamg'armasi: O'zbekiston krizisga turib bergan
Kongress kutubxonasi - global tarmoqdagi noyob ilmiy xazina
Iqtisodiy krizis AQShda ko'chmas mulk bozoriga ham ta'sir qilgan
AQSh dollari qadrini yo'qotib bormoqda
Qozog'iston boj zonasi orqali Jahon Savdo Tashkilotiga kirmoqchi
O'zbekistonda sarmoya uchun imtiyoz bor, to'siqlar ham ziyoda
Jahon banki islohotlarga "ha" demoqda
Va'da va qarorlar faqat qog'ozda, bolalar yana paxtazorda
Moliyaviy inqiroz qochqinlarga ham ta'sir qilmoqda
O'zbekistonda iqtisodiy rivojlanish uchun nima qilish zarur?
AQSh tranzit yo'llari uchun Markaziy Osiyoga nima taklif qila oladi?
O'zbekistonda iqtisodiy krizis ta'sirini yashirib bo'lmaydi
Prezident Obama moliyachilarni mas'uliyatga chaqirmoqda
Migrant maoshi iqtisodiy tayanch, lekin u himoyaga muhtoj
 
  Bosh mavzu