blank

About VOA | Biz bilan bog'laning

Xodimlar

Cevdet Seyhan

Cevdet Seyhan

Javdat "Amerika Ovozi" O'zbek xizmati mudiri. Teleradio sohasida 1985 yildan beri ishlaydi. Ota-bobolari aslida Farg'ona vodiysidan, ammo o'zi Turkiyada tug'ilib katta bo'lgan. Istanbul Davlat Universiteti muhandislik fakultetini bitirgan. Keyinchalik Vashingtondagi Amerika Universitetida (American University) tasviriy media bo'yicha magistrlik darajasini olgan.

Avval Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo'limi, undan oldin esa O'zbek xizmati bosh prodyuseri bo'lgan.


Navbahor Imamova

Navbahor "Amerika Manzaralari" turkumidagi ilk teledasturlar muallifi. TV va radio diktor, prodyuser. "Amerika Ovozi"da 2002 yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996 yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro Hayot" redaksiyasida muharrir sifatida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida ham dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.


Odil

Odil Ruzaliev

Odil O'zbek xizmatiga 2005 yilda kelgan. Diktor va prodyuser. AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) xalqaro aloqalar sohasida magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekiston TV 1-kanalida ingliz tilidagi yangiliklar – FCN (First Channel News) – ko'rsatuvining muallif-boshlovchisi edi. "Axborot" dasturida ham mehnat qilgan. Odil ko'p yillar AQShning Toshkentdagi elchixonasi axborot bo'limida ishlagan. O'zbek, ingliz va rus tillarida chop etilgan qator maqolalar muallifi. Farg'ona shahrida tug'ilgan.

Ijtimoiy so'rov

Sahifamizning yangi ko'rinishiga munosabatingiz?

So'rov natijalari »

Eng ko’p o’qilgan maqolalar

Twitter

Twitter

O'zbekiston, butun Markaziy Osiyo va xalqaro maydondagi yangiliklar

YouTube

YouTube

"Amerika Ovozi" TV dasturlari va lavhalarini tomosha qiling

facebook

Facebook

"Amerika Ovozi" bilan bog'lanib, so'nggi yangiliklar, sharhlar va tahlil bilan tanishing.