Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
"Uch e'tiqod va yagona xudo" filmi ekran yuzini ko'rdi


09/11/2005

Uch e'tiqod, yagona xudo
Hujjatli film iudaizm, nasroniylik va islom tarixiga va bu dinlarning bugungi kundagi ahvoliga nazar tashlaydi
Shu kunlarda Amerikada nozik mavzudagi yangi hujjatli film ekran yuzini ko’rdi. “Uch e’tiqod, yagona xudo”filmi, uch din – iudaizm, nasroniylik va islomni tahlil qiladi. Bu uch dinning bir-biriga oxshash jihatlari va xususiyatlari borligi ko’pchilik amerikaliklarni hayratga solar ekan, kino tanqidchilar filmni ijobiy baholashmoqda.

“Uch e’tiqod, yagona xudo” hujjatli filmi asosan uch din: yahudiylik, nasroniylik va islomni tahliliy nuqtai nazardan bir-biriga taqqoslaydi. Muqaddas qo’lyozmalar, kitoblar, an’analar, fundamentalizm, ekstremizm va tolerantlik, bularning barchasi tarixiy ixtilof sifatida tadqiq etiladi. 

"Eng muhimi, bu uch din orasidagi o’zaro bog’liqlik va hamjihatlikni ko’rsata olish. Filmning asosiy maqsadi ham shunda,"-deydi film ijodkorlaridan biri, Gerald Krell.

Gerald Krell
Gerald Krell
Krellning 40 yillik kasbdoshi va do’sti Meyer Odze esa,"Filmda insoniylik, mehr-muhabbatni aks ettirmoqchi bo’ldik. Qaysi jihatdan qaramang, insonni e’zozlamasdan iloji yo’q,"-deydi.  

Ikki yil davomida Krell va Odze Amerika bo’ylab sayohat qilib, turli din vakillari va olimlar bilan jami 100 soatlik suhbat qilishdi. Jumladan, islomshunos olim Akbar Ahmad bilan. 

"Menimcha, dinlar orasida ko’plab o’xshashliklar bor,"-deydi Akbar Ahmad. "Albatta, tarixiy va teologik tomondan bu gapim ko’plab baxslarga sabab bo’lishi mumkin. Sabab, xudoga ishonish, muqaddas yozuvlarni talqin qilishda har bir din o’ziga xos yo’lga ega. Ammo, umumbashariy jihatdan bu uch din bir-biriga juda yaqin va XXI asrga birdek quchoq ochadi, desak xato bo’lmaydi."
Meyer Odze
Meyer Odze

Bu uch dinning umumiy tomonlari shundaki, barchasida faqat yagona xudoga ishoniladi; 10 ga yaqin diniy ta’limotlar e’tiqod asosidir; toat-ibodat inson va xudo orasidagi muloqotdir, deb tan olinadi va hayr-ehson berish iymon-e’tiqodli insonlarga xos xususiyat sanaladi.

"Filmimizning maqsadlaridan biri, bu mavjud diniy stereotip va anglashilmovchiliklarga barham berishdir,"- deydi Krell.

Mazkur film uch yirik din qayg’uli kunlarni boshdan kechirayotgan bir paytda yaratildi. Ammo, ular orasida hamkorlik va hamjihatlikka intilish alomatlari ham ko’zga tashlanadi. Ulamolar ishonchsizlik emas, birdamlikni tashviq qilayotganliklarini ko’rasiz. 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available