Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
O'zbekistonda Fridom Xaus faoliyati to'xtatildi


13/01/2006

Fridom Xaus tashkilotining ramzi
Fridom Xaus ramzi
O’zbekiston hukumati AQShga qarashli yana bir tashkilot faoliyatini to’xtatib qo’ydi. Bu safar Fridom Xaus (Freedom House), ya’ni Ozodlik Uyi tashkiloti Toshkentdagi sud qaroriga ko'ra faoliyatida tiniqlik yetishmasligi ayblovi bilan 6 oyga yopib qo’yildi.

Tashkilot vakilining aytishicha, sud qarori apellyatsiya qilinadi. 2005 yili Internyus, AYREKS, Soros Jamg’armasi kabi qator AQSh tashkilotlari yopilgan edilar. O’zbekiston rahbariyati bu kabi tashkilotlarni hukumatni ag’darishga harakat qilayotgan guruhlarga yordam berayotganlikda ayblab kelmoqda.

Mamlakatlarda erkinliklar darajasini o’rganadigan Fridom Xaus tashkiloti har yili maxsus reyting tuzadi. Tashkilotning dekabr oyida chiqqan hisobotiga ko’ra, O’zbekiston reyting jadvalining eng past pog’onasidan joy olgan va Kuba, Shimoliy Koreya, Liviya, Suriya, Sudan, Birma va Turkmaniston davlatlari kabi  “yomonlarning yomoni” degan unvonga sazovor bo’lgan.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Yevropa Ittifoqining O'zbekistonga sanksiyalari qisman amalda qoladi

  Boshqa xabarlar
AQShda saylovlar oldidan Internet eng qudratli axborot vositasi
Qo'shxotinlik amaldorlar orasida "moda"ga aylanmoqda
Tahlilchilar AQSh musulmonlar bilan ko'proq aloqa qilsin deydi
Ko'hna Xivada mennonitlar tarixiga oid ko'rgazma ochiladi
Kengash qilgan el ozmas, keng bichilgan to'n to'zmas
AQShning Shimoliy Koreya talabini qondirishi tanqid ostida
Davlatlar moliyaviy inqirozni hamkorlikda hal qilmoqchi
AQSh Shimoliy Koreyani qora ro'yxatdan chiqardi
Jurnalist Solijon Abdurahmonov 10 yilga qamaldi
O'zbekiston Afg'onistonga noharbiy yuk tashishda yordam beradi
Muhojirotdagi o'zbekistonliklar huquqiy himoya so'ramoqda  Audio Clip Available
Yevropa Ittifoqi O'zbekiston bilan muloqotni kuchaytirmoqda
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi  Audio Clip Available
17 nafar uyg'ur taqdiri AQSh appelyatsiya sudi ixtiyorida
Grin Karta lotereyasiga hujjatlar qabul qilinmoqda