Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
"O'zbekistonda diniy xavf yo'q"


23/01/2006
Lavhani tinglang audio clip
Lavhani tinglang audio clip

Andijon, 2005 yil, 20 may
Andijon, 2005 yil, 20 may
2005 yilning 13 mayida Andijonda ro’y bergan qonli voqealar, tabiiyki, ham O’zbekistonda, ham O’zbekistondan tashqarida qator siyosiy-ijtimoiy o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Endilikda O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan nohukumat, xalqaro tashkilotlar soni keskin kamaygan. Inson huquqlari himoyachilari va mustaqil jurnalistlar ta’qib ostida.

Hukumatning uni tanqidga olganlarga nisbatan qahri naqadar kuchaygan bo’lmasin, “O’zbekistonda hokimiyat juda zaif ahvolda,”- deydi siyosatshunos olim Erik Makglinchi (Eric McGlinchey) yaqinda Vashingtondagi Uidrov Uilson xalqaro tadqiqotchilar markazida (Widrow Wilson International Center for Scholars) davlat xizmatchilari va jurnalistlar oldida ma’ruza qilar ekan. O’zbekistonda bir necha bor bo’lib, omma fikri bilan tanishgan va mamlakat haqida qator ilmiy maqolalar bitgan bu olim nazarida O’zbekistonning yaqin kelajagi unchalik nurli ko’rinmaydi.  

"Bu ilmiy xulosa emas, kuzatuvchi sifatidagi qarashlarim,"- deydi Erik Makglinchi. " O’zbekistonda xalq siyosiy emas, balki iqtisodiy jihatdan qiynalayotgani uchun ham qozg’olon ko’tarishi mumkinligini yaqin tarix yaqqol isbotladi,"- deydi Jorj Meyson Universitetida (George Mason University) hokimiyat va siyosat fanlaridan dars beruvchi olim.

"O’zbekistonda o’tgan 15 yilda ilk marta ijtimoiy qo’zg’olon ro’y berdi. Ikkinchidan, viloyatlardagi elita markaziy hukumatga bo’ysunishdan tobora bosh tortmoqda,"- deydi siyosiy fanlar doktori Erik Makglinchi. Uningcha, O’zbekiston hukumatining bu boradagi zaifligi, regionalizm va ijtimoiy tarqoqlik  mamlakatning “buyuk” kelajagiga rahna soluvchi omillardir. 

Makglinchi O'zbekistonda peshvolar bilan
Siyosatshunos Erik Makglinchi O'zbekistonda peshvolar bilan

Londonda va Vashingtonda ba’zi siyosatshunoslar, O’zbekistondagi ko’plab odamlar singari Karimovning Andijon voqealarini bostirgani uning qanchalik kuchli hukmdor ekanini anglatadi, deb xulosa qildilar, ammo professor Makglinchi bu fikrga qo'shilmaydi.

Olimning fikricha, 2004 yil Qo’qonda qamalgan tadbirkorlarning rafiqalari ko’chaga chiqqani va o’tgan yili Andijonda sodir bo’lgan qo’zg’olon Karimov rejimi armiya va ichki ishlarni qanchalik kuchaytirishga urinmasin, vaziyatni nazorat ostiga olishga qodir emasligini ko’rsatdi.

Erik Makglinchi ijtimoiy kuchlar va islom faktoriga keng to’xtaladi. Uning nazarida O’zbekistonda, ayniqsa, Farg’ona vodiysida masjidlar jamoatchilik markazlaridir. Qo’qon, masalan, deydi u, tadbirkorlar makoni. Masjidga birga boradigan odam sizning biznes hamkoringiz bo’lishi mumkin. Hukumat ana shu tadbirkor musulmonlardan xavfsiraydi, deydi olim. Chunki ular - ham dindor, ham tadbirkor.

“Mening fikrimcha, bu tadbirkor guruhlar katta kuchga yoki siyosiy kuchga ega emaslar.  Ular islomiy guruhlar emas, balki mahalliy, ko’p hollarda tarqoq, jamoalar,”- deydi Erik Makglinchi. Shu bois ham, olim nazarida, islomizm ayni damda O’zbekistonga xavf solmaydi.

O’zbekistonliklar, deydi olim, Andijon va Qo’qondagi qozg’olonlarda ko’rganimizdek, ko’chaga chiqib namoyish qilishga qodirlar. "O’zbekiston xalqi siyosiy jihatdan passiv deb o’ylaganlar, bu xalqning iqtisodiy imkoniyatlar talab qilib bosh ko’tarishga tayyor ekanini bilmaydilar,"- deydi Makglinchi. Diniy sabablar emas, balki iqtisodiy huquqlar, mulk egaligini talab qilib, iqtisodiy ezilib ketgani uchun ham bosh ko’tarishlari mumkin, deya fikr bildiradi Vashingtondagi bir guruh siyosatdonlar, diplomatlar va jurnalistlar oldida so’zlagan professor Erik Makglinchi.

 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available