Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
Sanjar Umarov 10 yildan ko'proq muddatga qamaldi


06/03/2006

Sanjar Umarov
Sanjar Umarov
Jinoiy ishlar bo`yicha Toshkent shahar sudi esa muxolifatdagi “Serquyosh O`zbekistonim” koalitsiyasi raisi Sanjar Umarovni iqtisodiy jinoyatlarda ayblab o’n to’rt yarim yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Ammo jazo amnistiya tufayli 10 yildan sal ko'proq davrga tushirilgan.

Sud qaroriga ko`ra qamoq jazosidan tashqari Sanjar Umarov va koalitsiyaning muvofiqlashtiruvchisi Nodira Hidoyatovadan 500 million so`mga yaqin mablag'ni davlat hisobiga undirib olish belgilanadi. Sanjar Umarovning advokati Vitaliy Krasilovskiyga ko`ra Umarovga nisbatan ayblovlar o`z tasdig`ini topmagan va hukm ustidan shikoyat kiritiladi.

 

“Serquyosh O`zbekistonim” koalitsiyasi vakili, “Ozod dehqonlar” partiyasi rahbari Nigora Hidoyatovaga ko`ra, siyosiy faoliyat uchun chiqarilayotgan hukmning adolatli bo`lishi kutilmagan ham.

 

-   O`zbekiston Konstitutsiyasida 93 modda bor. Unga ko`ra barcha sudyalar Prezident tomonidan tayinlanadi. Bu modda o`z kuchida ekan, O`zbekistonda adolatli hukmga umid qilish mumkin emas. Chunki sud tizimi Prezidentning qo`lida va u qaror chiqaradi, - deydi Nigora Hidoyatova.

 

“Serquyosh O`zbekistonim” koalitsiyasining muvofiqlashtiruvchisi Nodira Hidoyatova shunday ayblovlar bilan 10 yil qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

 

Kuzatuvchilar xalqaro tashkilotni yopish haqidagi qarorni va muxolifat vakillari ustidan chiqarilgan hukmni qonunbuzarlik sabab emas, balki siyosiy bosimlar orqali amalga oshirilmoqda, deb hisoblashadi.

 

Yaqinda yana bir xalqaro tashkilot  “Evroosiyo” jamg`armasi ustidan ham jamg`arma faoliyatini tugatish borasida mahkama jarayoni boshlanishi kutilmoqda. Mazkur jamg`arma o`z mablag`ini maqsadga muvofiq ravishda ishlatmaganlikda, turli nodavlat tashkilotlarga ko`mak ko`rsatganlikda ayblanmoqda. Mavjud fikrlarga ko`ra hukumat demokratik islohotlar yo`lidagi har qanday hamkorliklarni keskin to`xtatish yo`liga o`tmoqda.  

 

Bu haqda kuzatuvchilardan biri yozuvchi Zohir A`lam shunday deydi:

 

-  Hukumat, bu bilan biz bilan hech qanday munozara qilish mumkin emas, demoqchi. Mening kichkina bir oppozitsiyaga ham qilgan javobim shu – qamoq, ta`qib va boshqa narsa, demoqchi. Kichkinagina oppozitsiyani ham eshitgisi yoq. Xalqaro tashkilotlar ham shu: ular demokratiyaga xizmat qilmoqchi bo`lsa, yopilayapti. O`zbekiston hukumati demokratik islohotlar bo`yicha har qanday muzokaralarni inkor etayapti, - deydi Zohir A`lam.

 

 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Obama Afg'onistonga yana 35 ming askar jo'natishi mumkin

  Boshqa xabarlar
O'zbekistonda siyosiy muhit iliqlashayotgani rostmi?
Illinoysning kichik shahri yangi Guantanamo bo'lishga tayyor
Saudiya Arabistoni haj kunlari xavfsizlik va salomatlikka ko'z-quloq
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar "ko'zbo'yamachilik" demoqda
Afg'oniston hukumati ayrim toliblar bilan muloqotga kirmoqchi
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim