Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
O'zbekiston ayollari: xo'rlangan, qadrsiz va nochor


08/03/2006
Suhbatni tinglang audio clip

Marfua To'xtaxo'jayeva
Marfua To'xtaxo'jayeva
8 Mart Xalqaro Xotin-Qizlar Kuni O'zbekistonda deyarli bir asrdan beri bayram qilinadi. Jamoatchilik o’rtasida va davlat miqyosida keng nishonlanadi. Bu kun ko’p jihatdan go’zallik, nafosat, bahor ayyomi sifatida ta’riflanadi. Ammo, 8 mart tarixan ayollarning jahon bo’ylab teng fuqarolar sifatida tan olinishiga chaqirilgan kun.

Xotin-qizlar kuniga shu qadar ahamiyat berilsa-da, deyishadi ba’zi mutaxassislar, mustaqil O’zbekiston ayollari hukumat nazarida ham, jamoatchilik ko’z oldida ham haligacha teng huquqli fuqarolar emas.

Amerika Ovozi  O'zbekiston ayollarining bugungi kuni haqida yetakchi feminist, ya’ni xotin-qizlar haq-huquqlari faoli va bu borada ko’plab kitoblar va ilmiy maqolalar muallifi Marfua To’xtaxo’jayeva bilan suhbatlashdi. Tinglang.  

O'zbekiston ayollari
O'zbekiston ayollari
Marfua To’xtaxo’jayeva nazarida O’zbekistonda ayollar huquqlarini himoya qilinishiga qarshi kurash ketmoqda. Hukumat, deydi mutaxassis, xotin-qizlar manfaati uchun faqat unga qarashli tashkilotlar shug’ullanishini istaydi. Ammo, O’zbekistonda ayollarning huquqiy himoyasi bilan shug’ullanayotgan tashkilotlar ham borku. Xo’sh, ular-chi? Marfua To’xtaxo’jayeva ularning hozirgi faoliyati deyarli to’xtab qolgan, deya javob beradi.

O’zbekiston matbuotida ayollar qiyofasi ko’proq ona va uy bekasi sifatida aks ettiriladi. Qizlarni esa oilaviy hayotga tayyorlash, ularni uy-ro’zg’or tebratishga o’rgatish ham madaniy, ham siyosiy masala. Gender muammolar, ya’ni jinslararo munosabatlarni o’rgangan mutaxassislar nazarida esa ayolning teng huquqli va yetuk fuqaro bo’lishi, jamiyatning sog’lom a’zosi bo’lishi uchun avvalombor ularni oqitish, ma’naviy tarbiyalash lozim.  

Sobiq Sovet ittifoqi qulaganidan beri siyosat bobida ayollarning u qadar faollashgani sezilmaydi. Ayollar hali ham yuqori boshqaruv va qaror qiluvchi sahnalarga chiqa olishmagan. Mutaxassislar fikricha, bu juda murakkab jarayon. Chunki, Amerikadek taraqqiy etgan davlat siyosatida ham ayollar kuchli vakolatlarga ega emaslar. Qonun chiqaruvchilarning atigi 16 foizi ayollar. O'zbekistonda faol ayollar bu nohukumat tashkilotlarida ishlovchi xotin-qizlardir, deydi Marfua To’xtaxo’jayeva.

O’zbekiston Oliy Majlisida bugungi kunda har doimgidan ham ko’proq ayollar bor. O’zbekiston qonuniga ko’ra Oliy Majlisga nomzodi ko’rsatilganlarning kamida 30 foizi ayollar bo’lishi lozim. Hozirda 100 a’zolik senatda atigi 10 ayol vakil bor, 120 a’zolik Quyi palatada 21 nafar ayol deputat bor. Marfua To’xtaxo’jayevaning fikricha, gap sonda emas, sifatda. 

 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
General Petreus Qirg'izistonda xavfsizlik bobida muzokara qilgan

  Boshqa xabarlar
BMT maxfiy qamoqxonalarni tekshirmoqda, ayrim davlatlar norozi
O'zbekistonlik hunarmandlar san'ati Koloradoda ko'rgazmada
Isroil g'arbiy sohilda yahudiylar uchun yana 1600 bino qurmoqchi
Afg'onistonda xavfsizlik bir yilda mahalliy armiyaga o'tishi mumkin
Rossiyadagi xalqaro mutaxassislar mahalliy qonundan nolimoqda
Hamjihatlik, kuchli iroda - Markaziy Osiyoda noyob ne'matlar
Shvetsiyada 62 yoshli uyg'ur josuslikda ayblanib qamalgan
Taniqli amerikaliklar hayotidan: Malkom "X" - murakkab shaxs
Amerikalik ekspert: Markaziy Osiyoda imkoniyatni boy berayapmiz  Audio Clip Available
Amerikadan norozi odamlar ko'p, lekin uning yordamiga umid katta
AQSh siyosatiga qaramay islom dunyosida huquq ahvoli yomon
AQSh armiyasi Qandahorda hal qiluvchi jangga shaylanmoqda
O'zbekistonda turmushning og'ir aravasini ayollar tortib keladi
Tojikiston mardikor bozorlari xotin-qizlarga to'la
Falastin bilan muzokara oldidan Isroil yana qurilishga berilmoqda
O'sh maktablarida ko'p tilli ta'lim bo'yicha yangi qo'llanma
Yozuvchilar: Madhiyabozlikni yig'ishtirib, haqiqatni yozaylik
Qirg'zistonda homilador ayollar orasida o'lim hollari ko'paygan
Ilhom Ne'matov - O'zbekistonning Vashingtondagi yangi elchisi  Audio Clip Available
Orxideyalar makonida - Vashington botanika bog'iga sayohat
AQShdan O'zbekiston dehqonlari va nochor oilalarga yordam