Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
Uyg'urlar faol taqdiri yuzasidan Toshkentdan "aqlli" qaror kutmoqda


15/05/2006

Nuri Turkel

Nuri Turkel rahbarligidagi                 Uyg'ur Amerika Uyushmasi Vashingtonda asoslangan nohukumat tashkilot bo'lib, uyg'urlarning bugungi turmushi va muammolarini o'rganadi

AQSh-Xitoy aloqalarida Taivan va Tibet masalasi qatorida Uyg’ur muxtoriyati, Pekinning uyg’urlarga nisbatan munosabati muhim o’rin egallaydi.

Terrorga qarshi urush esa bu masalaga o’zgacha tus berib yubordi, chunki Xitoyda inson huquqlari dahshatli tarzda poymol etilyapti, deya tashvishlanib kelgan Amerika hukumati, Xitoyning uyg’ur jangarilari terroristlardir, degan javobidan tilini tishlab qolgan.

Vashingtonda uyg’ur manfaatlarini himoya qiluvchi yetakchi bir lobbichi - Nuri Turkel nazarida kurash va kurashchini har narsa deb atash mumkin, ammo har bir millatning yashashga va xalq sifatida yuksalishga haqqi bor.

“Uyg’urlar AQShga suyanadi va ularning siyosiy va moliyaviy ko’magiga muhtoj”,- deydi Nuri Turkel. Ammo, uning fikricha, Xitoy va uning yaqin hamkorlari terrorizmni bahona qilib, Shinjon aholisini yanada ezishga urinmoqda. 

“Xitoy rahbari Xu Tsintao va AQSh prezidenti Jorj Bushning yaqinda Vashingtonda qilgan muzokarasi ketidan", - deydi Nuri Turkel, "AQSh Davlat departamenti uyg’ur musulmonlari va Tibet buddistlari Xitoyning siyosiy bosqinchiligi ostidadir; ularning inson huquqlari toptalmoqda; uyg’urlarning ahvoli nihoyatda nochor, Xitoy terrorizmni bahona qilib, uyg’urlarning siyosiy va iqtisodiy huquqini buzmoqda, deya bayon qildi”. 

Janob Turkelning aytishicha, AQSh Xitoyni tanqid ostiga oladigan bo’lsa, hukumat bu mamlakat bilan iqtisodiy hamkorlik qilayotgan tijoratchilar qarshiligiga uchraydi.

Shinjonda (qizil rangda) bugun sakkiz milliondan ortiq uyg'ur istiqomat qiladi. Mintaqaning Xitoy muxtoriyatiga aylanganiga 51 yil bo'ldi.
“Uning ustiga xitoylar bizning uyg’ur xalqimizni 2001 yilning 11 sentyabr voqealaridan keyin dunyoga terrorist deb tanitishga urindi. Uddasidan chiqa olmadi, ammo qattiq harakat qildi”, - deydi Nuri Turkel.

Terrorizm jahon ahlini tashvishga solayotgan bir paytda dunyo siyosatchilarini, ayniqsa, G’arbni uyg’ur jangarilari ozodlik kurashchilari, deya ishontirish qiyin  emasmi?

“2002 yilda AQSh Xitoy va Qirg’iziston talabi bilan Sharqiy Turkiston Islomiy Harakatini terrorist tashkilot deb e’lon qildi. 2004 yilda esa uni bu guruhlar ro’yxatidan olib tashladi. Hozirda Amerika Xitoyning - uyg’ur milliy harakati terror harakatidir - deb atashini birinchidan, savol ostiga qo’yadi, ikkinchidan, gumon bilan qaraydi, uchinchidan, ishonmaydi. Shu bois bizning ishimiz sal bo’lsa-da osonlashgan. Qarabsizki, uyg’ur harakatini qo’llab-quvvatlash tashabbusi amerikaliklardan o’zidan kelayotgan taklif”.

Yaqinda AQShning yetakchi kongressmeni, respublikachi Kristofer Smit Xitoyni uyg’urlarga qarshi genotsid olib borayotganlikda aybladi. Uning nazarida Pekin musulmonlarni o’z tuprog’idan qirib tashlashga bel bog’lagan. Xitoy ayblarni keskin rad etadi va uyg’ur harakatini separatist kuchlar deb ta’riflaydi.

Janob Turkel rahbarlik qiluvchi Uyg’ur Amerika Uyushmasiga ko’ra, AQSh Kubaning Guantanamo ko’rfazidagi unga tegishli qamoqxonada saqlanayotgan, terrorizmda ayblanib ushlangan 26 uyg’urni ozod qilishga tayyor.

Ammo, avvalo 22 nafari Sharqiy Turkistondan, biri Saudiya Arabistoni, ikkisi Qozog’iston va biri Qirg’izistondan bo’lgan bu mahbuslarga boshpana berish istagidagi davlatni topish kerak. Sharqiy turkistonliklarni Xitoyga jo’natmaslikka qaror qilingan.

Nuri Turkel nazarida Xitoy-Markaziy Osiyo va AQSh-Xitoy aloqalaridan uyg’ur masalasi muhim omildir. Nima uchun?

“Siz uyg’urlar yashaydigan zaminga qarasangiz, Sharqiy Turkiston strategik bir yerdir. Xitoy o’z iqtisodiyotini tobora kengaytirar ekan, O’zbekiston paxtasiga sherik bo’lish, Yevropa bozorlariga chiqish, Markaziy Osiyo nefti va gazidan foydalanish uchun,  yonilg’iga nisbatan tobora o’sayotgan talabini qondirish uchun bu zaminni qo’ldan chiqarmaslikka ahd qilgan. Bu maqsadga havo orqali emas, quruqlik orqaligina yetish mumkin. Eng oson yo’li Sharqiy Turkiston orqali. Sharqiy Turkiston Xitoyning oltidan bir qismini tashkil etadi. Bu zamin sakkiz davlat bilan chegaralangan. Dunyoda sakkiz davlat bilan chegaradosh mintaqa ko’p emas. Sharqiy Turkiston atrofidagi davlatlarda ikki millionga yaqin uyg’ur bor. Eng ko’pi O’zbekiston va Qozog’istonda”,-deydi Nuri Turkel.

Bugungi kunda Xitoyning Shinjon muxtoriyatida 15 milliondan ziyod uyg’ur yashaydi. Shuningdek, Markaziy Osiyo, Turkiya, arab davlatlari, Yevropa va Shimoliy Amerikada minglab uyg’ur millatiga mansub kishilar istiqomat qiladi.

Ayni damda Husayn Jalil ismli uyg’ur faol, Kanada fuqarosi, Toshkentda hibsda saqlanmoqda. Jahon bo’ylab uyg’ur milliy harakati vakillari va Husayn Jalilning oilasi O’zbekiston hukumatidan uni Kanadaga qaytarishni so’ramoqda. Nuri Turkelning aytishicha, Husayn Jalilning Xitoyga ekstraditsiya qilinishi katta siyosiy xato bo’ladi.

“Husayn Jalil Xitoy masjidlarida kommunizmni propaganda qilmagani sabab u yerda xo’rlangan odam”,-deydi Nuri Turkel. “Halol va iymonli bu odam Xitoy iskanjasidan qochib, Turkiyaga bordi, u yerdan BMT Qochqinlar bo’yicha Oliy komissariati yordami bilan Kanadadan panoh topdi va u davlatning fuqarosiga aylandi. Endi erkin inson sifatida, qarindoshlarimni ko’ray deb Toshkentga borgan edi, qamoqqa olishdi. Rafiqasi aslida O’zbekistondan. Karimov hukumati Xitoy bilan hamtovoq bo’lib, erkin dunyodagi AQSh va Kanada kabi do’stlarini unutib, Pekinga bosh egib, katta xato qilmoqda. Uyg’ur xalqi O’zbekistonga hurmat bilan qaraydi va Husayn Jalilni Xitoyga jo’natmasdan, uni hozirgi vatani Kanadagi qaytaradi, degan umid bor va Karimovga shunday qarorga kelishni tavsiya qilamiz”,-deydi Nuri Turkel.

Uyg'ur faoli bu xalq nomidan, uning kelajagi uchun olib borilayotgan kurash og’ir kechmoqda, deydi.

“Hozirgi eng muhim vazifa, uyg’ur millatini millat sifatida asrab qolish. Uning milliy g’ururini yanada toptalmasligi uchun qo’ldan kelgan barcha chorani ko’rish. Bu xalq azaldan erkinlik, mustaqillik, xalq sifatida yuksalish uchun ter to’kib kelgan. Uyg’urlarning tarqoq elat bo’lib ketmasligi uchun, Xitoy tomonidan tamoman qirib tashlanmasligi uchun bu millatga yordam qilmasa bo’lmaydi. Bu harakatning qanchalik samara berishi esa xalqaro hamjamiyatga bog’liq." 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available