Oddiy ko'rinish

VOANews.com
News in 44 languages


 
Komila Jalil: Erimni Xitoyga ellik ming dollarga pullashdi


27/06/2006

Husayn Jalil
O’zbekiston kanadalik uyg’ur faoli Husayn Jalilni Xitoyga ektraditsiya qilgan. 

Kanadada chop etiluvchi Toronto Star gazetasiga ko'ra, O’zbekiston hukumati bu haqda Kanada rasmiylariga ma’lum qilgan.

Bundan 26 iyun kuni xabar topgan Husayn Jalil oila a’zolari uning hayotidan qattiq tashvishda. Husayn Jalilning rafiqasi Komila Amerika Ovozi radiosiga bergan intervyusida turmush o’rtog’i haqida bir oydan beri xabar bo’lmaganini aytgan. 

Komila Jalil
"Xo'jayinimni Qo'yliqdagi turmadan SNB [Milliy Xavfsizlik Xizmati] xodimlari olib chiqib ketgan. Hech kim uning qayerda ekanini bilmaydi. U yerdagilar dadam va ukamga Jalilni qayerga ketganini bilmaymiz, ammo qaytib kelmaydi, deyishgan", - deydi Komila.

"Biz juda xavotirdamiz. Kanada hukumati qanchalik so'ramasin, O'zbekiston hech narsa demayapti", - deydi Komila Jalil. "Kanada hukumati O'zbekiston tutayotgan yo'ldan hayron va nima bo'layotganini tushuna olmayapti."

Komila Jalil O'zbekistonni Xitoyning "nog'orasiga o'ynayotganlikda" ayblaydi. Uni boshqa uyg'urlarning o'limida ayblayotgan Qirg'iziston ham, uni terrorda ayblovchi Xitoy nima desa shunga ko'nayotgan O'zbekiston ham rasmiy Pekin chizgan chiziqdan ketmoqda, dedi Komila Jalil Amerika Ovozi bilan suhbatda.

Husayn Jalil uyg’ur milliy harakati doirasida siyosiy faoliyat yuritgani bois, Xitoy unga o’lim jazosi belgilashi mumkin. Shuningdek, deya xavotir bildiradi Jalilning oilasi, imom Xitoy qamoqxonasida qiynoqqa solinishi va azob ostida aybni bo'yniga olishga majbur etilishi mumkin.

28 iyun kuni Kanada bosh vaziri yordamchisi Jeyson Kenni, u boshchiligidagi  delegatsiya Xitoyga safar qilib, Husayn Jalilning ozod etilishi bo’yicha muzokara qilishga tayyor ekanini bildirgan.

Jalilning Xitoyga berib yuborilgani haqida rafiqasi Komila Jalil, O'zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlaridan telefon orqali bilganini aytadi.

"Erimni hibsga olgan SNB xodimi menga qong'iroq qilib, eringga hech kim ega chiqmagani uchun uni Xitoyga berib yubordik, dedi. Sabab, Xitoy uni talab qilib, O'zbekistonga 50,000 dollar berdi",  - deydi Komila Jalil.

Jalil xonimga ko'ra, Kanada hukumati O'zbekiston qanday qilib boshqa mamlakat fuqarosini hech qanday ogohlantirishsiz uchinchi mamlakatga sotib yuborishi mumkinligidan hayron.

 

Bosh mavzu
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar "ko'zbo'yamachilik" demoqda

Boshqa xabarlar
Saudiya Arabistoni haj kunlari xavfsizlik va salomatlikka ko'z-quloq
Afg'oniston hukumati ayrim toliblar bilan muloqotga kirmoqchi
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available