Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
O'zbekistonda uyg'ur jamoasi kichrayib bormoqda


29/06/2006

O`zbekiston uyg`urlari kimlar va ular bugunda qanday hayot kechirmoqda? Mahalliy faollarning aytishicha, jamoa O’zbekistonda tobora kichrayib bormoqda. Asosiy sabab, deyarli har bir jamoa va xonadonga xos muammo- moddiy yetishmovchilik.

Uyg`urlar O`zbekiston hududida azaldan mahalliy xalqlardan biri sifatida yashab kelishgan. Tarixda ularni ko`proq qashg`arliklar deb atashgan. O`zbekiston hududida uyg`urlarning ommaviy ko`chib kelishi XVIII-XIX asrlarga, Sharqiy Turkistonda Xitoy mustamlakasiga qarshi boshlangan kurashning bostirilishi davriga to’g’ri keladi.

Uyg`urlarning Markaziy Osiyoga ko`chishlarining yangi bosqichi XX asrning 50-60- yillarida kuzatilgan. Sobiq ittifoq davrida kuzatilgan bu ko`chish  ham uyg`ur ozodlik harakati bilan bo`gliq ko`riladi.

O`zbekistonda uyg`urlar XX asrdan boshlab siyosiy harakat yuritgan. Toshkentda “Sharq haqiqati”,  “Kun chiqar haqiqati ” nomi ostida uyg`ur tilida gazetalar nashr qilingan, uyg`ur tilida o`qish, bilim olish uchun darsliklar chiqarilgan. 1921 yilda Toshkentda o`tgan uy`gurlar milliy  quriltoyida Sharqiy turkistonliklarning barchasini avvalgidek uyg`urlar deb atash qaroriga kelingan. Bungacha ular qashg’arliklar, yorkentliklar kabi jugrofiy kelib chiqishiga qarab belgilangan. 

Bu tarix O`zbekistonda uyg`urlar o`z milliy qadriyatlari uchun izchil faoliyat yuritganidan dalolat beradi. Hozirgi paytda O`zbekistonda uyg`ur tilida chop etilayotgan nashr yoki darsliklar yo`q. Jamoaning siyosiy faoliyati ham ko`zga tashlanmaydi.

Toshkentdagi Uyg`ur milliy madaniy markazi raisi Sulton To`xtamovga ko`ra ayni paytdagi asosiy masala  uyg`urlar sonining kamayishini oldini olish va milliy qadriyatlarini tiklashdir.

“Bolalarimizning tili o`zbekcha yoki ruschada chiqyapti. Uyg`urlar zich yashaydigan joylarda yoshlarimiz tilni saqlab qolgan. O`zbeklarga bo`lgan moyillik ham uyg`urlar sonini kamayishiga olib kelmoqda. 1937-1938 yillardagi qatag`on davrlari ham uyg’ur yetakchilarining ko`pini olib ketgan. Xitoydan kelgan uyg’urlarni, keyinchalik yerlik uyg`urlarni qamashlar boshlangan. Ularga nisbatan Shinjon viloyatini Xitoydan ajratib olish aybi qo`yilgan. Shu qatag`onlar davrida ham ko`pchilik uyg`urlar o`zlarini o`zbek deb ko`rsatib, jon saqlab qolgan”, - deydi Sulton To`xtamov.

O`zbekistonda tarixda ham, hozirda ham qancha uyg`urlar yashagi haqida aniq ma`lumotlar yo’q. Sulton To`xtamov hozirgi paytda rasman 50 mingga yaqin uyg`ur borligini aytadi, norasmiy raqam esa 200 ming atrofida.

Tarixda ular soni  ko`payib-kamayib turgani qayd etiladi.  Hozir milliy qadriyatlar targ`iboti, darsliklar chiqarish kabi harakatlardagi asosiy muammo moddiy ta`minotga borib taqaladi.

Sulton To`xtamovga ko`ra milliy qadriyatlarni tiklash, uy`gur tilidagi darsliklarni chop ettirish,  buni yoshlarga yetkazish orqaligina uyg`urlar sonining kamayishini oldini olish mumkin. Bu ishlarni boshlash uchun esa hech bo`lmasa boshlang`ich mablag` kerak bo`ladi.

“O`zbekistonda ruslar madaniy markazini Rossiya, turklarnikini Turkiya qo’llab-quvvatlaydi.  Biz Shinjonga bu haqda murojaat qilganimiz yo`q, ular ham hech narsa deyishmagan. Hozirda Xitoy elchixonasi turli tadbirlarga chaqirib turadi. Ehtimol keyinchlaik yo`lga tushib ketar”, – deydi madaniy markaz raisi.

Uyg’urlar O`zbekistondan farqli o’laroq Qozog`iston va Qirgizistonda siyosiy jihatdan ancha faol. Sulton To`xtamovga ko`ra bu narsa O`zbekistondagi uyg`ur jamoasining o`ziga bog`liq.

To`xtamovga ko`ra uyg`urlar O`zbekistondagi siyosatdan rozilar va Shinjon  Uyg`ur avtonomiyasi bilan aloqalar tiklanib borayapti. Yaqinda Shanxay Hamkorlik Tashkilotininng  Shanxayda o`tgan sammitidan so`ng Qirgizistondagi uyg’urlar jamoasi tashkilot faoliyati uyg`urlarga nisbatan bosim kuchayishga xizmat qilayotganini ta’kidlagan edilar. 

Sulton To`xtamov nazarida O`zbekiston yoki boshqa qo’shni davlat rahbarlarining Xitoyga uyg’urlar masalasiga e`tibor ber deyishlari Xitoyning ichki ishlariga aralashish bo`lishi mumkin va hozir bunga ehtiyoj yo`qdek.

Uyg`ur milliy madaniy markaz raisi yaqinda O`zbekistonda hibsga olingan, ayrim manbalarda uyg`ur ozodlik harakati faollaridan biri ekanligi ta`kidlanayotgan Husayn Jalil borasida  eshitmaganligini ta`kidlaydi.

Kuzatuvchilarga ko`ra o`tgan asr boshlarida siyosiy izchilligi kuzatilgan uyg`urlar jamoasining bugungi ahvoli O`zbekistonga xos bo`lgan vaziyat -  erkin fikrga nisbatan bosim, ochiq fuqarolik jamiyatining yo`qligi bilan bog’liq. 

 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar "ko'zbo'yamachilik" demoqda

  Boshqa xabarlar
Saudiya Arabistoni haj kunlari xavfsizlik va salomatlikka ko'z-quloq
Afg'oniston hukumati ayrim toliblar bilan muloqotga kirmoqchi
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available