Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
Bishkekda uyg'urlar Xitoydan ozodlik so'ramoqda


05/07/2006

Bishkekdagi uyg’ur jamoasi faollari bugun Xitoy elchixonasi binosi qarshisida norozilik namoyishi o’tkazib, Xitoy hukumatidan uyg’ur xalqiga qarshi qirg’inni to’xtatishni va ozodlik talab qilgan.

Asosan qariyalardan iborat bo’lgan uyg’ur faollari “Husayn Jalil qamoqdan chiqarilsin!”, “Uyg’urlarga ozodlik berilsin!”, “Yashasin demokratiya!”, “Yashasin erkinlik!” shiorlari bilan Xitoy hukumati siyosatiga nisbatan o’z noroziliklarini izhor qilgan.

Tursun Islom Bishkekdagi uyg’ur jamoasi faollaridan biri. U inson huquqlarini himoya qilish bilan shug’ullanadigan “Demokratiya” nodavlat tashkilotining rahbari.

“Xitoylar mustamlaka siyosatini olib borish bilan uyg’urlarni jismonan qirib tugatishga harakat qilmoqdalar. [Sharqiy Turkistonga Xitoy hukumati] xitoylarni ommaviy ravishda ko’chirib kelyapti,” - deydi Tursun Islom.

Tursun Islomning aytishicha, namoyish O’zbekiston hukumati tomonidan uyg’ur imomi Husayn Jalilning Xitoy rasmiylariga topshirilishi, huquq himoyachisi Robiya Qodir farzandlarining Xitoy rasmiylari tomonidan avaxta qilinishiga qarshi norozilik o’laroq uyushtirilgan.

“Uyg’ur dissidentlari ko’p. Nafaqat Husaynjon Jalil, Robiya Qodir, balki boshqa uyg’ur faollari ham Xitoy hukumati tomonidan tazyiqlarga uchramoqda. Yozuvchi Nurmuhammad Yosin 10 yil qamoq jazosiga hukm qilindi, Abdug’ani degan jurnalist, uyg’urlarning tarixini o’rganayotgan To’xta Niyoz degan arxeolog qamoqda o’tiribdi. O’nlab dissidentlar bor,” – deydi Tursun Islom. 

27 mart kuni O’zbekistonda hibsga olingan Husayn Jalil Xitoyda uyg`ur ozodlik harakatining faollaridan biri bo`lgan va o`z siyosiy faoliyati uchun qamoqqa tashlangan. U yerda qiynoqqa solingan va keyinchalik qochishga muvaffaq bo`lgan.

Jalil birmuncha Turkiyada yashab, keyin Kanadaga ko'chgan va o'tgan yili bu davlat fuqaroligini qabul qilgan. O’zbekiston Husayn Jalilni iyun oyi oxirida Xitoyga ektradisiya qilgan. Uyg’ur faollari imom Xitoy qamoqxonasida qiynoqqa solinishidan xavotir bildirmoqdalar.

Uyg’ur inson huquqlari himoyachisi, hozirda AQShda yashayotgan Robiya Qodirning farzandlari esa Xitoy rasmiylari tomonidan soliq to’lamaganlik bahonasida qamoqqa olingan. Norozilik namoyishi ishtirokchilarining aytishicha, Xitoy hukumati 2005 yilda avaxtadan chiqqan Robiya Qodirning siyosiy faoliyatiga chek qo’yish uchun uning farzandlaridan foydalanmoqda.

“Xitoy hukumati uyg’ur xalqining ozodligi uchun kurashayotgan tashkilotlar a’zolarini, yigit-qizlarimizni qamamoqda, qiynoqqa solmoqda,” – deydi Tursun Islom.

Uyg’ur jamoasi faollarining talablari bugun mahalliy mirshablar vositasida Bishkekdagi Xitoy elchixonasi xodimlariga topshirildi. Talablar Xitoy rahbari Xu Tsintao nomiga bitilgan.

 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available