Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
Afg'oniston: O'zbekiston bilan aloqalarni AQSh belgilamaydi


07/07/2006
Lavhani tinglang audio clip

Rangin Dadfar Spanta Afg'onistonning yangi Tashqi ishlar vaziri

O’zbekiston-AQSh aloqalari sovuqligicha qolar ekan, Amerika boshchiligida o’zini qayta tiklayotgan Afg’oniston hukumati Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan rasmiy Toshkent bilan mustaqil munosabatlar yuritishga urinmoqda. 

Afg’onistonning yaqinda Vashingtonga tashrif buyurgan yangi Tashqi ishlar vaziri Rangin Dadfar Spanta Amerika Ovozi savollariga javob berdi.

Amerika Ovozi: Janob Spanta, Afg’onistonda Tolibon hokimiyati ag’darilganiga besh yil bo’lyapti. Biroq Afg’oniston hali ham notinch o’lka. Shimoldagi qo’shnilar mamlakatingizdagi vaziyatdan tashvishda. Ular nazarida AQSh homiyligidagi hukumatingiz Afg’onistonni tinchlantira olmayapti. Mintaqa bilan aloqalar qanday shu kunlarda?

Spanta: Afg’oniston Markaziy Osiyoga katta umid bilan qaraydi. Biz mintaqa bilan a’lo aloqalarga ega bo’lishni istaymiz va shu harakatdamiz. Hozirgi aloqalarimiz bag’oyat do’stona. Mintaqaviy xavfsizlik, terror va  qoradori savdosiga qarshi kurashda birga ishlamasak bo’lmaydi. AQSh bizga shu yo’lda yordam berishga tayyor.

Rays, Spanta Vashingtonda
Afg'oniston Tashqi ishlar vaziri Rangin Dadfar Spanta Vashingtonda AQSh Davlat kotibasi Kondoliza Rays bilan muloqot qildi
Amerika Ovozi:
O’zbekiston Afg’onistonda tinchlik bu mintaqada tinchlik demakdir, deb kelgan. Biroq prezident Hamid Karzay AQSh tomonidan quvvatlangan rahbar. O’zbekiston esa uning siyosatini keskin tanqid ostiga olayotgan AQShdan yuz o’girgan. Qiyin emasmi, bu ahvolda Islom Karimov hukumati bilan til topishish?

Spanta: Shuni aniq qayd etmoqchimanki, Afg’oniston har bir tuzumga nisbatan mustaqil, hech kimning aralashuvisiz, qaytaraman, mustaqil siyosat yuritadi. Demak, aloqalarimizni AQShga qarab belgilamaymiz. Har bir xalq o’zi xohlagan tuzumda yashaydi. Bu uning huquqi. Biz O’zbekistonning o’tmishdagi yordamini, hozirgi ko’magini juda qadrlaymiz. Orada turli tushunmovchiliklar bo’lishi tabiiy, ammo bu O’zbekiston bilan bebaho aloqalarimizga zarar yetkazmaydi, degan umiddamiz. O’zbekiston-AQSh o’rtasidagi muammolar bu ularning muammosi, bizniki emas. 

Amerika Ovozi: Afg’on hukumati Markaziy Osiyodan, jumladan O’zbekistondan kelayotgan hozirgi yordamdan xursandmi?

Spanta: Biz mintaqaning xavfsizlik, hokimiyatni kuchaytirish va mamlakatni qayta qurishdagi yordamidan juda minnatdormiz. O’zbekiston bizning yaqin savdo hamkorimiz. Ammo, hamkorlikni yanada kuchaytirishni, Afg’onistonning qadimgi kabi katta savdo yo’liga aylanishini istaymiz.

Amerika Ovozi: O’zbekiston azaldan Afg’oniston shimolidagi o’zbeklarni quvvatlab kelgan. Hukumat va afg’on o’zbeklari o’rtasida o’ziga xos yaqinlik mavjud. Chet davlatlarning Afg’onistondagi alohida etnik guruhlarni alohida quvvatlayotgani hukumatni tashvishga solmaydimi? Ayniqsa, dala qo’mondonlari orasidagi tafovutlar davom etayotgan bir paytda?

Spanta:  Biz Afg’oniston xalqiga chetdan kelayotgan har qanday yordamdan rozimiz. Ammo, men sizga aytsam, men o’zimni biror etnik guruh vakili deb hisoblamayman. Men afg’onman, Afg’oniston respublikasi fuqarosiman. Shunday ekan, men bu borada zamonaviy demokratik qarashga egaman. To’g’ri, Afg’oniston ko’p-millatli, ko’p dinli xalq. Lekin fuqarolar teng qaralsin, ular ajratilmasin, deyman. Ba’zi davlatlar faqat muayyan bir etnik guruhni quvvatlashni xohlar. Men, afg’on fuqarosi sifatida buni yoqlamagan bo’lardim, ammo ularni tushunsa bo’ladi. O’zbek aholi yashaydigan shimolda, masalan, Kobulda ahvol tinch. Shu bois iqtisodiy ahvol ham yaxshi. Mamlakatimiz uchun vaziyatni shunday xotirjam asrash juda muhim. 

        

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available