Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
O'shda ekstremistlikda gumon qilingan imom otib o'ldirildi


07/08/2006

Muhammad Rafiq Kamolov
Muhammad Rafiq Kamolov, Ferghana.ru
Qirg’iziston rasmiylari bergan ma’lumotlarga ko’ra, O’shda O’zbekiston maxsus xizmati bilan hamkorlikda o’tkazilgan maxsus aksilterror amaliyoti jarayonida, O’zbekiston Islomiy Harakati a’zosi ekani  da’vo qilingan uch nafar jangari o’ldirilgan. Otib o’ldirilganlar orasida, Qorasuv shahri jome masjidi imomi Muhammad Rafiq Kamolov ham bor.

MXX jangarilar oq rangdagi “Daewoo-Nexia” avtomashinasida bo’lganini, tinch aholi o’rtasida qurbonlar bo’lishi oldini olish maqsadida jangarilar shahar tashqarisiga olib chiqilganini ma’lum qilgan.

Rasmiy axborotga ko’ra, jangarilar qo’lga olish jarayonida bo’ysunmagan va o’t ochgan. MXX askarlari javoban o’q uzib, jangarilarni o’ldirgan. Tintuv paytida mashinadan qurol-yarog’, O’zbekiston xaritasi, diniy adabiyot va qalbaki hujjatlar topilgan. MXX jangarilarning Qirg’iziston hududida terroristik amaliyotlar o’tkazishga tayyorlanayotganini da’vo qilgan.

MXX jangarilar minganini da’vo qilayotgan “Daewoo-Nexia” mashinasini qorasuvlik ulamo Muhammad Rafiq Kamolov boshqargan. Imomning o’g’li Rashod Kamolov otasining jangarilarga aloqasi bo’lmaganini aytdi.

Shu yilning 24 may kuni imom Qirg’iziston MXX tomonidan qo’lga olinib, bir kecha-kunduz davomida so’roq qilingach, masjidi qavmining talabi bilan qo’yib yuborilgan edi. MXX shu yilning 12 may kuni Qirg’iziston janubiga hujum uyushtirgan jangarilar bilan Muhammad Rafiq Kamolovning aloqasi bor ekanini da’vo qilgan, ammo imom bu da’voni rad etgan.

Muhammad Rafiq Kamolov Qirg’iziston janubida e’tuborli ulamolardan sanalgan. U imomlik qilgan Qorasuv shahri jome’ masjidi qavmi 20 ming kishi ekani aytiladi. Namozxonlarning ko’pligi sababi esa, imomning turli toifadagi musulmonlarga nisbatan mo’tadil munosabati bilan izohlanadi. Uning mo’tadil qarashlari huquq-tartibot idoralari xodimlariga imomni turli guruhlar, jumladan, faoliyati ta’qiqlangan “Hizb-ut-Tahrir” diniy partiyasiga mansublikda ayblashga asos bo’lgan.

Qorasuv masjidi qavmi imomning o’limidan larzaga kelgan. Namozxonlar Muhammad Rafiq Kamolovning o’limi sababini uning hukumat siyosatidan mustaqil diniy qarashlari bilan bog’laydilar.

Imom bugun asr namozidan keyin Qorasuv shahrida dafn etildi. Janoza paytida hukumatdan imomning o’limiga nisbatan jo’yali izoh bo’lmagan taqdirda, xalq keskin harakatlarga qo’l urishi ehtimoli borligi qayd qilindi.

 

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Avtokratiyadan demokratiya sari... Siyosiy tajribalar

  Boshqa xabarlar
Rahbariyat o'zgarishi qaltis va murakkab jarayon
Yevropa Barak Obamadan qanday o'zgarishlar kutmoqda?
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
Inqiroz paytida umid badavlat va saxiy odamlarga bog'langan
AQSh Pokistonni Mumbay xuruji bo'yicha hamkorlikka chaqirmoqda
Obama ma'muriyati Afg'onistonda yangi strategiya bo'yicha ish ko'radi
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvdan oddiy xalq nima naf ko'radi?
Bush prezidentlik yillarini sarhisob qilmoqda
AQSh iqtisodiyoti rasman tanazzulda
O'zbekiston-Rossiya aloqalari rasmiy darajada rivojlanmoqda xolos
Xillari Klinton - davlat kotibi lavozimiga nomzod
AQSh Mumbaydagi terror xurujini tergov qilishga yordam beradi
Lora Bush: AQSh Afg'onistonni yakka tashlab qo'ymaydi
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?