Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
Diabetga qarshi yangi vosita ishlab chiqildi


26/09/2006

Qand kasaliga duchor bo’lgan bemorlar insulin moddasini qabul qilishi uchun endi igna ishlatishning hojati yo’q. Yangicha vosita poroshok shaklida bo’lib, Egzubera deb ataladi.

Yangi modda haqida Angliyaning Nyukasl Universitetida qand kasalligini o’rganuvchi professor Fillip Xom shunday deydi:

“Bu maxsus tugmachali idishga solingan poroshok. Tugmani bosib, nafas orqali ichingizga kiritasiz. Poroshok zarralari nafas bilan o’pkangizni tubiga borib yopishadi va o’z kuchini ko’rsatadi. Dori yaxshiroq singishi uchun 2-3 sekund davomida nafasingizni ushlab qoling.”

Undan foydalanish qanchalik qulay degan savolga professor Xom shunday javob beradi:

“Idishni o’zingizga qulay qilib moslab olishingiz uchun 10 soniya vaqt ketadi. Buni o’rganish uncha qiyin emas.”

Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, Egzubera poroshogi, suyuq insulindan hech ham farq qilmaydi. Bir xil dorining ikki xil ko’rinishi, deydi professor Xom, xuddi aerozol’ kabi ishlaydi. Biroq hali jahon bozoriga chiqmagan.

“Insulin moddasi havoga aralashganidan so’ng uni nafas orqali olasiz.  Moslamani o’gzingizni yaqinroq tutib, chuqur nafas olsangiz bas, deydi mutaxassis. Yangi moslama arzon emas. Ayni damda mazkur dorini diabet bilan kasallangan barcha bemorlar uchun muntazir qilish katta muammodir”, -deydi professor Xom.

Professor Xom ishlab chiqaruvchilar orasidagi raqobatga ishora qilib, mazkur dorining narxi tushishiga umid qilmoqda. Tezroq ishlab chiqarilsa, diabet bilan kasallangan bemorlar dardiga darmon bo’lib ularni ortiqcha og’riq va qiynoqdan qutqargan bo’lar edik, deydi mutaxassis.

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
Rossiya demokratik yo'ldan og'maslikka va'da bermoqda

  Boshqa xabarlar
Markaziy Osiyo yonilg'i zaxiralari ustida raqobat qizimoqda
AQSh va Chexiya mudofaa tizimini o'rnatishga kelishdi
Markaziy Osiyo haqiqatda tahlika maydonimi?
Xitoy matbuotni cheklamaslik va'dasi ustidan chiqmayapti
Eron G'arb shartlarini qabul qilmoqchi emas
O'zbekistonda kadrlar saviyasi pasayib bormoqda
AQSh siyosiy sahnasida uchinchi yirik partiyaga o'rin yo'q
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
AQSh qonunchilari Qozog'istonni va'dasida turishga chaqirmoqda
"Ozodlik" o'z jurnalistlari taqdiridan xavotirda
Tahlilchilar: O'zbekistonda korrupsiya - tirikchilik
Qozog'iston Yevropa talablarini qondirish harakatida  Audio Clip Available
Rossiya Yevropa qistovi bilan islohotlar qilishi mumkinmi?
Rossiya-Yevropa hamkorlik bitimi yangilanyapti
O'zbekistonda internet cheklanayotganiga qarshi kurash
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
O'zbekiston va Xitoy gaz quvuri qurish arafasida
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi  Audio Clip Available
Amerikada qolishning eng oson yo'li soxta nikohmi?
Guantanamodagi uyg'ur mahbus ishi qayta ko'riladi