Amerika Ovozi ▪ Uzbek
Xolis axborot manbai

Matnning o'zi
Izlash

 
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti AQShga qarshi blokmi?


27/09/2006
Lavhani tinglang audio clip

SCO
Vashington Shanxay Hamkorlik Tashkiloti maqsadlariga shubha bilan qaraydi
Bu yil besh yoshga to’lgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti azaldan Vashington tomonidan Rossiya va Xitoy boshchiligida AQShning Markaziy Osiyodagi manfaatlariga qarshi tuzilgan ittifoq sifatida qarab kelingan.

Ba’zilar nazarida tashkilot Amerikaga qarshi katta blok, boshqalar fikricha tashkilot xavfsirashga arzimaydi. Chunki, uning har bir a’zosi, deyishadi bu tahlilchilar, o’zi bilan o’zi ovora. Rahbarlar nima qilib bo’lsa-da, hokimiyatni qo’ldan bermaslik harakatida va ularning ahyon-ahyonda Amerika Markaziy Osiyo ichki hayotiga aralashyapti, deb bong urishi uzoqqa bormaydi.

Sem Braunbek, AQsh respublikachi senatori
Sem Braunbek, AQsh respublikachi senatori
Aslida ham shundaymi? AQSh Kongressida o’tgan muhokamada respublikachi senator Sem Braunbek (Sam Brownback) ana shu savolni o’rtaga tashladi.

"AQSh bu tashkilotga a’zo emas, a’zolikka qiziqish bildirmagan, biroq Eron kabi terror homiylari allaqachon Shanxayda hamkorlik maqomiga ega. Tashkilot a’zo davlatlardagi inson huquqlari va islohotlar ahvoliga ko’z yummoqda. O’zini harbiy, iqtisodiy va madaniy tashkilot deb biladi. AQSh Markaziy Osiyoda erkin, tinch va iqtisodiy jihatdan barqaror jamiyatlar taraqqiyoti uchun hissa qo’shish niyatida ekan, Shanxayning bizga qanday xavfi bor?"- deydi senator Braunbek.  

AQSh Davlat kotibining Markaziy Osiyo bo’yicha bosh diplomati Richard Baucher (Richard Boucher) Shanxay mintaqa uchun imkoniyat, biroq Eronning tashkilotdagi roli xavotirga sababdir.

"Tashkilot mintaqaviy hamkorlik va xavfsizlikni tiklab, kuch-g’ayratini geosiyosiy bayonotlar yoki chiqishlarga emas, balki iqtisodiy taraqqiyot yo’lida sarflaydi degan umiddamiz",- deydi Baucher.  

Richard Baucher, AQShning Markaziy Osiyo bo'yicha bosh diplomati
Richard Baucher, AQShning Markaziy Osiyo bo'yicha bosh diplomati
Shanxay Hamkorlik Tashkilotining nimaga qodir ekanini sarhisob qilishga hali erta, deydi AQSh Davlat kotibi muovini Baucher.

Tahlilchi Shon Roberts (Sean Roberts) tashkilot mintaqada AQSh va Yevropaga nisbatan yo’qolgan ishonchning o’rnini to’ldirishga intilmoqda, deydi.

Markaziy Osiyo rahbarlari, AQSh va umuman, G’arb bizni hokimiyatdan ag’darmoqchi bo’lgan kuchlarni quvvatlamoqda, degan fikrda. Mintaqada hukm surayotgan bu qarash AQSh manfaati uchun xizmat qilmaydi. Vashington bu rahbarlarni “sizni hokimiyatdan chetlashtirish emas, sizga davlatingizni ravnaq toptirish uchun yordam beramiz,”- deya ishontirishi lozim. Aks holda, bu davlatlarni birlashtirgan, Markaziy Osiyoni emas, o’z foydasini o’ylagan Rossiya va Xitoy boshchiligidagi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti G’arbdan yanada uzoqlashaveradi, deydi tahlilchi Roberts.

Tashkilot bilan yaqindan tanish olima Marta Brill Olkott (Martha Brill Olcott) xonim ham AQShni Shanxaydan tashvishlanmaslikka chaqirmoqda. Tashkilot juda yosh va tajribasiz, o’zaro ancha tarqoq, deydi u.

"Rossiya va Xitoy aslida bir-biridan xavfsiraydi. A’zo davlatlar razvedka bobida hamkorlik qilmaydi. Iqtisodiy jihatdan nimaga qodir ekanini bilishga hali erta. Hozircha munozara davrasi xolos..."

Xavf tushunchasi AQSh va Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar uchun o’zgacha ma’noga ega. AQSh Markaziy Osiyo rahbarlariga, xavf birovdan emas, o’zingizdan chiqyapti, amaldagi siyosat davom etsa, o’zingizning kuningiz bitadi, deb tushuntira olishi lozim. Xitoy Markaziy Osiyo ichki hayotiga aralashishni istamaydi; bu uning manfaatlariga xizmat qilmaydi, deydi olima Olkott xonim.

Harbiy tahlilchi Stiven Blank (Stephen Blank) nazarida esa Shanxay Hamkorlik Tashkiloti anti-amerikanizm tashviqotchisidir. AQSh unga nisbatan aniq strategiya tuzmog’i lozim, deydi u. Uningcha, AQSh rasmiylari tashkilotning nimaga qodir ekanini, uning Markaziy Osiyoga ta’sirini tushunmaydi.

"AQSh rasmiylari bugun Xitoy Markaziy Osiyoda AQShga qarshi siyosat yuritayotganini biladi. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti mintaqada Xitoyning ko’p-qirrali siyosiy qurolidir...",-deydi Blank.

Biroq Shanxayga yaqin orada Osiyodagi yangi harbiy ittifoqqa aylanadi, deb qarash to’gri emas, deydi Stiven Blank. Bu tashkilotda hamjihatlik a’zolarning nimaga qarshi ekaniga, ularga nima yoqmayotganiga asoslanadi. Ularda yangi g’oya, birdamlik yo’q, chunki tashkilot ikki yirik kuch – Rossiya va Xitoy qo’lida. Ular arqonni turli tomonga tortadi, deydi harbiy tahlilchi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik bo’yicha AQSh komissiyasi, qisqacha Xelsinki komissiyasi raisi senator Sem Braunbek fikricha, AQSh uchun eng muhimi ittifoqqa a’zo Markaziy Osiyoning undan pand yemasligi. Qolganini esa vaqt ko’rsatadi, deydi u. 

  

emailme.gif Xabarni jo'nating
printerfriendly.gif Bosma uchun
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available